21
yaratilishi jihatdan juda qadimiy zamonlarda yashagan ajdodlarimiz ijodining
mahsulidir. Xalq maqollari mukammal badiiy ijod namunasi sifatida tilshunoslar,
adabiyotshunoslar, folklorshunoslar tomonidan ko’p marotaba o‘rganilgan.
Tariximizda hatto maqolga maxsus, agar ta'bir joiz bo'lsa, folkloristik
nuqtayi
nazardan, garchi epizodik xarakterda bo'lsa-da, munosabatda bo'lingan
hollarga ham duch kelamiz. XI asrning ulkan tilshunos olimi, folklorshunos va
etnograf Mahmud Koshg'ariyning to'plovchilik faoliyati va uning «Devoni lug'otit
turk» asari bunga yorqin misol bo'la oladi. «Devon»da turli munosabatlar bilan
turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan 400 ga
yaqin maqol va matallar ham
keltiriladiki, ularning aksariyati bugun ham ayrim o'zgarishlar bilan tilimizda
muvaffaqiyatli ravishda ishlatilmoqda [24; 3 b.].
Bugungi kunimizdan deyarli ming yil avval Mahmud Koshg‘ariy o‘zining
«Devonu lug‘otit turk» asarida ko‘plab maqollardan namunalar keltirgan va
xalqimiz ijodida maqol janrining uzoq tarixga ega ekanligini isbotlab bergan.
O’zbek maqollarining o’rganilish tarixi haqida so’z ochar ekanmiz,
shubxasiz
Mahmud Koshg‘ariyning xizmatlarini alohida e’tirof etish joizdir. Mahmud
Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida kitobni«hikmatli so‘zlar,
saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar» bilan bezaganligini
aytadi [22; 33 b.].
Darhaqiqat, «Devonu lug‘otit turk» da berilgan
maqollar bilan turkiy
xalqlarning madaniy merosiga voris sifatida o‘zbek xalqi faxrlansa arziydi. Ana
endi Mahmud Koshg‘ariy turkiy so‘zlarning lug‘ati misolida keltirgan 400 ga
yaqin maqolga va 13 mingdan ortiq bu janr namunalarini ko’rib chiqsak. Ma’lum
bo‘ladiki, bunchalik soni ko‘p va badiiy mukammal xalq hikmatli so‘zlarini ijod
qilish faqat dono, zukko, har bir hayot voqeasini mulohaza laboratoriyasidan
o‘tkaza olgan ajdodlarimizgagina nasib etishi mumkin. Bizning fikrimizcha, har bir
maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqea ro‘y bergan va bu voqea o‘ta
sinchkov va dono ajdodlarimiz vakili tomonidan kuzatilishiga sabab bo‘lgan.
22
Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug‘otit turk» da «savlashmoq» so‘zini
keltirib o’tgan. Bu “otalar so‘zini eslamoq” ma’nosini anglatishi aytiladi. Demak
shunday
tahmin qilish mumkinki, bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni
«sav» deb ataganlar. Keyinchalik Alisher Navoiy ijodida maqol atamasi «masal»
tarzida berilgan. Navoiy o’z asarlarining birida «masaldurkim — uyqu o‘limdir»
deb aytadi. «Masal» atamasining XX asr boshlarigacha qo‘llanib kelingani
ma’lum. O‘tgan asrning ikkinchi choragidan boshlab maqol so‘zi ko’p uchray
boshladi. Keyinchalik XX asr yarmidan esa faqat maqol tarzida qo‘llanildi [22; 34
b.].
Maqolga adabiy
nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va
badiiy til ravonligini ta'minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z
san'atkorlarining e’tiborida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy,
Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy,
Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza,
Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon,
Abdulla Qodiriy, Oybek, G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari
sinchiklab o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan aynan,
ba'zan o'zgargan holda ishlatilganini ko’rishimiz mumkin. Badiiy asarlarda
maqollardan keng darajada foydalanish hamisha asar tilini boyitishga yordam
bergan.
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zining shakl
va mazmun jihatdan nodir
xalq og’zaki ijodi namunalari sifatida buyuk va taniqli adiblar e’tiborini jalb qilib
keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib
Oybekgacha xalq maqollaridan samarali foydalanganlar. Jumladan:
• Alisher Navoiy lirikasida «
Dostları ilə paylaş: