Fizikaviy himoyalash vositalari maxsus elektron qurilmalar yordamida ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash vositalaridir.
Mantiqiy himoyalash dasturiy vositalar bilan ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash uchun qo’llaniladi.
Tarmoqlararo ekranlar va shlyuzlar tizimga keladigan hamda undan chi- qadigan ma’lumotlarni ma’lum hujumlar bilan tekshirib boradi va protocol- lashtiradi.
Xavfsizlikni auditlash tizimlari joriy etilgan operatsion tizimdan o’rnatil- gan parametrlarni zaifligini qidirishda qo’llaniladigan tizimdir.
Real vaqtda ishlaydigan xavfsizlik tizimi doimiy ravishda tarmoqning xavfsizligini tahlillash va auditlashni ta’minlaydi.
Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari axborot tizimlarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo’llaniladigan vositadir.
Aniq yo’naltirilgan testlar axborot kommunikatsiya texnologiyalarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo’llaniladi.
Xavflarni imitatsiya qilish axborot tizimlariga nisbatan xavflar yaratiladi va himoyaning samaradorligi aniqlanadi.
Statistik tahlillagichlar dasturlarning tuzilish tarkibidagi kamchiliklarni aniqlash, dasturlar kodida aniqlanmagan kirish va chiqish nuqtalarini topish, dasturdagi o’zgaruvchilarni to’g’ri aniqlanganligini va ko’zda tutilmagan ishlarni bajaruvchi qism dasturlarini aniqlashda foydalaniladi.
Dinamik tahlillagichlar bajariladigan dasturlarni kuzatib borish va tizimda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Tarmoqningzaifliginianiqlash tarmoq zaxiralariga sun’iy hujumlarni tashkil qilish bilan mavjud zaifliklarni aniqlashda qo’llaniladi. Misol sifitida quyi- dagi vositalarni keltirish mumkin:
Dallas Lock for Administratormavjud elektron Proximity uskunasi aso- sida yaratilgan dasturiy texnik vosita bo‘lib, bevosita ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishni nazorat qilishda qo’llaniladi;