a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word
Individual ish usulining maqsadi shaxsiy va oilaviy darajada (shaxsning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uning doirasidagi muhitdagi mojaroli vaziyatlarni hal etish) ijtimoiy davolash hisoblanadi. Individual ijtimoiy ish usuli ayniqsa istiqbollarni aniqlash, voqelikka moslashish, stresslarni engish, kommunikativ bilimlarni qo‘llash, o‘zlikni anglashda oqlangan.
Guruhiy ijtimoiy usulning maqsadi mijozga uning jismoniy va ma’naviy kuchlarini rivojlantirish uchun guruhiy tajriba o‘tkazish, ijtimoiy fe’l-atvorni shakllantirish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bu maqsadni yoxud umumiy ahamiyatga ega maqsadlarga erishishda guruh a’zolarining ijtimoiy faolligi va guruhiy faoliyatni tashkil etish, yoxud tezkor muloqotda o‘z-o‘zini anglash va individual tajriba sohasini kengaytirish, yoxud guruhni mahsuldor ijodiy faoliyatga kiritish hisobiga amalga oshirishga erishish mumkin.
Turli tasnifdagi (yosh, jins, manfaatlar bo‘yicha) guruh bilan ijtimoiy ish. Guruhiy ijtimoiy ish usulini amalga oshirish guruhning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Ijtimoiy ish amaliyotida turli guruhlar farqlanadi. Masalan, ijtimoiy-madaniy guruhlar toifasini bilimlarni tiklash, tashkiliy guruhlar, o‘z-o‘ziga yordam guruhlari tashkil etadi. Bundan tashqari, davolash guruhlari mavjud bo‘lib, ularning faoliyati turli muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.
Jamoaviy ijtimoiy ish usuli Ijtimoiy xizmat lar yoki ijtimoiy xodimning turli jamoatchilik guruhlari vakillari va mahalliy, mintaqaviy yoki umumdavlat darajasidagi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatga asoslangan. Jamoada, turar joydagi ish Ijtimoiy xizmat lar tarmog‘i, mahallada qulay ijtimoiy-ruhiy iqlim yaratish, jamoaviy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro yordam guruhlarini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Jamoaviy ijtimoiy ishning ustuvor vazifalari mahalliy jamoada ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, aholining ijtimoiy farovonligini oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad – umumiy rivojlanishni faollashtirish va uning hayotiy faoliyat modelini yaxshilaga erishishga qaratilgan.