Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Avtoritar uslubdagi munosabatlarda



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə49/76
tarix05.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#135743
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Avtoritar uslubdagi munosabatlarda ota-onalar o’zlarining shaxsiy his-tuyg’ulari bilan yashashga intiladilar. Farzand garbiyasida asabiy, qo’pol tanbehlar, tarbiyaviy ishlarni olib borishda me’yoriy chegaralarning yo’qligi, boladagi mavjud kamchilikni katta fojea sifatida qabul qilish asosida qo’ni-qo’shnilardan bolani bekitishga urinish, imkon qadar mutaxassislarga ham murojaat qilmaslik bilan xarakterlanadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishida avtoritar uslubdagi munosabatlar juda katta salbiy ta’sir etadi. Imkoniyatlarini yanada chegaralaydi, ikkilamchi nuqsonlarning chukurlashib ketishiga, ijtimoiy jamiyaga moslashuvining kiyinlashuvita va boshqa ko’plab salbiy oqibatlarga olib keladi.
Nevrotik holatdagi munsabatlar bolani tashqi muhit muammolaridan himoya qilish, doimo xavotirli kayfiyat, bolaga haddan tashqari ortiqcha g’amxo’rlik qilish bilan xarakteralanadi. oladagi nuqsonni bartaraf etishga umidsizlik bilan qaraydilar, ishonchsizlik hosil qiladilar. Bunday holatdagi munosabaglar imkoniyati cheklangan bolalarning o’z-o’ziga xizmat qilnsh malakalarining shakllanmasligiga yoki juda kech shakllppishigi,ijtimoiy hayotga moslashuvining qiyinlashuviga, boqimandalik kayfiyatida voyaga yetishiga olib keladi. Bunday holatdagi munosabatlar imkoniyati cheklangan bolalar kelajak hayotiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi.
Psixosomatnk holatdagi munosabatlarda bolaga har ikkalanevrotik va avtoritar uslubda munosabat ko’rsatiladi. Ya’ni, ota-ona nogiron bolaga ham haddan tashqari g’amxo’rlik qiladi ham bolaning imkoniyatlarini chegaralaydi. Bunday munosabat bolaning boshqalarga qaramligini ortishiga, ijtimoiy jamiyat haqidagi tasavvurlarining yanada torayib borishiga, nuqsonlarining chuqurlashib ketishiga olib keladi.
Me’yordagi ijobiy munosabatda ota-ona nogiron farzandiga avvalo shaxs sifatida qaraydi. Uning kamchiligidan uyalishi, qo’rqish, hadiksirash hissida yashamaydi. Mutaxassislar bilan doimiy hamkorlik o’rnatishda intiladi. Mutaxassislar maslahatlari va ko’rsatmalariga amal qiladilar. Farzandining kelajagiga ishonch bilan qaraydi. Bunday holatdaga munosabat asosida boladagi mavjud nuqsonni erta aniqlash, samarali korreksiyalash va ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish imkoniyatlarini paydo qiladi. Bolaning o’z-o’ziga xizmat qilish malakalari yuqori darajada rivojlanadi, ijtimoiy hayotga erta va imkon qadar to’laqonli moslashadilar.
Bundan tashqari imkoniyati cheklangan bola tarbiyalanayotgan oila ko’p hollarda psixotravmatik holatda bo’lishi kuzatiladi.
Ayrim ota-onalar maslahatchi-mutaxassislarga nisbatan ishonchsizlik bilan munosabatda bo’lib, turli xil ilmiy va tibbiy markazlarga murojaat etib, qo’yilgan tashxisni qabul qilsalarda, bolaning rivojlanish imkoniyatlariga yuqori talabda ishonch bilan qaraydilar.
Ko’pchilik ota-onalar farzandlarining umumta’lim maktablariga qatnagunlaricha mavjud nuqsonlarini anglamaydilar yoki e’tibor bermaydilar. Bola maktabga chiqib o’zlashtirishida tengdoshlaridan orqada qola boshlagachgina muammoning asl sababi ustida bosh qotiradilar. Tabiiyki, ushbu bolaga maktabgacha yoshida maxsus korreksion yordam ko’rsatilmagan. Natijada bolaning imkoniyatlari yanada chegaralanadi, korreksion ishning samaradorligi pasayib ketishiga olib keladi.
Imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, bu munosabatlardagi mavjud kamiliklarni tuzatish va oldini olish, mutaxassis va oila hamkorligini yo’lga qo’yish, ota-onalarning nogiron bola va uning o’ziga xos xususiyatlari, oilada olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar mazmuni haqidagi bilimlarini oshirish, oilalardagi psixologik muhitni yaxshilash, bolaga me’yordagi ijobiy munosabat turida qarashga o’rgatish imkoniyati cheklangan bolalarning kamchiliklarini samarali korreksiyalashga, bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishga, kasb-hunar o’rgatishga, sog’lom tengdoshlariga tenglashtirishga, ijtimoiy jamiyatga samarali moyelashtirishga umumiy qilib aytganda inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirishga yuqori darajada ijobiy ta’sir etadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o’qitish, ularning o’ziga xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborga olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta’kiddash joizki, o’quvchilarning yoshlari bir xil bo’lsada, lekin ular bir birlariga uxshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik, shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. 111u bois maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab yetadi. Inklyuziv sinfda o’qituvchi bolalarning imkoniyatini ttiborga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning samarali yo’llaridan foydalansa maktab va oila hamkorligini to’la yo’lga qo’ya olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoning muvaffaqiyatli kechishiga )rishish mumkin.
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir. "Umumta’lim" va "Maxsus ta’lim" o’rtasidagi to’siklar olib ichshlanishi kerak. Maxsus ta’lim umumiy ta’limning bir qismi
bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi "Inklyuziv maktab"da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi.
Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarishi mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo’lishi uchun islohotlar atroflicha muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilari hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Yusorida keltirilgan ma’lumotlar o’situvchidan imkoniyati cheklangan bolalarga oiladagi ota-ona munosabatlarini, bu munosabatlarning ta’siri natijasida bola xulsidagi o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy munosabatlarni, ota-onalar bilan mustahkam hamkorlik silishning hamda ota-onalar bilan ishlashning ahamiyatini angash imkonini beradi. Jamiyatimizda shunday oilalar borki ota-onaning bolaga bo’lgan munosaba ta’sirida bola hulsida murakkab ziddiyatlar yuzaga keladi. Bu holatlar aynissa imkoniyati cheklangan farzandlari bor oilalarda yanada yassolrok ko’zga tashlanadi. Shuning uchun ham maktab va oila hamkorligini to’lis yo’lga so’yish inklyuziv ta’limning zaruriy sharti hisoblanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin