Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti r. A. Qosimova, U. S. Do



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə36/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#41726
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti r. A.

2. Istiqbolli rejalashtirish.

Istiqbolli rejalashtirish. Qo’l to’pi o’yinchilarida mahoratining paydo bo’lishi uchun ancha vaqt kerak. Istiqbol rejalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun esa yanada samarali tayyorlanishga, mashg’ulot vositalari, shakl va uslubiyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanishga yordam beradi.

O’quv mashg’ulotini istiqbolli rejalashtirish o’yinchilarning ko’p yillik o’quv-mashg’ulotini ilg’or tajriba, ma’lumotlarni tahlil qilish asosida bir necha yilga mo’ljallangan rejalashtirishni ishlab chiqish, aniq bir muddat davomida o’yinchilar mahoratini oshirish dasturidir. Mashg’ulotlar jarayonining istiqbol rejalari jamoa uchun ham, bir o’yinchi uchun ham tuziladi. Jamoa uchun umumiy istiqbol reja, alohida bir o’yinchi uchun shaxsiy reja tuziladi. Umumiy rejada butun jamoa uchun istiqbollar belgilanadi. Qo’l to’pi bo’yicha barcha o’yinchilarga ta’lluqli ko’rsatmalar beriladi. Shaxsiy istiqbolli reja umumiy rejadagi ko’rsatmalar har bir o’yinchiga moslashtirilib aniqlashtiriladi.

Qo’l to’pi bo’yicha eng yirik musobaqalar (Jahon birinchiligi, Chempionatlar, Olimpiya o’yinlari)ning muddatini hisobga olib qo’l to’pi o’yinlarini mashg’ulot jarayonining umumiy istiqbol rejasini 4 yillik qilib tuzish mumkin.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin