Fizikaviytexnikvositalar bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o’rnatilgan temir panjaralar, qo’riqlash elektr uskunalari - fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiyvositalar – bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajarish uchun mo’ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir.
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo’llanilgan dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
Tashkiliy himoyalash vositalari bu talekommunikatsiya uskunalarining yaratilishi va qo’llanishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy texnikaviy va tashkiliy huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyixalash, qurilmalarni o’rnatish, tekshirish va ishga tushirish.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari bu hisoblash texnikasini rivoj- lanishi oqibatida paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon etka- zishi mumkin.
Qonuniyhimoyalashvositalari bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy hujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chi- qilgan qoidalarida axborotni himoyalash guruhlarini tashkil qilish, ularning vako- latlari, majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritib berilgan.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarining rivojlanishini uch bos- qichga ajratish mumkin:
dasturiy vositalarni rivojlantirish;
barcha yo’nalishlar buyicha rivojlanishi;
ushbu bosqichda quyidagi yo’nalishlar buyicha rivojlanishlar kuzatilmoqda:
himoyalash funksiyalarini apparatli amalga oshirish;
kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.
Ushbu yo’llardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompyuter viruslaridan hozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqqlmagan.
Bevosita tarmoq buyicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi:
uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o’qishdan saqlanish;
uzatiladigan ma’lumotlarni tahlil qilishdan saqlanish;
uzatiladigan ma’lumotlarni o’zgartirishga yo’l qo’ymaslik va
o’zgartirishga urinishlarni aniqlash;
ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo’l qo’ymaslik;
firibgar ulanishlarning oldini olish.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo’llaniladi.