Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 836 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi -
Capacity Building Center;
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo‗qon
oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‗rsatish texnikumi.
Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash
sohasida kichik va o‗rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar
va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes
rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi. Muassasada o‗qitish ingliz, rus va o‗zbek tillarida
bo‗ladi. Kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta‘lim shakllari mavjud.
Shuningdek, 2024−2025 o‗quv yilidan institutda bakalavriat ta‘lim
yo‗nalishlari bo‗yicha dual ta‘lim tizimi joriy qilinadi.
2024 yil 1 yanvardan institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat
sanoati va uni qayta ishlash bo‗yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura
(PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‗lga qo‗yiladi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar institutga sohaga mos
bo‗lgan bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha kirish imtihonlarisiz yakka
tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to‗lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Bu qarorni qabul qilgani shundan iboratki hozirgi kunda aholoi soni tobora
o‘sib bormoqda kelajakda oziq ovqat tanqisligini oldini olish maqsadida malakali
kadrlarni tayyorlash va oziq-ovqat tanqisligini muammolarin hal qilish yo‘larini
hamda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish va aholi ehityojlarini qondirishdir.
O‗zbekistonda 2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni
ko‗paytirish uchun yangicha mexanizm asosida 6,2 trln so‗m ajratilishi
rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo‗lib
o‗tgan videoselektor yig‗ilishida ma‘lum qildi.
Xususan, bog‗dorchilik subyektlarining aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun
Qishloq xo‗jaligi jamg‗armasi hisobidan 700 mlrd so‗m yo‗naltiriladi. Aholiga
ajratilgan yer maydonlariga ko‗chat, urug‗lik, o‗g‗it va texnika yetkazib berish uchun
500 mlrd so‗m ajratiladi.
«Qishloq xo‗jaligi vazirligi ixtiyoridagi 130 mln dollar mablag‗ birinchi marta
banklarsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri tadbirkorlarga ajratiladi. Ya‘ni bunda bank ustamasi
bo‗lmaydi va tadbirkorga bozorga qaraganda ancha kredit olish imkoniyati