Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Amir Temurning boshka davlatlar ahvoli hakida ma’



Yüklə 324,65 Kb.
səhifə16/20
tarix13.04.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#97529
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Amir Temur 222

Amir Temurning boshka davlatlar ahvoli hakida ma’lumot olish vositalari.
Sohibkiron yurishga jo‘nashdan ancha avval dushmanning qurolli kuchlari, mudofaa inshoot­lari, u erdagi ichki vaziyat kabilar hakida aniq va to‘la ma’ lumotga ega bo‘lish maqsadida uning yurti yoki karorgohiga o‘z ayg‘okchi (habargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. G‘anim to‘g‘risida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘nggina yurishga taraddud ko‘rilgan.
CHegaradosh davlatlardagi ahvol to‘g‘risidagi ma’lumotlarini Amir Temur 1000 kishidan iborat bo‘lgan engil qurollangan otryadlar yordamida to‘plagan. Bu qo‘shinlar suvsiz va chul joylarda tuyalar minib jang kilganlar, boshka erlarda esa ular tarkibi suvoriylar va engil piyodalardan iborat bo‘lgan. Qo‘shni davlatlar erlariga kirib borib, ular shubhasiz, harbiy hiylalardan foydalangan holda chegara­dosh erlardagi ahvol haqida ma’lumot to‘plaganlar. Urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani va boshka turli habarlarni bilib olganlar. Mazkur otryadlar tomonidan etkazilgan ma’lumotlarni mulohaza kilgandan so‘ng, Amir Temur tegishli chora-tadbirlarni ko‘rgan.
Ma’lumotlar ba’zan savdogarlar orqali ham olingan. Temur huddi CHingizhon singari savdogarlar va karvonboshilarni turli tovarlar bilan Xitoy, Hindiston, Misr, Arabiston kabi mamlakatlarga va hatto Evropa davlatlatlariga ham yuborib turgan. Karvonlar kaytib kelgandan so‘ng savdogarlar sirasidan tayinlangan va darveshlar libosida jo‘natilgan habargirlar o‘z kuzatishlari asosida halkning hayoti, ahloqi, odatlari haqida ma’lumot berganlar. Ular hususan, podshohlar bilan ularning fukarolari o‘rtasidagi munosabatlar kandayligini bilib olishlari nihoyatda zarur bo‘lgan.
Amir Temur turli ulkalardan kelgan sayohatchilarga, savdogarlarga, karvonboshilarga homiylik kilgan. Ularga har qanday yordam ko‘rsatilgan va shu asnoda ular ko‘rgan davlatlardagi ahvol ham bilib olingan. Amir Temur turli tovarlarniig olib kelinishi va olib ketilishi, horijliklarning mamlakatga kirishi va chiqib ketishi, Amir Temur huzuriga kelishni istagan turli olimlar hakida aniq ma’lumotlar berib turishlari lozim bo‘lgan alohida ishonchli lavozimdagi amaldorlarga ega bo‘lgan. Ular horijiy podshohlarning Amir Temurga bo‘lgan munosabati va niyatlarini bilib, bu ma’lumotlarni unga tez va aniq qilib etkazishlari lozim edi.
Agar bu ma’lumotlar kamlik qilsa, u holda Amir Temur elchilarni jo‘natgan. Ular Amir Temurning yurishlaridan oldin kerakli ma’lumotlarni berib turishlari zarur edi. Ba’zi hollarda u bu maksadlar uchun darvishlardan foydalanardi.

Ulug‘ ajdodimiz Amir Temur, garchi buyuk jahongir bo‘lsa-da, kuch-qudrat zo‘rligu zo‘ravonlikda emas, aksincha, adolat, hamjihatlik va hamkorlikda ekanini chuqur anglagan. Uning jang, boshqarish mahorati, o‘ta mushkul va imkonsiz vaziyatda ham to‘g‘ri yo‘l topa olish qobiliyati, noyob aql-zakovati har qanday odamni hayratga soladi.


Amir Temur siyosiy tarqoqlik oqibatida parokandalik, og‘ir iqtiso­diy inqiroz, bosqinchilarning zo‘ravonligi, xalq noroziligi va ma’na­viy tushkunlik hukmron bo‘lgan Movarounnahrni muqarrar halokatdan qutqarib qoldi. YUrt istiqboli uchun matonatli kurash olib borib, markazlashgan davlatni qayta tikladi. Davlat boshqaruvida tartib-intizom, qonuniy­likni mus­tah­kam­lash, mehnat ahliga hurmat va imkoniyat, barqaror soliq tizimi, mam­lakat himoyasini ta’minlashga katta e’tibor berdi. Tashqi siyosatda dushmanlardan himoya­lanish, karvon yo‘llarining xavfsizligini ta’min­lash, zolim, sotqin va xiyonatkor shaxslarni jazolash, o‘z davlatining siyosiy ta’sirini kengaytirishga harakat qilgan.
Ma’lumki, Temur tuzgan qo‘shin o‘zining strategik va taktik mahorati bilan o‘sha davrning eng mukammal, kuchli armiyalaridan hisoblanadi. Uning tashkilotchisi va etakchisi esa tajribali, mohir sarkarda sifatida shuhrat topdi. «Temur tuzuklari»da qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san’ati haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, uning jang oldidan safga tizilishi va qo‘shinlarning joylashtirilishi haqidagi ma’lumotlar nihoyatda qimmatlidir.
Sohibqiron 3 yillik, 5 yillik va 7 yillik harbiy yurishlari bilan tarixda o‘ziga xos nom qozondi. Amir Temur zabt etilgan hudud yoki saltanatda zudlik bilan tartib-intizom, adolat va barqarorlikni o‘rnatishga harakat qilgan, aholi holidan xabar olib, etim-esirlarning boshini silagan, olimlar, tarixchilarning hurmatini joyiga qo‘yib, ularga shart-sharoit yaratib bergan. Uzluksiz urushlar davrida ham obodonchilikka katta e’tibor berganini ko‘plab tarixiy manbalar tasdiqlaydi.
U do‘st-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qildi. G‘anim sipohidan biror odam o‘z valine’matiga sidqidildan xizmat qilib, urush kunlarida unga qarshi qilich ko‘targan bo‘lsa ham, unday odamga nisbatan lutf-marhamatlar ko‘rsatdi. Qoshiga panoh istab kelganda, uni qadrladi.
Amir Temur buyuk sarkarda sifatida, eng avvalo, o‘z armiyasining intizomiga nihoyatda e’tibor bergan. Zero, intizomsiz qo‘shinning g‘alabasiga ishonib bo‘lmasligi, tartib-intizom, jangovar ruhiyatning ahamiyati nechog‘li muhimligini to‘g‘ri anglagan. Uning boy merosi bo‘lgan «Temur tuzuklari»da o‘qiymiz: «...men bilan ittifoqi buzilgan toifadagi boshqa amirlarni ham birma-bir xoli joyga chorlab, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Bulardan mol-dunyoga hirs qo‘ygan ochko‘z va tamagirlariga mol-ashyo va’da qildim, mansab-martabaga, mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lga kiritgan mamlakatlar, viloyatlardan birining hokimligini berdim». Bundan tashqari, sipohiylarni ham oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlab, shirin so‘z, ochiq yuz bilan ularning ishonchini qozonganini, bir xizmatini o‘n barobar qilib taqdirlab, dillarini xushnud aylaganini ta’kidlaydi. Zotan, lashkarlardan ko‘ngli tinchigan Temur har qanday jangga ildam va ishonch bilan kirisha olgan. «Temur tuzuklari»ni jangu jadal, urush maydoniga kirish va chiqish, qo‘shinni saflash, g‘anim lashkarlarini sindirish tuzuklari sifatida o‘ziga xos harbiy nizom deb qarash joizdir.
Amir Temur lashkarlarining kam yoki ko‘pligiga qarab, uning tuzilmasini doim takomillashtirib, jang san’atining yangi tamoyillarini ishlab chiqishni hech qachon kechiktirmaslikni yodda tutgan va buni barcha janglarining muvaffaqiyati deb bilgan. Jang san’atining markazida lashkarlarning intizomi, ruhiy tetikligi, qurol-aslahani ishlatish mahorati va qiyin vaziyatlarda o‘ta tezlik bilan tadbirlarni qo‘llay olish, lashkarboshilarga nisbatan ishonch hamda mustaqil qarorlar qabul qilishga izn berish taktikasini ham keng qo‘llagan.
Sohibqiron lashkarlarning ko‘pligi yoki qurol-aslahasining mukammalligi, yordam kuchlarining hozirligi bilan bir vaqtda, janggohning geografik muhiti, relefi va iqlimiga ham katta e’tibor bergan. Temurning jang san’ati doimo o‘zgaruvchan va mukammal bo‘lganligidan g‘animning bir to‘xtamga kela olmasligi, uning taktikasini tezda ilg‘ab ololmasligi ham dushmanning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan.
Tuzuklarda ko‘rsatilishicha, o‘n ikki ming otliq askarni to‘qqiz qismga bo‘lish ushbu tartibda amalga oshirilgan: qo‘lda bir favj, barong‘orda uch favj, javong‘orda uch favj, hirovulda bir favj va qorovulda bir favj turgan.
Amir ul-umaro urush maydonini tanlashda to‘rt narsani nazarda tutishini tayinlagan. Birinchisi –u erning suvga uzoq-yaqinligi, ikkinchisi –askar saqlaydigan erning xavfsizligi, uchinchisi – g‘anim lashkari turgan erdan teparoqqa joylashishi va oftobga ro‘baro‘ bo‘lmasligi, toki quyosh shu’lasi sipohiylar ko‘zini qamashtirmasin, to‘rtinchisi – urush maydoni oldi ochiq, keng joy bo‘lishi lozim.
Sohibqiron shunday o‘git beradi:
«Sardor lashkar nazoratchisi bilan birga, dushman sipohining oz-ko‘p­ligini mulohaza etsinlar, sarkardalarini g‘anim lashkarboshilari bilan solishtirsinlar. SHunga qarab, o‘z sipohlarining kamu ko‘stlarini to‘g‘rilab, jangga hozirlansinlar. YAna o‘z sipohining qurol-aslahalarini dushmanniki bilan taqqoslasinlar. G‘animning urush olib borish yo‘llarini shoshmasdan, bir zayldami yoki shiddat bilanmi, jangga kirishishini kuzatsinlar. YAna g‘animning jang qilish tartibini chamalab ko‘rsinlarki, ular bor askari bilan bir yo‘la ot qo‘yib, shiddatkorona hujum qiladimi yoki favj-favj bo‘lib, ketma-ket hamla etadimi? YAna ko‘rsinlarki, g‘anim hamla vaqtida, jang qilib orqaga qaytib, keyin yana hamlaga kirishadimi yoki birinchi hamlasi bilan chegaralanib, oxirigacha savashadimi? G‘anim agar orqasiga qaytmay savash qursa, sipoh uning hamlasidan etgan zarbaga sabr-toqat qilib, oxirigacha turib berishi kerak...
... Ishbilarmon lashkarboshi o‘zini va to‘qqiz sipohiy favjini bir tandek ko‘rib, ularni qo‘l-oyog‘i, boshi, ko‘kragi va boshqa a’zolarini ishlatib kurashuvchi bir pahlavondek hisoblasin. SHundagina, g‘anim sipohi favjlari ustiga ketma-ket urilgan to‘qqizta qilich zarbasidan keyin, to‘qqizinchi zarbada, albatta, engilishiga umid qilsa bo‘ladi...
... SHunday qilib, sardor aqlu tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki shoshqaloqlik shaytonning ishidir. CHorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki undan qutulib bo‘lmaydi».
Darhaqiqat, Amir Temur bir marta ham mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rmagan. Qo‘shin va harbiylar orasida Sohibqironning obro‘-e’tibori kuchli bo‘lgan, armiya juda serharakatchan tarzda faoliyat yurgizib, e’tiborga loyiq tartib-intizom o‘rnatilgan, katta hajmda mukofot puli tarqatish rasm bo‘lgan.
Muntazam qo‘shin saltanatning asosiy poydevori bo‘lganligi uchun ham Amir Temur unga katta e’tibor berdi. U o‘z armiyasini harbiy jihatdan takomillashtirarkan, qo‘shin boshliqlarini tanlash, tarbiyalash, o‘rniga qo‘yish, harbiy qismlarni joylashtirish, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Uning qo‘shini asosan urush paytida to‘planadigan lashkarlardan iborat bo‘lib, tuman, minglik, yuzlik, o‘nliklardan tashkil topgan. Tumanlarda askarlarning soni 10 ming, qo‘shinda 100 ming nafardan ortiq bo‘lgan. Temur o‘n minglik lashkarlarni boshqarish uchun «mirihazor», yuzliklar uchun «qo‘shinboshi», o‘nliklar uchun esa «aylboshi» kabi harbiy unvonlarni ta’sis etgan.
Amir Temur o‘zining ulkan imperiyasini uluslarga bo‘lib idora qildi. Movarounnahrdan boshqa uning tasarrufida bo‘lgan barcha viloyat va mamlakatlar to‘rt ulusga bo‘lindi. Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongirga bir viloyat bilan 12 ming kishilik qo‘shin, ikkinchi o‘g‘li Umarshayxga bir viloyat bilan 10 ming askar, uchinchi o‘g‘li Mironshohga bir viloyat bilan 9 ming kishilik qo‘shin, kenja o‘g‘li SHohruhga bir viloyat bilan 7 ming askar berildi. Lekin uluslar, garchand, markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ma’lum mustaqillikka ega edi. Ulus hukmdorlarining alohida davlat apparati, mustaqil qo‘shini bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlar uyushtirganda o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki oliy hukmdor talab qilganda askar yuborib turishdan iborat edi.
Amir Temur armiyasining tuzilishi o‘zbek davlatchiligi an’analarining davomi bo‘lib, asriy tajribalarga tayangan holda tashkil etilgan. Qo‘shin tuzilishida Amir Temur bir qancha samarali tajriba va nizomlarni yaratdiki, bu ham ulkan mamlakatni barpo etish ishlariga yaqindan yordamlashdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonida, buyuk davlat arbobi va sarkarda sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respub­likaning barcha harbiy akademik litseylariga «Temurbeklar maktabi» nomi berilishi ham bejiz emas.


Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin