Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Yüklə 382,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix25.12.2023
ölçüsü382,32 Kb.
#194594
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va sementik xususiyatlari

I bob bo’yicha xulosa. 
Ingliz va o’zbek xalq maqollari xalq og’zaki ijodining paremiologiya sohasi 
bo’yicha o’rganiladi va o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan xalq o’g’zaki 
ijodining boshqa janrlaridan farqlanib turadi. Ya’ni, ularda fikr aniq, tugal xulosa, 


36 
lo’nda hukm tarzida ifodalanadi, muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin 
qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi va o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llana 
olish imkoniga ega. Bundan tashqari, maqollarda ibratlilik, pand-nasihat kabi 
jihatlar ustun turishi orqali o’zining umuminsoniy jihatlarini ko’rsatadi.
O’zbek va ingliz maqollarining folklorda o’rganilish tarixini qiyosiy 
o’rganish orqali qaysi tilda ularning tadqiq qilish darajasi mukammal yoki sayoz 
ekanligini ko’rib chiqdik. Asosan, o’zbek va ingliz tiliga maqollar qadimdan 
to’plovchilik orqali yetib kelgan. Bu borada o’zbek tilida Mahmud Koshg'ariyning 
to'plovchilik faoliyati va uning «Devoni lug'otit turk» asari bunga yorqin misol 
bo'la oladi. Ingliz tilida maqollar kitobi deb atalmish “Bible” ingliz xalq 
maqollarini o’zida jamlagan bo’lib, aynan qadimgi davrdagi ajdodlar tomonidan 
aytilgan maqollar keltirilgan. Bu ikki manbada qadimda mavjud bo’lgan maqollar 
to’plangan va bugungi kungacha yetib kelgan.
Maqollar ustida qizg’in izlanishlar asosan 19-asrdan boshlangan bo’lib, 
o’zbek folklorshunoligida Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim Yunusov, 
G‘ulom Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov, Zubayda 
Husainova, G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzaev, Bahodir 
Sarimsoqov, Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov 
kabi olimlar asosan maqollarni yig’ib ularni to’plam holiga keltirish ishlarida o’z 
hissalarini qo’shganlar. Keyinchalik maqollarning ichki strukturaviy tuzulishi va 
boshqa tillar bilan qiyosiy o’rganish ya’ni maqollar bo’yich tarjimashunoslik 
ishlari boshlangan. Bu o’rinda M. Abdurahimov, X. Abdurahmonov, M. Sodiqova, 
G’.Salomov, H. Karomatov, K. Karomatova, H. Berdiyorov, R. Rasulovlarning 
o’rni beqiyos.
Ingliz maqollari ustida ko’plab izlanishlar olib borgan olimlar sifatida 
Honek, Norik, Mayder, Teylor, Aroralarni ayta olamiz. Ular maqollarni o’ziga xos 
eng muhim jihatlarini fanda isbotlab, asosan, ulardagi strukturaviy tuzulish, qanday 
badiiy vositalarning ishlatilishi, ijtimoiy hayotdagi o’rni kabi masalalarga e’tibor 
qaratganlar va ularni o’z asarlarida berib o’tganlar.


37 
Agar maqollarning har ikkala tilda o’rganilish jihatlarini solishtiradigan 
bo’lsak, maqollarni to’plam holatiga kelishi, badiiy vositalarning ishlatilish o’rnini 
o’rganish va umuminsoniy jihatlarini ko’rsatish kabi masalalar deyarli bir xil. 
Biroq maqollarning nazariyalariga bag’ishlangan asarlarning ingliz tilida o’zbek 
tiliga nisbatan ko’pligi ingliz maqollarining nazariy jihatlari o’zbek maqollariga 
nisbatan ko’proq o’rganilganligini ko’rsatadi. O’zbek tilida o’zbek olimlari 
tomonidan bu ishga ko’p marotaba qo’l urilgan. Asosan o’zbek va ingliz 
maqollarini solishtirish uchun o’zbekcha tarjimalarini berish, muqobil variantlarini 
keltirish va semantik
 
xususiyatlarini isbotlash ishlari qilingan.
Xullas, o’zbek va ingliz tillarida maqollarning nazariy va amaliy jihatlari 
o’rganilgan. Maqollarning semantik xususiyatlariga ko’proq to’xtalingan. Ammo 
o’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik jihatlari bo’yicha uncha ko’p 
ishlar qilinmagan. 

Yüklə 382,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin