Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 838 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference 2021-yilda respublikamizda yrtishtirilgan mahsulotlar ko’rsatgichi O‗zbekiston hukumati tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
uchun to‗g‗ridan-to‗g‗ri $130 mln ajratadi
Yil boshidan oziq-ovqat sanoatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda
O‗zbekiston prezidenti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish
uchun 6,2 trln so‗m ajratilishini ma‘lum qildi. Birinchi marta tadbirkorlar 130 mln
dollarni banklar vositachiligisiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri oladi, dedi president O‗zbekistonda
2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish uchun yangicha
mexanizm asosida 6,2 trln so‗m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident
Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo‗lib o‗tgan videoselektor yig‗ilishida ma‘lum
qildi.
Xususan, bog‗dorchilik subyektlarining aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun
Qishloq xo‗jaligi jamg‗armasi hisobidan 700 mlrd so‗m yo‗naltiriladi. Aholiga
ajratilgan yer maydonlariga ko‗chat, urug‗lik, o‗g‗it va texnika yetkazib berish uchun
500 mlrd so‗m ajratiladi.
«Qishloq xo‗jaligi vazirligi ixtiyoridagi 130 mln dollar mablag‗ birinchi marta
banklarsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri tadbirkorlarga ajratiladi. Ya‘ni bunda bank ustamasi
bo‗lmaydi va tadbirkorga bozorga qaraganda ancha kredit olish imkoniyati
yaratiladi», — dedi davlat rahbari. Ushbu mablag‗lar so‗mda 10 yilgacha muddatga
beriladi. «Oldin biz bermagan edik», — deya ta‘kidladi u.
Shu bilan birga, intensiv bog‗, tokzorlar, logistika
obyektlarini tayyor holatda quribb, tadbirkorlarga lizing asosida