Samaradorligini oshirish pedagogik muammo sifatida



Yüklə 20,62 Kb.
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü20,62 Kb.
#128141
1   2   3
MAKTABGACHA kurs ishi

MUHOKAMA VA NATIJALAR
L.R. Muminovaning ilmiy tadqiqotlari maktab yoshidagi bolalarning til
rivojlanishidagi nuqsonlarni bataraf etishda pedagogik-korreksion faoliyatning
nazariy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan.13 Bundan tashqari, L.R Muminova
tomonidan maktabgacha umumiy va maxsus ta’lim muassasalarining katta va
tayyorlov guruh bolalari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini xalq o‘yinlari asosida rivojlantirish muammosi o‘rganilgan. Bu maqsadda qadimiy va boy folklor merosimizdan bolalar o‘yinlarining qo‘shiq hamkorligida ijro etiladigan namunalari tanlab olinib, o‘yinlarning tasnifi, ta’lim tarbiyadagi o‘rni, shuningdek logopedik-korreksion ishda qo‘llanish xususiyatlari va metodikasi taklif qilingan. Bunday o‘yinlar bolalarning nutqiy, jismoniy, psixologik, ma’naviy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi tajriba-sinov ishlari yordamida aniqlangan.12 G.E.Djanpeisova maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tadqiq etgan.8 Muallif o‘z tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetika va geometriyaga oid ilk bilimlarni shakllantirish yo‘llari, vositalari hamda pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etgan. Bolalarda matematik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish ularning aqliy rivojlanishi, o‘zini anglashi, ijtimoiylashuvida muhim omillardan bo‘lishini aniqlagan. Bolalarga interaktiv mantiqiy-matematik ta’limni tashkil etishda kompyuterli muhitning ahamiyatini alohida e’tirof etgan. Bolaning vositachipersonajlar orqali kompyuter bilan virtual tashkillashtiriladigan dialogi kompyuterni “jonlantirib”, bolaning harakatlarini faol va ongli bo‘lishini ta’minlaydi. 7
G. A.Mardonovaning ilmiy tadqiqot ishi oilada bolalarni alla vositasida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash muammosini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotchi allaning ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni, tarbiyaviy ta’siri hamda “alla” so‘zining etimologik ma’nosi va tar ixiy
shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etgan. Bolalarni alla ositasida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafiy, pedagogik va psixologik holatini tahlil
etib bolalarning yoshi, psixologik-ma’naviy rivojlanishi bo‘yicha ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan alla turlarini didaktik mazmuniga ko‘ra tasniflagan. Bundan tashqari, “oila – mahalla – maktabgacha ta’lim muassasasi” o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati asosida bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan bo‘lib, bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.11Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish muammosini G.M.Nazirova tadqiq etgan.14 Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda tizimli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflab, ushbu jarayonlarni tizimli yondashuvga tayangan holda takomillashtirish modelini nazariyempirik jihatdan asoslagan. Pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta’limiytarbiyaviy faoliyat komponentlarining rivojlanish sohalari bilan o‘zaro integratsiyalash, refleksiv uzviylikni ta’minlash hamda mustaqil faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari bo‘yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga asoslangan Play guruhlar faoliyatidagi kreativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. G.M. Nazirova maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati – o‘yin. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, - deb hulosa qiladi.14 N.Sh. Abdullayevaning maktabgacha ta’limni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual jihatlarini inobatga olish, ta’limni individuallashtirish va differensiyalashga asoslangan texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida yetarli darajada foydalanish, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish va amalda joriy etish zaruriyatini asoslab berdi. Variativ yondashuvning asoslari sifatida “ta’lim texnologiyalarining variativligi”, “ta’lim traektoriyasi” va “ta’limni individuallashtirish” ekanligini alohida ta’kidladi. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlarning variativ yondashuvni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida variativ yondashuvli ta’lim dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish uchun maxsus metodik qo‘llanmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda zamonaviy axborot kommunika tsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan keng foydalanish tavsiya qilingan.2 D.A. Abdurahimovaning dissertatsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq
og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni
takomillashtirishning konseptual asosi bu jarayonning aksiologik, qadriyatli,
tizimlifaoliyatli, rivojlantiruvchi komponentlariga pedagogik, psixologik, falsafiy,
perseptiv yondashuvlar integratsiyasiga ustuvorlik berishda muhim vazifa ekanligini aniqladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarni taklif qilladi: yaxlit yondashuv; tarbiyalanuvchiga pedagogik qo‘llab -quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bo‘lishni talab etuvchi shaxs deb qarash;
tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan
yondashuv; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; tarbiyaviy
jarayondagi munosabatlarni tashkil etishga insonparvar yondashuv; qa driyatlimazmunli yondashuv.
2 M.N. A’zamova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish alohida ijtimoiypedagogik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etadi. Bolalarni makt abga tayyorlash jarayonida ular orasida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik muhitini vujudga keltirish nihoyatda zarur bo‘lib, bunday ko‘nikmalar ularning maktab hayotiga oson va samarali moslashishini ta’minlaydi. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka o‘rgatish orqali ularni intellektual rivojlantirish va birgalikdagi o‘quv faoliyatiga tayyorlashning nazariy asoslarini tahlil qilishga intilgan. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolalar, birinchi navbatda, do‘stlar orttirish va ular bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga ehtiyoj sezishlarini aniqlagan. Maktabga tayyorlash jarayonida tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olishlari zarurligini nazariy jihatdan asoslab, ko‘pgina qiyinchiliklar va ziddiyatlar bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida vujudga kelishini didaktik jihatdan isbotladi. 3
A.E. Rustamova maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzini
shakllantirish va rivojlantirishga oid olib borgan ilmiy tadqiqotida bolalarning ilk
nutqiy va talaffuz ko‘nikmalari shu bosqichdan shakllanishini aniqlagan. Bu
yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida idrok etish, xotirada saqlash, aniq va ravon
talaffuz etish kabi lingvopsixologik xususiyatlarni alohida o‘rganish taqozo etiladi. Bu yoshdagi bolalarning psixologik yosh xususiyatlarida o‘yin faoliyati alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi. 22 D.T.Sabirova maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida berilayotgan nazariy bilimlar amaliyot bilan hamohang ravishda bo‘lishi va ular maktabgacha ta’lim muassasalariga amaliyot chog‘ida borilganda mashg‘ulotlarni o‘tish orqali mustahkamlanishiga e’tibor qaratib, bunda bolalar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotlar
jarayoniga o‘yin vaziyatlarini olib kirish, interfaol usullardan, treninglardan
foydalanish va ishlarni o‘zaro musobaqa tarzida tashkil etish orqali ularning
qiziqishini, faolligini oshirishga erishish zarur, degan xulosaga keldi. 15
Z.H.Rahmatova maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini
yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq etib, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim
tizimining isloh qilinishi, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini
sifatida ajratilishi, qolaversa, maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv
dasturida maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy muhim kompetensiyalari asosida kommunikativ, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining yotishi, bu tizim uchun mo‘ljallangan nutq o‘stirish vositalari – lug‘atlar, leksik minimumlar, qo‘shimcha axborot manbalariga bo‘lgan talabni oshirayotganligini ta’kidlagan. Tadqiqotchi maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘ati so‘z boyligini shakllantirish va semantizatsiyalashda: 1) ilmiylik va mantiqlilik; 2) ta’limiylik; 3) leksikani qulay shaklda taqdim etish; 4) ko‘rsatib tushuntirish; 5) umumiylik -xususiylik; 6) izchillik; 7) milliylik; 8) zamonaviylik; 9) didaktik; 10) tushunarlilik; 11) darajalilik kabi tamoyillarga asoslanishi kerak, deb xulosa qiladi.15 M.N.Xushnazarova maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish masalalarini tadqiq etib, tarbiyachilarni ilmiymetodik faoliyatga tizimli yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda innovasion mashg‘ulot ishlanmalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini e’tirof etgan.18 F.F.Ganjievning maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiypsixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan empirik tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillariga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning namoyon etilishi, shaxs tiplari va sotsial-psixologik kompetentlik omillariga bog‘liq ekanligini ta’kidlanadi Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida muayyan darajadagi ijtimoiypsixologik kompetentlikni rivojlantirish dasturini qo‘llash natijasida tarbiyachilardagi shaxslararo munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan verbal ma’lumotlar bilan birga noverbal muloqot harakatlarini tushunish va shaxslararo munosabatda ishtirokchilarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlari o‘sib borishini aniqlagan.5 Bolalarga ta’lim berish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida olimlar turlichi fikr bildiradilar. Eric R.Kandel “Xotirani izlab. Ong to‘g‘risida yangi fanning fanning dunyoga kelishi” (“In Search of Memory The Emergence of a New Science of the Mind”) deb nomlangan risolasida bolalarga ta’lim berish jarayonini sun’iy ravishda tezlashtirish ularning rivojlanish sur’atini jadallashtirsa -da, biroq shaxs sifatidagi kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan. Olim bu holatning sababi sifatida qat’iy belgilangan o‘quv dasturiga muvofiq yoshiga nisbatan psixik shakllanishi yakunlanmagan bolalar bilan sinf-dars shaklida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlari davomida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini talab qilinishini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatlar odatda bolalarda o‘quv motivatsiyasining erta so‘nishiga va himoyaviy nevrotik reaksiyalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.21 Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni o‘qitishda bir qator o‘ziga xos muhim jihatlarni e’tiborga olish zarur, deb xisoblaymiz. A.L.Sirotyukning ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘quv ishlarini tashkil etishda har bir mashg‘ulot maqsadini aniq belgilanishi va bilish jarayonini tashkil etishda aniq sifat o‘zgarishlarga erishish ko‘zda tutilishi kerakligi alohida ta’kidlangan. Olimning e’tirof etishicha, maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasini yosh davrlari bo‘yicha normal rivojlanishi uchun o‘quv ashg‘ulotlarini
tashkil etishda bola bosh miyasi tashkil etilishining yosh davrlari bo‘yicha o‘ziga
hosliklari hisobga olinishi kerak.16 A.V.Svetkovning fikriga ko‘ra, ushbu holat miya imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan bog‘liqligi tufayli sodir bo‘lar ekan. Chunki har bir yosh davrida miya “quvvati” muayyan bo‘laklarining funksional rivojlanishi uchun yo‘naltiriladi. Ushbu mutanosiblikning buzilishi oqibatida, miya o‘z “quvvatini” yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan sohaga emas, balki boshqa sohaga qaratishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bolalardagi funksional rivojlanishi kerak bo‘lgan miya markazlarining yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi.20 V.D.Eremeyeva va T.P.Xrizman olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga tayanib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ularni psixik funksiyalari faol rivojlanishda davom etayotganligini hisobga olib individual shaklda va kichik guruhlarga bo‘lib interfaol o‘yin metodlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki o‘yin, o‘yinchoqlar, ertak va ijodiy faoliyatning boshqa turlari bolalardagi individuallikni juda faol rivojlantiradi. Bu yoshdagi bolalarni o‘qitishda sinf-dars shaklidan emas, balki interaktiv o‘yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.8 D.R.Gulyamovning fikriga ko‘ra, ta’lim jarayonida bola bosh miyasi tashkil etilishining o‘ziga hosliklari nuqtai nazaridan yondashish – individual yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish imkonini beradi. Buning uchun tarbiyachilar bola shaxsini har tomonlama va chuqur bilishlari, uning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olishlari kerak bo‘ladi.22 Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga asoslanib, quyidagicha xulosa
qilish mumkin:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bolada inson sifatidagi individuallikning
asoslari – ijodiy va obrazli tafakkur, boshqalarga (ko‘pincha kattalarga) taqlid, o‘z
xulq-atvorini boshqarish va “ijtimoiy” hissiyot kabi sifatlar shakllanadi va
rivojlanadi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalik davrida bolalar rivojlanishning eng faol nuqtasi 5-6 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ta’lim
jarayoni ularning idividualligiga yo‘naltirilishi hamda idrok mexanizmlarining
o‘ziga hosliklari hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
3. Bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini texnik nuqtai nazaridan jadallashtirish
ularni kattalar qatoriga kirib borishjarayonini tezlashtiradiganday ko‘rinsada,
normal psixik rivojlanish jarayonini sekinlashtirishi ehtimolini ko‘paytiradi.

Yüklə 20,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin