Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 837 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference yaratiladi», — dedi davlat rahbari. Ushbu mablag‗lar so‗mda 10 yilgacha muddatga
beriladi. «Oldin biz bermagan edik», — deya ta‘kidladi u.
Shu bilan birga, intensiv bog‗, tokzorlar, logistika obyektlarini tayyor holatda
quribb, tadbirkorlarga lizing asosida berish tizimi ham yaratiladi.Tadbirkorlar 20
foizni oldindan to‗laydi va qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo‗lib-bo‗lib to‗laydi.
Bunda tadbirkorlar o‗z loyihalarini vazirlik shaffof elektron platformasi orqali
taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zi moliyalashtiradi.
2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmda 6,2 foizga
oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 1,8 foizga pasayish
kuzatildi (yanvar oyida ob-havoning anomal sovuqligi hamda elektr va gaz
ta‘minotidagi uzilishlar fonida o‗tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga pasayish
kuzatildi).
Hozirgi kunda O‗zbekiston 109 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlari import
qildi
O‗zbekiston 11 oyda 109 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import
qilgan.2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‗zbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2
mlrd AQSh dollariga teng bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Davlat
statistika qo‗mitasi ma‘lumotlariga ko‗ra, bu ko‗rsatkich 2021 yilning mos davri bilan
solishtirilganda qariyb 38,6 foizga oshgan. 2022 yilning 11 oyida oziq-ovqat
mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‗lgan davlatlar orasida Qozog‗iston
birinchi o‗rinni egalladi – 36,6 foiz. Ushbu ko‗rsatkich qolgan davlatlar kesimida
quyidagicha ko‗rinish oldi:
Rossiya – 24,1 foiz;
Braziliya – 13,9 foiz;
Belarus – 4,2 foiz;
Pokiston – 1,8 foiz;
Ekvador – 1,6 foiz;
Hindiston – 1,6 foiz;
Xitoy – 1,4 foiz;
Turkiya – 1,4 foiz;
Indoneziya – 1,4 foiz;
boshqa davlatlar – 12 foiz.