birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab
chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyot- ning
faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillami
aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy
qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol
bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini
beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi
mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish
darajasini, iqtisodiyotning turli so- halari, tarmoqlari
o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks
ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi
muhim mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi ichki
mahsulot (YalM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy
daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi
bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar
iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini
qamrab oladi.
14.2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda
tarkibiy ji- hatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran
ko‘payib va sifat jihatidan ta- komillashib borar ekan, bu
ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib,
va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqa- rish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takror- lanib turishi ijtimoiy takror ishlah chiqarish deyiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda
amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish.