45
O‗rta Osiyoning ko‗llari
O‗rta Osiyo hududidagi ko‗llarning umumiy soni 10 000 dan oshib ketadi.
Ulardan 80% i tekisliklarda joylashgan. O‗rta Osiyoning tekislik qismidagi
ko‗llar asosan yirik daryolar: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa
daryolarning qayirlarida joylashgan. Bu yirik daryolar suv toshqini vaqtida
pastqam joylarda to‗planib kichik-kichik ko‗llarni hosil qilar edi. Lekin keyingi
vaqtlarda yuqoridagi daryolarning suvlari jilovlanib, suv omborlari qurilishi va
daryolar suvlarining kamayib ketishi, hamda ko‗p joylarda daryo qayirlarining
o‗zlashtirishi natijasida mavjud bo‗lgan tabiiy ko‗llar qariyib yo‗q bo‗lib ketdi.
Ikkinchi gruppa ko‗llar, yuzlab suv havzalari Amudaryo va Sirdaryoning Orol
dengiziga quyilish qismida, ya‘ni deltasida tarqalgan edi. Lekin Orol
dengiziining qurishi va Amudaryo hamda Sirdaryodan kelayotgan suvlarning
keskin kamayishi, daryolar deltasidagi ko‗llarning yo‗q bo‗lishiga olib keldi.
Biroq ikkinchi tomondan inson xo‗jalik faoliyati ta‘siri, ya‘ni sug‗oriladigan
maydonlarning kengayishi oqibatida, aniqrog‗i sug‗oriladigan maydonlardan
chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to‗planishidan vujudga kelgan yuzlab
ko‗llar paydo bo‗ldi. Bu ko‗llar 1960 yillardan keyin daryo suvlarini qayta
taqsimlash, suv melioratsiyasining avj olib ketishi, ko‗plab gidrotexnik
inshootlarning qurilishi tufayli vujudga keldi. Sariqqamish, Aydar, Arnosoy,
Dengizko‗l, Sho‗rko‗l va boshqa ko‗llar sug‗oriladigan yerlardan chiqarib
tashlangan zax suvlarning to‗planishi oqibatida paydo bo‗ldi. Hozirgi vaqtda
yuqoridagi nomi tilga olingan ko‗llardan rekreatsiya maqsadlarida va baliq
ko‗paytirishda foydanilmoqda.
V.L.Shuls (1963) ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyoning tog‗li qismida ham
katta va kichik bo‗lgan 1000 ga yaqin ko‗llar bor. Tog‗ ko‗llari har xil mutlaq
balandliklarda joylashib turlicha genezisga mansubdir. O‗rta Osiyoning tog‗li
rayonlaridagi ko‗llar kelib chiqishi bo‗yicha quyidagi tiplarga bo‗linadi:
Dostları ilə paylaş: