O`quv qo`llanma 112 Sahifa
toj qon tomiriga angiografik kateter kiritiladi va u orqali bir vaqtning
o’zida 20000-40000 TB trombolitik preparatlar (streptaza, avelizin)
yuboriladi, so’ngra minutiga 2000-6000 TB hisobida tomchilatib
yuboriladi, bunda preparatning umumiy dozasi 2000024000 TB dan
oshmasligi kerak. Butun muolajaga 1 soatcha vaqt sarf bo’ladi. Infarkt
boshlangandan so’ng dastlabki 6 soat ichida o’tkazilgan trombolitik
davolash taxminan 75-80% hollarda okklyuziya bo’lgan tomirni
rekanalizatsiya qilishga imkon beradi. Trombolitik davolash samara
bergandan keyin uzoq vaqtgacha (2-3 oy) antikoagulyantlar bilan davo olib
boriladi. Toj arteriyalarda trombolitik davolashni to’liqroq tiklash uchun
uni toj tomirlar angioplastikasi yoki aortokoronar shuntlash bilan birga
qo’shib olib boriladi.
Aorta ichi kontrpulsatsiyasi yordamchi qon aylanishining eng
tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Bu usulning mohiyati shundan
iboratki, aorta ichi balloni diastola fazasida tez shishib chiqadi, yurak
sistolasi fazasida esa puchayib qoladi. Bu ballon Seldinger bo’yicha
punktsion usul bilan son arteriyasi orqali o’tkaziladi va o’tkir koronar
buzilishi sababli kelib chiqqan yurak etishmovchiligida ko’krak bo’limida
o’rnatiladi. Bu sistolik arterial bosim pasayishiga va diastolik bosim
oshishiga, miokardning kislorodga ehtiyoji kamayishiga va bir qator
gemodinamik
ko’rsatkichlarning
yaxshilanishiga
olib
keladi.
Kontrpulsatsiyaning asosiy ahamiyati chap qorincha ishini engillashtirish,
koronar perfuziyani va miokard oksigenatsiyasini yaxshilashdir.
Hozirgi vaqtda reperfuziya 6 soatgacha muddat ichida bajarilsa,
shikastlanish qayta rivojlanishga uchraydi, jarrohlik amaliyoti bundan
kechikkan muddatlarda o’tkazilsa ham, periinfarkt sohasida qon ta’minoti
yaxshilanadi deb hisoblaydilar. V.I. Burakovskiy va muallifdoshlari o’tkir
miokard infarktida shoshilinch aortokoronar shuntlashga quyidagilar
ko’rsatma bo’la oladi, deb hisoblaydilar: 1) koronografiya va translyuminal
angioplastikadan keyin toj arteriyasining trombozi, shuningdek ilgari
koronografiya o’tkazilgan va aortokoronar shuntlash rejali jarrohlik
amaliyotlarini kutayotgan bemorda o’tkir miokard infarkti rivojlanishi;
2) aniq yuzaga chiqqan gemodinamik buzilishlar va kardiogen shok; 3) erta
postinfarkt davrdagi turli xil asoratlar, ishemiya va nekroz sohasi
kengayishi. Bu to’sh orqasida og’riqlar qaytalanishi, yurak ritmi va