S xolmuratov korxonada kadrlar


 Kadrlar siyosatining tuzilishi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

1.3. Kadrlar siyosatining tuzilishi 
 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda har bir korxona yoki 
kompaniyada puxta ishlab chiqilgan kadrlar siyosati konsepsiyasi 
qo‘llanilgan bo‘lib, uning mohiyati quyidagi muammolarni hal 
qilishdan iborat:
- kadrlar talabiga mos ijtimoiy-mehnat munosabatlarini sifat 
jihatdan o‘zgartirish; 
- ko‘p ish o‘rinlarining innovatsion yangi ish o‘rinlar yaratish 
tizimini joriy qilish; 
- ishga qabul qilish tartibi amaldagi mehnat qonunlariga 
qat’iy rioya qilishga asoslanganligi; 
- xodimlarning hududiy va professional harakatchanligi 
darajasining yuqoriligi. 
Rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari kadrlar siyosati 
quyidagi ustuvor yo‘nalishlardan iborat:
1. Kompaniyalarning amaldagi boshqaruv tashkiliy tuzil-
masini muntazam ravishda o‘zgartirib turishi, bo‘lajak qiyin-
chiliklarga tayyor bo‘lishi uchun moslashtirish samaradorligini 
oshirib borish. 


13 
2. Kompaniyaning ishlab chiqarish maqsad va vazifalari 
bilan bog‘liq turli toifadagi xodimlarning o‘sib borayotgan 
ehtiyojlarini oldindan prognoz qilish va aniqlab borish. 
3. Kompaniya va soha oldida vujudga keladigan yangi 
vazifalarni hal etishga tayyor xodimlarni tanlab, tayyorlab borish.
4. Kompaniya xodimlarining ish sifati holatini tahlil qilib 
borish.
5. Kompaniya xodimlari uchun mehnat haqi va imtiyozlar 
tizimini o‘zgartirish. 
6. Xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ularning ish 
miqdori va sifatini baholash uchun qo‘shimcha mezonlarni ishlab 
chiqish. 
7. Xodimlarning ishlab chiqarishdagi yangi texnologik
vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
innovatsion talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
8. Kompaniya mahsulotining sifati va afzalliklarini
ifodalovchi qo‘shimcha reklama rejalarini ishlab chiqish.
9. Xodimlarni tanlash jarayonini qat’iy nazorat qilish, 
ularning miqdoriy va sifat parametrlarini o‘zgartirish;
10. 
Kompaniyaning 
mavjud 
kadrlardan 
boshqaruv 
lavozimlari uchun istiqbolli nomzodlarni aniqlash, ularni 
tayyorlash va lavozimga ko‘tarish bo‘yicha maxsus dasturlarni 
ishlab chiqish. 
Kompaniyalar 
kadrlar 
siyosatining 
tarkibiy 
qismlari 
quyidagilardan iborat: 
- xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy talablarini 
rejalashtirish (tashkiliy tahlil, mavjud lavozimlarni tahlil qilish va 
ularni innovatsion talablarga moslashtirish, yangi lavozim va 
yangi mutaxassislikka muhtojlik, xodimlar mehnatini sifatli 
rejalashtirish, lavozimlarni baholash); 
- ta’lim va kasb-hunarni rivojlantirish (sohasidagi ta’lim va 
kasb-hunar darajasi, ish-xizmatni tayyorlash, xabarlar aylanishi, 
ta’lim va mustaqil ta’lim, xorijdagi safarlari); 


14 
- nazorat monitoringgi tizimi (maqsadli boshqarish, ishlash 
hajmi, baholash hajmi (qobiliyati) xodimlari, uzluksiz rejalash-
tirish, mansabni rejalashtirish); 
- kompensatsiyalar tizimi faoliyati (barcha to‘lov turlari, 
to‘lov hajmi va amalga oshirilgan ishlar muvaffaqiyat, to‘lov, 
ularning holatiga qarab, ijtimoiy xavfsizlik va hokazolar yig‘indisi 
jami). 
Kompaniyaning kadrlar siyosati jarayonida xodimlar
ishining turli shakllarini birlashtiradi, bu texnologiya va bozorning 
o‘zgaruvchan talablariga yaqin kelajakda javob berish qobiliyatini 
oshirib boradi.
Kompaniyaning kadrlar siyosatining asosiy xususiyatlari: 
ishlab chiqarish va texnologik strategiya bilan bevosita 
bog‘liqligi; 
barcha dasturlar uzoq muddatli rejalashtirishga yo‘nal-
tirilgan; 
kompaniya xodimlarining rolini eng muhim deb hisoblaydi; 
kompaniyaning har bir bo‘g‘in rahbari xodimlarning 
mehnatini o‘zaro bog‘liq funksiya va jarayonlari doirasida amalga 
oshiradi 
Har bir korxonaning kadrlar siyosati turli sohalardagi kadrlar siyosati 
majmuidan iborat, xususan: 
– 
kadrlar mehnatini tashkil etish siyosati; 
– 
kadrlar mehnatini baholash siyosati; 
– 
kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va lavozimini 
ko‘tarilish siyosati; 
– 
kadrlarni rag‘batlantirish siyosati; 
– 
kadrlarni boshqarish siyosati; 
– 
kadrlarning ijtimoiy-mehnat munosabatlari siyosati; 
– 
jamoaning korporativ madaniyatini shakllantirish siyosati; 
– 
kadrlar bilan aloqa qilish siyosati; 
– 
kadrlar mehnatini muhofaza va ijtimoiy himoya qilish 
siyosati va hokazo.
3
3
Шекшня С. В. Управление персоналом современной организации. – М.: ЗАО «Бизнес-школа 
«Интел-Синтез»», 2007. – 336 с. 


15 
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar siyosatini ishlab chiqish 
jarayonida korxona mulkdorlari, rahbariyati kadrlar siyosati 
yo‘nalishlari bo‘yicha savollarning o‘zi uchun mavzuli guruhlarini 
shakllantirishi va muhokama paytida mavjud tashkiliy, iqtisodiy 
va texnikaviy muammolarga javob berishi shart. Bu talablar 
samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun muhim. 
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish jarayoni uchun yo‘nalishlari 
bo‘yicha savollarning mavzuli guruhlarini misol qilib keltiramiz. 
Xodimlar mehnatini tashkil etish siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonamizda turli lavozim guruhlarini xodimlar bilan to‘ldirish 
uchun qanday kadrlar manbalarini tanlar edingiz? 
Korxonangizda muayyan lavozimlarga nomzodlar uchun qanaqa 
eng muhim talablar qo‘yilishi kerak deb o‘ylaysiz? 
Rahbar va mutaxassis lavozimlarga ishga jalb etish uchun istiqbolli 
va munosib nomzodlarni nima bilan qiziqtirishimiz mumkin?
Korxonangizda boshqalarga nisbatan eng istiqbolli kadrlarni jalb 
eta olishi va biriktirishi uchun qanday afzalliklarni yaratish kerak? 
Kadrlar tanlashda boshqa korxonadagi sharoitlardan stuvorliklarimiz
nimadan iborat? 
Personalni baholash siyosatini ishlab chiqishda: 
Qaysi toifadagi personalni qanchalik tez hamda muntazam baholab 
borish zarur? 
Har xil personal toifalariga nisbatan qanday baholash usullarini 
qo‘llaymiz? 
Personalni baholash bo‘yicha qanday lokal me’yoriy-huquqiy 
hujjatlardan foydalanishimiz zarur? 
Baholash natijalariga ko‘ra xodimni ishdan bo‘shatishga 
tayyormizmi? 
Personalning professional rivojlanishi va lavozimini ko‘tarish 
siyosatini ishlab chiqishda: 
Turli xil personal guruhlari uchun qanday qilib moslashuvchanlik 
davri yaratiladi? 
Qanday qilib biz kadrlarni o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini 
oshirishni tashkil etamiz? 
Personalning mehnat faoliyatini qanday baholaymiz? 


16 
Yuqori lavozimlarni egallashga qanday va kimni nomzod qilib 
ko‘rsatamiz? 
Rahbarlik qiluvchi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni qanday tashkil 
qilish zarur? 
Boshqaruv salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli kadrlarning 
ishbilarmon karerasini rivojlantirishda qanday yordam ko‘rsata olamiz? 
Personalni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish siyosatini ishlab 
chiqishda: 
Har xil personal guruhlariga qanday mukofotlash tizimini taklif 
etishimiz mumkin? 
Korxonada ish haqi turlari, mukofot miqdorlari va hokazo 
kompensatsiyalarni qanday tashkil qilishimiz kerak? 
Korxonada ma’naviy rag‘batlantirish shakllarining qaysi birini 
qo‘llashimiz yuqori samara beradi? 
Bir yoki bir nechta xodimlarga tovon puli to‘lashni ko‘rib chiqish 
jarayonida qanday omillarni e’tiborga olishimiz zarur? 
Personalni boshqarish siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonada personalni boshqarish jarayonida kim real mavqega va
qanday vakolatlarga ega? 
Korxonadagi menejmentning personalni boshqarishdagi o‘rni 
qanday? 
O‘rta bo‘g‘in va funksional rahbarlarning personalni boshqarishdagi 
o‘rni nimalardan iborat? 
Korxona kadrlar xizmatining personalni boshqarishdagi o‘rni qay 
darajada to‘g‘ri va to‘liq belgilangan? 
Ijtimoiy - mehnat munosabatlari siyosatini ishlab chiqishda: 
Korxonada personal o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari qaysi 
huquqiy hujjatlar asosida belgilangan? 
Korxonada personalni boshqarish jarayonida qanday ustuvorliklar 
mavjud? 
Korxonada yuzaga keladigan ijtimoiy-mehnat munosabatlaridagi 
nizolar qanday hal qilinadi? 
Xodimlarning ichki tashkiliy xulqi va madaniyat darajasining eng 
maqbulini tashkil etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish zarur? 
Xodimlar bilan rahbariyat o‘rtasida tashkiliy-ma’muriy munosa-
batlarda qanday muhitni yaratish va rivojlantirish zarur? 


17 
Jamoada tashkiliy va mehnat madaniyatini shakllantirish siyosatini 
ishlab chiqish: 
Jamoada tashkilot madaniyati talablarini qanday tushunamiz? 
Jamoaning tashkiliy madaniyati darajasini oshirish uchun eng 
muhim qadriyatlar nimalardan iborat? 
Jamoa a’zolari orasida qanday odob-axloq me’yorlarini 
rivojlantirishni istar edingiz? 
Personalning korxona va jamoaga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ularini
qanday tushunasiz? 
Jamoaning tashkiliy mafkurasi mohiyati nimada deb hisoblaysiz? 
Jamoada qanday tashkiliy muhitni yaratishimiz zarur? 
Jamoaning tashkiliy madaniyati darajasini qanday rivojlantirishimiz 
kerak? 
Personal bilan ochiq aloqa qilish siyosatini ishlab chiqish: 
Jamoaga qaysi axborot ma’lumotlarini, qaysi miqdorda, qachon va 
qay tarzda yetkazishni xohlardingiz? 
Axborotni personalga yetkazishda qanday muammolarni muhim deb 
hisoblaysiz? 
Korxonada birinchi navbatda qaysi axborot aloqa tizimlarini 
rivojlantirishni afzal ko‘rasiz? 
Xodimlarning mehnat muhofazasi va ijtimoiy himoya qilish 
siyosatini ishlab chiqishda:
Xodimlarga sog‘lom mehnat sharoitlarini vujudga keltirish uchun 
qaysi tashkiliy va moliyaviy tadbirlarni amalga oshirgan bo‘lar edingiz? 
«Xodimlarning munosib mehnat sharoiti» deganda nimani 
tushunasiz? 
Jamoada baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari negizida nima 
yotibti? 
Korxonada “ish joyi” tushunchasi va “ish joyi pasporti” hujjati 
mavjudmi? 
Xavfsiz mehnat sharoitlarga qaysi lavozim egasi mas’ul va u qaysi 
hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil qiladi? 
Yangi xodimlarni sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizlik texnikasi 
usullariga qanday o‘rgatamiz? 


18 
Korxona kasaba uyushmasi faollari xodimlarning mehnat ta’tili, 
dam olish kunlari hordiq chiqarishni tashkil qilish va tibbiy-profilaktik 
ishlarni tashkillashtirishda ahamiyati bormi? 
Korxonaning kadrlar siyosatini shakllantirish uchun analitik 
ma’lumotlarni tayyorlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: iqtisodiy, 
boshqaruv, ijtimoiy, psixologik va hokazo. 
Korxonaning kadrlar siyosatini shakllantirish jarayoniga bir qator 
muhim omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning bir qismi 2-jadvalda
ifodalangan. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin