Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Yüklə 382,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix25.12.2023
ölçüsü382,32 Kb.
#194594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va sementik xususiyatlari

 



K I R I S H
Bugun O’zbekiston Respublikasi barcha rivojlangan davlatlar tan olgan va 
dunyo hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lgan mustaqil davlatlardan biridir. 
Respublikamizda bo’layotgan jamiyatning barcha sohasidagi yangiliklar 
O’zbekistonimizning yanada gullab yashnashiga olib bormoqda. Yurtimizda 
ayniqsa ta’lim jarayoniga katta e’tibor berilayotgani yoshlar ta’lim-tarbiyasiga 
o’zining ijobiy hissasini qo’shmoqda. Ayni vaqtda, O’zbekistonda chet tillariga, 
ayniqsa ingliz tiliga, bo’lgan qiziqish va talabning ortib borishi natijasida ta’lim 
tizimida chet tillarini o’qitish bo’yicha yangi qaror va farmonlarning ijrosi 
davlatimiz miqyosida olib borilmoqda. 
Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va 
folklorshunoslikda maqollarni chuqurroq o’rganish bugungi kun qiyosiy 
tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning muhim xususiyati shundaki, 
u fanlararo xarakterga ega bo’lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda. 
Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarni o’rganish tilshunoslikda alohida soha 
sifatida paydo bo’ldi. 
Mazkur Bitiruv malakaviy ish (BMI) mavzusining 
dolzarbligi.
Maqollar 
xalq o’g’zaki ijodining katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo’lib, 
bugungi kunda maqollarni qiyosiy tilshunoslikda chuqur o’rganish orqali 
tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyapti. Mavzuning eng muhim dolzarb 
jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga qiziqishning o’sishi bo’lsa, 
ikkinchi tomondan ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va 
semantik xususiyatlarini har ikkla tilda qiyosiy o’rganish va ularni o’xshash va 
farqli tomonlarini umumlashtirishdir. Ayniqsa, o’zbek va ingliz maqollarini 
qiyosiy o’rganish asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga 
qay daraja aks etganini ifodalab, xalqlarning mentalitetidagi o’zaro o’xshash va 
farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o’rganish uchun ingliz va 
o’zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy 
mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.




Yüklə 382,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin