S xolmuratov korxonada kadrlar


I BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATI VA



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

I BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATI VA 
UNING KONSEPTUAL ASOSLARI 
 
1.1. Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi 
 
Amaliyotga ko‘ra, korxonalardagi mulkdorlik shaklidan 
qat’iy nazar rahbarlar o‘z xodimlari va korxonaning murakkab 
bozor sharoitida raqobatbardoshlik ustunligini vujudga keltirish 
ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik samara olib kelishiga qodir hal 
qiluvchi resursga aylanib qolganligini asta-sekin tushuna bosh-
ladilar. Korxona mehnat resurslarining asosiy qismi kadrlar siyo-
sati bilan qamrab olingan. Xodimlarni boshqarish mehnat resurs-
larini samarali tashkil etish va unumli boshqarish maqsadlariga 
erishishda yagona imkon beruvchi tizimga aylanib bormoqda. 
Kadrlar siyosati – mamlakatimizning kadrlar sohasida 
azaldan qo‘llangan tushuncha, bu tashkilotning xodimlarga 
munosabati va aniq maqsadlarga erishish niyatida unga ta’sir 
ko‘rsatish usullari majmui deb tushuniladi. 
“Kadrlar siyosati” tushunchasining zamonaviy ma’nosi 
quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, korxonaning zamonaviy kadrlar siyosati ishla-
yotgan har bir xodimning vazifalari va strategik maqsadlaridan 
mantiqiy kelib chiqadi va faoliyatning aniq natijalari hamda 
korxonaning umumiy rivojlanish istiqbollariga moslashadi. 
Kadrlar siyosatining qulayligiga, egiluvchanligiga yuqori talablar 
va uning ichki (boshqarish va rahbarlik uslubi, ichki tashkiliy 
madaniyat va hokazo) va tashqi muhiti (mehnat bozori, iqtisodiy 
inqiroz sharoitida – moliya faoliyatini maqsadli olib borish 
xususiyatlari, qonunchilikning rivojlanishi, takomillashishi) ko‘p 
omilli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida amalga oshiriladi. 
Ikkinchidan, kadrlar siyosatining g‘oyalarini korxonadagi 
yuqori saviyadagi rahbarlar (ta’sischilar, mulkdorlar, top-
menejerlar) ishlab chiqadilar. 



Uchinchidan, kadrlar siyosatini asosan oliy va o‘rta darajali 
boshqaruv bo‘g‘inida mehnat faoliyatiga ega funksional rahbarlar, 
ma’lum tajribaga ega bo‘lgan professional kadrlar xizmatini ham 
anglab va izchillik bilan mujassamlashtirib boradilar. 
To‘rtinchidan, kadrlar siyosatini amalga oshirishda yuqori 
professional malakaga ega kadrlar xizmati muhim ahamiyat kasb 
etadi. U maslahatchi, uslubchi, rahbar yordamchisi, kadrlar 
siyosati monitoringini amalga oshiruvchi koordinator vazifasida 
namoyon bo‘ladi, uning faoliyat samarasi, zarurat tug‘ilganda esa
bevosita yangilash tashabbuskori sifatida ham yuzaga chiqadi. 
Korxonaning kadrlar xizmati aniq kadrlar bilan bog‘liq 
strategiyalar loyihalari, ssenariyalar, vaziyatlar va kadrlar siyosati 
talablari bajarilishiga yordam beruvchi personal texnologiyalar 
mexanizmini ishlab chiqaradi.
2
Amalda korxona kadrlar siyosatining turli ta’riflari mavjud 
(personalni boshqarish siyosati, inson resurslarini boshqarish 
siyosati, inson kapitalini boshqarish siyosati).
Ulardan ba’zilariga o‘z ta’rifimizni berishimiz zarur: 

Korxonaning kadrlar siyosati – korxonaning xodimlar 
faoliyati bilan bilan bog‘liq umumiy qoida, tamoyil, munosabat va 
ustuvorliklar tizimi orqali ushbu korxonada amalga oshirish uchun 
asosiy va majburiy deb e’tirof etilgan tizimida qo‘llanuvchi 
qadriyat mo‘ljallari, usullari, shakllari, ko‘p yillik an’analar 
majmuasi, baholash usullaridan iborat. 

Korxonada kadrlar siyosati – rahbariyat tomonidan 
belgilanuvchi va jamoaning mavjud tashqi muhit sharoitda uzoq 
muddatli rivojlanish maqsadlariga eng samarali tarzda erishish 
imkonini beruvchi, xodimlarni boshqarish jarayonida qo‘llanuvchi 
mavjud subyektlar, ularning xatti-harakat qoidalari, prinsiplar 
tizimi. 

Korxonada kadrlar siyosati – xodimlar vazifalarining 
umumiy yo‘nalishi, korxonaning strategik rivojlanishini hisobga 
olgan holda doimiy o‘zgarib borayotgan bozor talablariga o‘z 
2
Қ.Х.Абдураҳмонов ва бошқалар. Персонални бошқариш (олий ўқув юрти талабалари учун 
дарслик) Тошкент “Ўқитувчи” - 2006.- 345.б 



vaqtida moslashish qobiliyatiga ega mas’uliyatli, yuqori malakali 
uyushgan jamoani tuzish maqsadida kadrlar salohiyatini 
rivojlantirish, iqtisodiy inqiroz xavfi sharoitida jamoaning bir 
maromda ishlash talablarini saqlashga yo‘naltirilgan maqsad, 
ishlab chiqish jarayonining tashkiliy mexanizmi, usullari, shakl va 
tamoyillari yig‘indisidir. 

Korxonada kadrlar siyosati keng ma’noda mehnatni 
tashkil qilish prinsiplari, normalari, qoidalar tizimi, uning asosida 
xodimlarni boshqarish bo‘yicha faoliyatning (saralash, tanlab 
olish, ishga yollash, o‘qitish, lavozimini ko‘tarilish) asosiy yo‘na-
lishlari oldindan rejalashtiriladi va jamoaning umumiy maqsad va 
vazifalarini belgilash hamda barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlari 
bilan muvofiqlashtirish, tor ma’noda esa – inson va korxona
o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabat-
lardagi o‘ziga xos qoidalar, majburiyatlar va cheklovlar maj-
muidir. 

Korxonada kadrlar siyosati – jamoa oldida turgan strategik 
maqsadlarga erishish va uning missiyasini ro‘yobga chiqarish 
uchun zarur, yetarli miqdorda va malakaga ega bo‘lgan xodimlar 
bilan ishlash sohasidagi muayyan ichki qoida va tamoyillari 
to‘plami.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar “kadrlar siyosati” tushunchasi-
ning mohiyatini yetarli darajada o‘zida aks ettiradi. Ammo, fikri-
mizcha, bu borada yagona ta’rif bo‘lishi mumkin emas, chunki 
har bir korxona va har bir jamoa o‘z oldiga qo‘ygan muayyan
maqsadlarga asoslanib, o‘z-o‘zidan xodimlarni boshqarish muam-
molarini tashxislash va hal qilishga qodir. Kadrlar siyosatini 
anglashning xilma-xilligi tashkilotlarning sohaviy, hududiy, tabiiy 
– iqlim, yoshi va jinsi, texnologik rivojlanish bosqichlarining 
xilma-xilligi natijasidir. 
Mualliflarning fikriga ko‘ra, korxonaning kadrlar siyosati 
jamoada rahbariyat tomonidan (og‘zaki yoki yozma) tuzilgan xo-
dimlarning 
xulq-atvori 
qoidalari, 
qarashlari, 
prinsiplari, 
ustunliklari, me’yorlari, qoidalari, doimiy ravishda o‘zgarib 
borayotgan ichki tashkiliy sharoitlar va tashqi muhit talablarini 
hisobga olgan holda tashkilotning oldida turgan ishlab chiqarish 



jarayonidagi strategik maqsadlarga erishish borasida xodimlarni 
boshqarish jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy 
qo‘llanuvchi talablardir. 
Korxonada kadrlar siyosatining obyekti uning xodimlari 
bo‘lib, kadrlar siyosatining subyekti esa – boshqaruv jarayonining 
barcha bo‘g‘inlaridagi rahbarlardan va mavjud kadrlar xizmatidan 
tashkil topgan boshqaruv tizimi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin