Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə55/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Majmua 2023 yangi

Kichik biznes.
Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'lganlarning 65 foizini tashkil etdi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 yilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.
Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi”.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo'jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e'tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo'jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo'jalik yuritishda o'zlarini to’la-to'kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta qishloq xo'jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, respublika bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin beriidi.
Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003- yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo’ldi., paxtanng 66%i, g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi O‘zbekiston fermerlar kengashiga, joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi. 2012-2014 yillarda paxta xom-ashyosi tayyorlashning barqaror hajmi saqlangan holda, sabsavot yetishtirish – 16,3 foizga, poliz mahsulotlari – 16,6 foizga, meva yetishtirish esa – 21 foizga ko‘paydi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda. Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bujarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar vastipcndiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujud-ga keltirish bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
Bozor infratuzilmasi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo'naIishlandan biri Bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo’ldi.. Shu boisdan, respublikamizda Bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar raajmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiiuvchi transport, aloqa, suv va energetika ta'minoti, yo'l va ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmaiari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi.Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo'jalik yurituvchi subektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan. Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya Bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo’ldi.. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003— yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi..

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin