SafariViewService


SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy



Yüklə 200,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix03.03.2023
ölçüsü200,7 Kb.
#86390
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy
daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
SMM - Biznesga egri soliq = Milliy daromad.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori
bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida
mamlakat miqyosida ulaming miqdori farq qilmasligi
lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning
so’lilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shu- ning
uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof
mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu
holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni
taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy
daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy
daromad - bu yangidan Yaratilgan mahsulotning
butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu
ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil
yo‘qo’lish!ar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada
saqlash- dagi yo‘qo’lishlar va h.k.) va tashqi savdo
qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy
daromadni barcha tupdagi daromadlarni (amortizatsiya
ajratmasi va biznesga egri soliqlar- dan tashqari) qo‘shib
chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy
daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga
ajrat- malar, kopxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va
kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy
xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi
tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daro- madning bir
qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular mehnatining
natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy
daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan
daromadlaming yuqorida- gi uchta turini chiqarib
tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi
hisoblanmagan daromadlami unga qo'shishimiz zarur:
Milliy daromad, - Ijtimoiy sug'urta ajratmasi - Korxona
foydasiga soliqlar

Korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi +
Ijtimoiy to'lovlar

SHaxsiy daromad.
Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin uy
xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad
shaklla- nadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy
daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan
soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan
hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy
xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad
hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu
daromadlaming bir qismini iste'mol uchun sarflaydilar
va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar.

Yüklə 200,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin