28
deb ham yuritiladi. Maqollarda istioraviy ko’chimlar
asosan yetakchi semantik
vazifani bajaradilar.
Masalan: “
Et bilan tirnoqni ajratib bo’lmas
” maqolidagi “et va tirnoq”
so’zlari yaqin qarindosh-urug’, og’a-ini o’rtasidagi yaqinlikka ishora qiladi.
Folklorshunos olimlarning fikricha, maqoldagi asosiy mazmunni keng bayon etish,
uning mohiyatini atroflicha sharhlashga maqol tabiatidagi lo’ndalik va ixchamlik
yo’l bermaydi.Shuning uchun ham mazkur janrda metaforik tasvir juda qo’l keladi.
3. Mubolag’a san’ati. Maqollarda xalq tajribasida
sinalgan ezgu ideallar
kuchaytirilib, xalq idealiga mos kelmaydigan xislatlar salbiy jihatdan bo’rttirib
tasvirlanadi. Bunday holatlarda biz maqollarda mubolag’a san’ati qo’llanilganini
ko’ramiz. Masalan: “nafsi buzuq hayitda o’lar” da xalq idealiga mos kelmaydigan
ochko’zlik, nafsi buzuqlik qoralanadi. Bu esa shunchaki oddiy baholash emas,
balki xalqning g’oyaviy-estetik bahosi sifatida keltiriladi. Xalq idealida qoralangan
narsa hech qachon ijtimoiy hayotda yashamasligi lozim.
4. Jonlantirish. O’zbek xalq maqollaridagi jonlantirish
usuli juda muhim
vositalardan biridir. “O’tin ayirgan bolta maydonda qolar” maqolini tahlil qilsak,
bu yerda gap jonsiz predmet “bolta” haqida so’z ketyapti.
Aslida bolta biror
narsani kesish, o’tin yorish uchun yaratilgan predmetdir. U o’z-o’zidan o’tin
yorolmaydi. Mohiyat jihatidan bolta – adolatsiz, odam ayiradigan shaxslarga qarata
ishlatiladi. Maqoldagi ahloqiy-falsafiy mazmun “O’tin ayiradigan bolta”
obrazi
orqali ifodalangan [18; 99 b.].
Xullas, o’zbek xalq maqollarida badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar
rangbarang bo’lib, ular asar mazmunini reallashtirish va maqolning izchil g’oyaviy
vazifasini bajarishga imkon beradi. Bu o’rinda maqollar
ustida olib borilayotgan
izlanishlar xalq madaniy merosini yanada boyitish va mustahkamlash uchun
hizmat qiladi. O’zbek folklorshunoslaro tomonidan qilingan ishlar g’oyat tahsinga
sazovordir.