Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Yüklə 382,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix25.12.2023
ölçüsü382,32 Kb.
#194594
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va sementik xususiyatlari

Chiqmag ‘on jong‘a umid
», «
It uyub qoldiyu, 
ko‘chdi karvon», «Men firoqdin desam, ul der Iroqdin»; 
• Bobur ijodida: «
Bo‘lib turur ikki ko‘zim yo‘lida to‘rt
», «
Men edim 
saningdek, sen bo‘lg‘oysen maningdek
»; 
• Abdulla Qahhor ijodida «
Otning o‘limi, itning bayrami», «Quruq qoshiq 
og‘iz yirtar»; 


23 
• «Alpomish» dostonida «
Sulton suyagini xo‘rlamas
», «
Elakka borgan 
xotinning ellik og‘iz gapi bor
» kabi maqollar ko‘plab uchraydi [22, 40 b.].
Folklorshunoslik ilmida shoir va yozuvchilar tomonidan xalq maqollarining 
asar matnida keltirilishi folklorizm deb ataladi. Bu holat ijodkorning xalq og‘zaki 
ijodiga bo‘lgan munosabati ijobiy ekanini ko’rsatadi. Demak, xalqimiz yaratgan 
maqollar mazmun jihatdan chuqur bo‘lishi bilan birga badiiy jihatdan ham 
mukammaldir. Ma’lum bo‘ladiki, xalqimiz yaratgan maqollar faqat mazmun 
jihatdan emas, badiiy jihatdan ham ajoyib so‘z san’ati namunalari sifatida 
ishlatilishi mumkin.
Asrlar davomida yaratilgan maqollarni to’plab, ma’lum bir majmua sifatida 
ishlash talabi vujudga keldi. Agar olimlar tomonidan maqollar to’planib, ma’lum 
bir majmua holiga kelmaganida edi, ushbu mavzu bo’yicha qilayotgan ishimizning 
asosi ham bo’lmagan bo’lar edi. O’zbek xalq maqollarini to’plab, ma’lum bir 
to’plam sifatida ishlash ishlari qadim zamonlardan boshlangan.
Olimlar qadimgi shohlardan Abbos Safoviyning amri bilan maqol va 
matallarimiz bir joyga jamlangani haqida ma’lumot beradilar. Afsuski, bu majmua 
bugungi kungacha yetib kelmagan. Bu o'rinda adabiyotimiz tarixida maqollar 
asosida yaratilgan asarlar ham mavjudligini ta'kidlab o'tamiz. Masalan, 
Muhammad Sharif Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari tarkibida 300 dan ortiq 
o’zbek xalq maqollari bor. Yoki, Sulaymonqul Rojiy o'zining «Zarbulmasal» 
asarida 400 dan ortiq maqolni she'riy vaznga solganligi ham e'tiborga loyiq 
hodisadir [24; 3 b.].
O'zbek xalq maqollariga muayyan bir tartib berib, majmua va 
xrestomatiyalarga kiritish, ulardan maxsus to'plamlar tuzish ishlari esa XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlangan. Masalan, venger olimi H.Vamberining 1867-yilda 
Leypsigda nashr etilgan «Chig'atoy tili darsligi» xrestomatiya-lug'atiga o'zbek 
folklori va adabiyotining ayrim namunalari qatori 112 ta maqol kiritilgan bo'lib, 
ularning nemis tiliga tarjimasi ham berilgan. Shundan keyin birin-ketin N. 
Ostroumov (1895), B. Rahmonov (1924), Sh. Jo'rayev (1926), H.Zarifov (1939, 


24 
1947), B. Karimov (1939), Sh. Rizayev, O'.Azimov, O'. Xolmatov (1941), M. 
Afzalov, S. Ibrohimov, S.Xudoyberganov (1958, 1960, 1965, 1978), R. 
Jumaniyozov (1964, 1967, 1970), E. Siddiqov (1976, 1986), B. Sarimsoqov, I. 
Haqqulov, A. Musoqulov, R. Zarifov (1978), B. Sarimsoqov, A. Musoqulov, M. 
Madrahimova (1981, 1984), Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov (1987, 1990, 
2001), T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, A Musoqulov (1989) kabi folklorshunoslar, 
fan va madaniyat xodimlari tomonidan tuzilgan turli xarakterdagi va turli hajmdagi 
maqollar to'plamlari nashr etildi [ ko’k kitob 3]. Buning natijasida bugungi kunda 
ko’plab ilmiy ishlarga asos sifatida ishlatilayotgan to’plamlar yaratildi desak ham 
yanglishmaymiz.
Tilshunoslik va tarjimashunoslik yo'nalishidagi M. Abdurahimov, X. 
Abdurahmonov, M. Sodiqova, H. Karomatov, K. Karomatova, H. Berdiyorov, R. 
Rasulov kabi olimlaming to'plamlari yuzaga keldi. Shuningdek, Y. Chernyavskiy, 
V. Ro'zimatov (1959), N. Gatsunayev (1983, 1988), A. Naumov (1985) kabi 
tarjimonlarning mehnati bilan o'zbek xalq maqollari rus tilida ham ayrim-ayrim 
to'plamlar sifatida nashrdan chiqdi. Ayniqsa H. Karomatov, K. Karomatova 
muallifligida nashrdan chiqqan o’zbek, ingliz va rus maqollarining to’plami 
maqollarni qiyosiy jihatdan o’rganayotgan olimlar uchun juda katta yangilik 
bo’ldi. “Proverbs, Maqollar, Пословицы” deb nomlangan ushbu kitobda o’zbek, 
rus, ingliz maqollarining muqobil ekvivalentlari va o’zbekcha ma’nolari bilan 
keltirilgan.
O‘tgan asrda o‘nlab maqollar to‘plami e’lon qilindi. «O‘zbekcha otalar 
so‘zi» (1924), «Maqollar va hikmatli so‘zlar» (1939), «Otalar so‘zi — aqlning 
ko‘zi» (1947), «O‘zbek xalq maqollari» (1978), «O‘zbek xalq maqollari» (2 jildlik, 
1987— 1988) kabilar shular jumlasidandir. Ularni to‘plash, nashrga tayyorlash, 
tadqiq etishda avval Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim Yunusov, G‘ulom 
Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov, Zubayda Husainova, 
G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzaev, Bahodir Sarimsoqov, Malik 


25 
Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov kabi olimlar munosib 
hissa qo‘shdilar [22; 34 b.].
Turli davrlar, turli yillarda bunday to'plamlarning nashr etilishi xalq 
maqollarini to'plash, ularga muayyan bir tartib berish katta ahamiyatga ega bo'ldi. 
Bu to'plamlardagi faktik materiallar bir-birini takrorlaydi. Shunga qaramay, ular 
materialning hajmi, tanlanishi, mavzularga ajratilishi bilan bir-biridan farq 
qiladi.Masalan, M. Afzalov boshchiligida tayyorlangan to'plamning keyingi 
nashriga 2500 dan ortiq maqol 34 mavzuga bo'lib berilgan bo'lsa, R. Jumaniyozov 
to'plamining so'nggi nashrida 1047 maqol 22 mavzu ostida jamlangan. Yoki B. 
Rahmonov to'plamiga 564, Sh. Jo'rayev to'plamiga 711 maqol kiritilgan, xolos. 
O'zbek xalq maqollarini to'plash va o'rganishdagi shubhasiz katta yutuq ularning 
ilmiy-akademik nashrini tayyorlash bo'ldi. 1987—1988-yillarda ikki jildda nashr 
etilgan bu to'plam o'n uch mingga yaqin xalq maqolini o'z ichiga oladi [24; 3 b.].
Keyinchalik To’ra Mirzayev, Asqar Musoqulov va Bahodir Sarimsoqovlar 
tomonidan 2005-yilda ilgarigi to’plamlarga nisbatan ancha mukammalroq formada 
ishlab chiqildi. Kitobda 70 dan ziyod mavzudagi maqollar alifbo tartibi bo’yicha 
tuzib chiqilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 80-yillarning oxirlarida O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti xodimlari 
tomonidan 13 mingga yaqin maqollar alifbo bo‘yicha tartiblashtirilgan holda nashr 
ettirildi. Bu misol ham o‘zbek xalqining naqadar ulkan va bebaho madaniy 
merosga ega ekanligini ko’rsatadi. Hech ikkilanmasdan alohida aytib o’tish 
lozimki, bunday ulkan xazinaga dunyodagi kamdan-kam xalqlar ega bo‘lishi 
mumkin. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bironta shoir tabiat inson qattiq 
ehtirosga berilgan paytida o‘nlab qo‘shiq to‘qib tashlashi mumkin. Ammo bitta 
maqolning badiiy jihatdan mukammal tarzda shakllanishi va xalq qalbidan joy 
olishi uchun o‘nlab yoki yuzlab yillar kerak bo’ladi.


26 
Maqollarning o’rganilish tarixi va to’plash jarayonlari haqida gap ketganda 
ularni tasnifi haqida ham fikr yuritishimiz kerak. O’zbek folklorshunos olimlari 
tomonidan maqollarni tasnif qilishning asosan quyidagi ko’rinishlari mavjud:
• Alifbo tartibida. Unga ko’ra mavjud material maqol to’plamida alifbo 
tartibiga solinadi. Uning afzalligi shundaki, foydalanuvchi to’plamdan maqolni 
tezroq topa olishi mumkin. Ammo kamchiligi unda maqollarning mavzu jihatdan 
berilmaganligi tufayli foydalanuvchiga ko’proq qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
• Mavzular tartibida. Tasnifning bu turi oldingisidan ancha murakkab va 
mukammalligi bilan ajralib turadi. Chunki bu turda material muayyan mavzu 
guruhlariga ajratiladi, har bir mavzudagi material esa o’z ichida alfavit tartibi 
bo’yicha beriladi. Ushbu tartib bo’yicha tuzilgan maqol to’plamlari foydalanish 
jihatidan qulayligi, eng muhimi, muayyan xalq maqollari fondining mavzu 
doirasini ko’rsatib berishi bilan ham amaliy, ham nazariy ahamiyat kasb etadi.
• To’g’ri yoki ko’chma ma`no tashishiga ko’ra. Maqollarning semantik 
tabiati davrlar o’tishi bilan o’zgarib turadi: oldin o’z ma’nosida qo’llanilgan 
maqollar keyinchalik faqat ko’chma ma’no kasb etishi mumkin. Shunga ko’ra 
maqollar 3 xil: a) o’z ma’nosida qo’llanuvchi; b) o’z va ko’chma ma’noda 
qo’llaniluvchi; e) faqat ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi. Umuman, bu turdagi 
tasnifga ko’ra davrlar o’tishi bilan xalq maqollari tabiatida yuz bergan semantik 
o’zgarishlarni aniqlashga, binobarin har bir maqolning qay darajada davr 
talablariga javob bera olishini belgilashga imkon beradi.
• Qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga-xronologiyasiga ko’ra. Maqollar- 
juda qadimiy, ayni vaqtda hamisha zamonaviy janr. Uning qadimiyligi xalq tarixi 
qadar uzoq. Xalq maqollarida muayyan xalq boshidan kechirgan turli ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlar o’z aksini topadi. Shunga ko’ra maqollarni qay davrda 
yaratilganini bilib olish mumkin.
• Tuzulishiga ko’ra. Bunday tasnifda maqollar tarkibidagi mantiqiy 
markazlar miqdoriga qarab bir nechta guruhlarga ajratiladi. Yani: 1. 1 komponentli 
2. 2 komponentli 3. 4 komponentli va undan ortiq holatda ham uchrashi mumkin.


27 
O’zbek maqollari ilk bora shunday ko’rinishda tasnif qilingan. Biroq hozirda 
maqollarning yana bir tasnif turi ya’ni:
• Sinonimlik yoki antonimlik mohiyatiga ko’ra ham tasnif qilinmoqda.
Bunday tasnif turida maqollar asosan o’z ichida sinonim yoki antonim holatida va 
alfavit tartibida beriladi.
Hozircha o’zbеk maqolshunosligida alifbе tartibi va mavzusiga ko’ra tasnif 
qilish ananasiga ikki jildlik “O’zbеk xalq maqollari” (1987) va ko’p jildlik 
«O’zbеk xalq ijodi” ruknida «O’zbеk xalq maqollari” (1989) va «O’zbеk xalq 
maqollari” (2003) hamda etimologiyasiga ko’ra Sh.Shomaqsudov va 
Sh.Shorahmеdovlarning «Hikmatnoma” (1990) va “Ma`nolar xazinasi” (2003) 
“O’zbek xalq maqollari” (2005) to’plamlarini tuzishda amal qilingan.
O’zbek xalq maqollarida badiiy san’atlarning juda ko’p ishtiroki kuzatiladi. 
Shu o’rinda o’zbek olimlaridan K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, va O. 
Safarovlar maqollarda eng ko’p uchraydigan badiiy vositalarni quyidagicha 
ifodalaydi.
1. Tazod (zid qo’yish). Olimlarning fikricha o’zbek maqollarida eng ko’p 
uchraydigan vositalardan biri tazod (zid qo’yish) hisoblanadi. Buning bosh 
sabablaridan biri, unda maqolda aks etgan voqeaning tabiatidagi ziddiyatni aks 
ettirish orqali tomonlardan biri yo tasdiqlanadi, yo inkor etiladi. Odatda 
maqollardagi tazod usulida voqelikning turli-tuman xossalari: hajmi, rangi, bo’yi, 
uzunligi, masofa kabi jihatlar qarama –qarshi qo’yiladi.
Masalan:

Yüklə 382,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin