Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
113 Sahifa 
o’tkazuvchanligining buzilishi, barqaror postinfarkt stenokardiyaning 
klinik belgilari, ko’rsatib o’tilgan asoratlarning birga kelishida namoyon 
bo’ladi. Miokardning talaygina qismini qon bilan ta’minlaydigan yirik toj 
tomir stenozi bo’ladigan mayda o’choqli miokard infarktida infarkt sohasi 
kengayishining oldini olish maqsadida revaskulyarizatsiya qilish maksadga 
muvofiq bo’ladi.
Transmural miokard infarktida jarrohlik amaliyoti bajarilishiga 
ko’rsatmalar bo’lganda uni faqat erta muddatlarda (xurujdan keyin 6 soat 
ichida), miokard infarkti zararlanishi qayta rivojlana oladigan fursatda 
o’tkazish lozim. Hozirgi vaqtda infarkt rivojlangandan keyin 6 soat ichida 
bajarilgan miokard amaliyotlarida o’lim 3,1% ni tashkil qiladi, bu dori-
darmonlar bilan davolashdagiga qaraganda birmuncha kam. Bundan ortiq 
muddatlarda bajarilgan jarrohlik amaliyotlarda o’lim 10,3% ni tashkil 
etadi, bu dori-darmonlar bilan davolashdagi ulimga tahminan to’g’ri 
keladi. 
Postinfarkt yurak anevrizmasi, qorinchalararo to’siqning postinfarkt 
nuqsoni, mitral klapanning postinfarkt etishmovchiligi kabi miokard 
infarktining asoratlarida qilinadigan jarrohlik amaliyotlar etarli darajada 
yaxshi ishlab chiqilgan va qo’llanilayapti. Bu jarrohlik amaliyotlari g’oyat 
murakkab va sun’iy qon aylanishi sharoitlarida bajariladi. 


O`quv qo`llanma
114 Sahifa 
SIMPTOMATIK ARTERIAL GIPERTENZIYA 
 
Bugungi kunda yurak-qon tomirlar tizimining kasalliklari aholining 
umumiy kasallanish strukturasida birinchi o’rinni egallab, mehnat 
qobiliyatini yo’qotish, erta nogironlik va o’limning asosiy sabablaridan biri 
bo’lib hisoblanadi. Yurak va qon tomirlar kasalliklari orasida arterial 
gipertenziya keng tarqalgandir. Yagona belgi, ya’ni yuqori arterial qon 
bosimi – barcha simptomatik arterial gipertenziyalarni bitta guruhga 
birlashtirib turadi. Bu guruhga kiradigan kasalliklarning klinik manzarasi
etiologiyasi bir-biriga o’xshamagan, patogenezi har xil bo’lgan turli 
nozologik birliklardan iborat kasalliklar bo’lib, ular terapiya, jarrohlik, 
urologiya 
va 
endokrinologiya 
kabi 
tibbiyot 
ixtisosliklarining 
muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Simptomatik arterial gipertenziyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
- buyrak parenximasining shikastlanishi bilan bog’liq bo’lgan 
kasalliklar (pielonefrit, glomerulonefrit, siydik-tosh kasalligi, buyraklar 
polikistozi, diabetik nefropatiya va b.);



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin