Samaradorlikni tekshirish bo'yicha ziddiyatlar


Strategik rejalashtirish –



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə31/56
tarix01.12.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#71677
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
100-200

Strategik rejalashtirish – korporativ strategiya, faoliyatning
maqsadlarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlash, maqsadlarga
erishish usullarini ishlab chiqish, tashkilotning perspektiv rivojlanishini
prognozlash, tashkilot a’zolarining sa’y-harakatlarini umumiy
maqsadlarga erishishga yo‘naltirish. Ishni rejalashtirish vazifalarni
belgilash, faoliyatni muvofiqlashtirish, samaradorlikni aniqlash,
muammolarni o‘z vaqtida hal etish, imkoniyatlarni safarbar etish,
shuningdek, mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
Rejada vazifalarning muddatlari, ijrochilari va natijalari aniq ko‘rsatilishi
kerak. Strategik rejalashtirish tashkilotning missiyasidan (umumiy siyosat)
kelib chiqib strategiyalar to‘plamini ishlab chiqish, ularni vaqt-makon
kontinuumida taqsimlash, tashkilotning muvaffaqiyat salohiyatini
shakllantirish va ularni amalga oshirish ustidan strategik nazoratni
ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Boshqaruvda rahbarning shaxsiy fazilatlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqalarga
ta’sir ko‘rsata olish siyosiy iroda, ijtimoiy intellekt, ma’naviy-axloqiy
bilimlarni talab qiladi. Shu o‘rinda, ulug‘ sohibqiron, markazlashgan davlat asoschisi, taktik va strategik bilimlar sohibi Amir Temurning boshqaruvga oid fikrlarini keltirish joiz: “Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim. Men sifatlarimning eng avvalgisi deb beg‘arazlikni tushundim.
Hammaga bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan
farq qilmadim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim.
Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonlariga
topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini
unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-u ikrom ko‘rsatdim”.
Tashkilotning samarali faoliyatida, kadrlar qo‘nimsizligining oldini
olishda korporativ madaniyat, ijobiy sog‘lom muhit katta ahamiyatga
ega.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin