iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy
ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab
chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat
ichida Yaratilgan tovar va xizmat- lar jami qiymatining
bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar
yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot
xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq
YalM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet
ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib
borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari
kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mam-
lakat korxonalari mahsulo’li kiritiladi. Shuning uchun
YaMM bilan YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
YaMM va YalMning o‘zaro farqini quyidagi rasm
orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (14.2-rasm).
14.2-rasm. YaMMva YalMo‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100
trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi),
YalM esa 104 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar
yig‘indisi) tashkil etadi.
YaMM va YalM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli
emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YalMning ±1
foizni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy
ko‘rsatkich sifatida YalMdan foy- dalanishni tavsiya
etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponi- yada
YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu
mamlakatlar ham YalM ko‘rsatkichini qoTlay
boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki piahsulot
ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz
bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot
to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib,
taraqqi- yotning o‘zbek modelida belgilangan strategik
tamoyillami izchil amalga oshirish natijasida
makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom
etayo’lganiga qaramasdan, mamlakatimizda yalpi ichki
mahsulotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda. Keyingi
12-yil davomida (2004-2015-yil- lar) bu ko‘rsatkichning
o‘sish sur’ati o‘rtacha yiliga 8 foizdan oshiq- roqni
tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz,
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 6,8 foiz, qurilish-
montaj ishlari hajmi salkam 12,5 foizga oshdi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirish- ning harakatlar strategiyasida
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish”
vazifasi
belgilandi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida
sanoatning yalpi ich- ki mahsulotdagi ulushi 2000-
yildagi 14,2 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni,
xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘miga
49,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha
- bu ko‘rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 17,6 foizga’lushdi
(14.1-jadval).