S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Qoqio't (Taraxacum Wigg.) - Одуванчик Tur. Dorivor qoqio‘t (Одуванчик лекарственный) -



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Turkum. 
Qoqio't (Taraxacum Wigg.) - Одуванчик
Tur. Dorivor qoqio‘t (Одуванчик лекарственный) - 
Taraxacum officinale 
Web. 
Dorivor qoqio‘t Astradoshlar - 
Asteraceae (Compositae) 
oilasiga mansub 
bo‘lib, bo‘yi 15-60 sm ga yetadigan ko‘p yillik o ‘t o‘simlik hisoblanadi. 
Barglarining hammasi ildizoldi bargdan tashkil topgan qisqa bandli, nishtarsimon 
yoki cho‘ziq nishtarsimon, patsimon kesik qirrali bo‘ladi. Gul o‘qi silindrsimon
ichi kovak, bo‘yi 15-30 sm bo‘lib, uning uchiga tilla sariq rangli tilsimon gullardan 
tashkil topgan savatcha gulto‘plami joylashgan. Qoqio‘tning mevasi - uchmali 
pista. Qoqio‘t aprel-may oylaridan boshlab, to sovuq tushguncha gullaydi va 
mevasi yetiladi. Qoqio‘t keng arealli o‘simlik hisoblanadi, yer sharining deyarli 
barcha geografik mintaqalarida tarqalgan bo‘lib, Arktika va qum-sahro, cho‘l 
zonalardan tashqari hamma yerda nam joylarda, yo‘l chekkalarida, ariq bo‘ylarida, 
bog‘larda, o‘tloqlarda, dalalarda o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati. Qoqio‘t ildizining qaynatmasi va quyuq ekstrakti ishtaha 
ochish, ovqat hazmini yaxshilash uchun va o‘t haydovchi vosita sifatida jigar, o‘t 
pufagi va o‘t yo‘llari kasalligida qo‘llaniladi.
Abu Ali ibn Sino qoqio‘t shirasi bilan jigar va istisko kasalligini, ildizining sut 
shirasi bilan csa kozga tushgan oqni davolagan. Chayon chaqqan joyga u 
qoqio‘tning quritilmagan yer ustki qismini ezib bog‘lashni tavsiya qiladi.
Turkum. 
Qushqo'nmas (Cnicus L.) — Волчец, Кникус 
Tur. Qushqo‘nmas, sariqgul 
(Волчец кудрявый) - 
Cnicus benedictus L. 
Qushqo‘nmas astradoshlar (murakkabguldoshlar) —
Asteraceae (Compositae) 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 15-30 smga yetadigan bir yillik o‘t o‘simlik 
hisoblanadi. Qushqo‘nmas tog‘ etaklarida, tog‘ yonbag‘irlarida, yo‘l chekkalarida, 
begona o‘t sifatida bog‘larda va ekinzorlarda o‘sadi. U Markaziy Osiyo, Kavkaz va 
MDH davlatlarining Yevropa qismida, xususan, janubiy hududlarida tarqalgan 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin