Samaradorlikni tekshirish bo'yicha ziddiyatlar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə32/56
tarix01.12.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#71677
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
100-200

Korporativ madaniyat – jamoaning barcha a’zolari tomonidan
qabul qilingan madaniy atributlar, qadriyatlar tizimi va xulq-atvor
normalarining umumiy asosini belgilab beradigan, samarali muloqot
va netvorkingni ta’minlash, korporativ faoliyatni tartibga solishning
strategik vositasi sifatida tavsiflanadi. Shu jihatdan olganda, jamoaning har bir a’zosi uchun birdek muhim bo‘lgan umumiy qadriyatlar tizimini, korporativ madaniyat normalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Ushbu normalar sifatida quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

– o‘zaro hurmat, o‘zaro ishonch, o‘zaro yordam;


– muammolar yechimini birgalikda izlash;
– yaxshi an’analarni qadrlash;
– yumor va ko‘tarinki kayfiyat;
– to‘g‘ri va ochiq munosabat;
shaxsiy kamolotga intilish;
– xodimlardagi professionalizmni, tashabbuskorlikni qo‘llabquvvatlash va rag‘batlantirish, motivatsiya tizimi

Tashkilot samarali faoliyatining asosiy manbayi – bu umumiy
strategik manfaatlar yo‘lida harakat qiluvchi jamoa, mehnat resurslari.
Kuchli va uyushgan jamoani shakllantirish rahbardan katta mahorat
hamda kasbiy intuitsiyani talab qiladi. Bunda har bir xodim tomonidan
o‘zining o‘rnini aniq his qilishi, o‘zaro ishonch va samimiyat juda muhim.
Jamiyatda har qanday sohaning rivojlanishi kadrlar bilan ishlash
tizimini muvaffaqiyatli boshqarishga bog‘liq.
HR menejment (inson resurslarini boshqarish) – bu muayyan jamoaning kadrlar siyosatini shakllantirish, kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ular bilan ishlash tizimi.
Zamonaviy HR quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– tashkilotning kadrlar siyosatini shakllantirish;
rekrutment, head-hunting – kerakli kadrlarni izlab topish, tanlash
va joy-joyiga qo‘yish;
– jamoada sog‘lom psixologik muhitni saqlash;
– xodimlar mehnatini tashkil etish;
– kadrlar samaradorligini ta’minlash;
– xodimlarni ish jarayoniga moslashtirish;
– xodimlarni kasbiy kompetensiya va zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish;
– motivatsiya, kompensatsiya, imtiyozlar tizimini ishlab chiqish;
– kadrlar zaxirasini yaratish;
– kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
– xodimlarning malakasini oshirish, professional qo‘llabquvvatlash;
– onbording;
– xodimlarni rag‘batlantirish.

Yuqorida zamonaviy boshqaruv, tashkilot faoliyatini samarali tashkil


etishning ba’zi jihatlariga to‘xtaldik. Ularni to‘g‘ri anglash, qabul qilish,
menejmentga ularni tatbiq etish boshqaruvda ijobiy yutuqlarni qo‘lga
kiritishga asos bo‘ladi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin