Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 418,97 Kb.
səhifə51/92
tarix12.06.2023
ölçüsü418,97 Kb.
#128977
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
a1bc0f9914e02e976d8aa0909664216a ижтимоий хизматMicrosoft Office Word

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
(2 soat)

Ish jarayoni vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min.)

1.1. O‘quv mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi.

Mavzu nomini yozib oladi.

1.2. Tinglovchiga mavzu bo‘yicha tarqatma materiallarni tarqatadi.

Tinglaydi.

1.3.Mavzu bo‘yicha maruza mashg‘ulotlarining tayanch iboralarini va ma’ruza rejasiga izoh beradi

Tinglaydi, yozib oladi.

1.4. Doskaga tinglovchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi.

Tinglaydi, tushunchalarni sanab beradi va savollar beradi.

2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Mavzu rejasining 1-savoli bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tushunchaning mohiyati shakllantiriladi va tahlil qilinadi.

Tinglaydi.

2.2. Ma’ruza rejasining 1-4 savollari bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolni nihoyasida umumlashtirib boradi. Mavzuni yoritish davomida faollashtiruvchi savollar beradi. Savollarga berilgan javoblar tinglanadi, umumlashtiriladi, keltirilgan misollar tavsiflanadi, savol xulosalanadi.
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Har bir savol yakunida xulosalanadi.

Tinglaydi, yozib oladi, fikr bildiradi, savol beradi.

3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)

3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qilinadi.

Tinglaydi.

3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.

O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.

3.3. Mavzu buyicha mustakil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

Topshiriklarni yozib oladi.

3.4. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuni rejasi bilan tanishtiradi. Tayyorlanib kelish uchun topshiriqlar va tavsiyalar beradi.

YOzib oladi.

4. MAVZU: SOTSIAL XIZMATNING TEXNOLOGIYA VA USULLARI
REJA:



    1. Sotsial xizmatning metodlari

    2. Ilmiy tadqiqot usullari

    3. O‘zgartirish, umummantiqiy, umumilmiy, tarixiy usullar va ularning tasnifi

    4. Sotsiologik, psixologik, matematik statistika usullari

“Ijtimoiy fanlar kam rivojlangani sababli insoniyat hozirgacha ijtimoiy falokatlar bilan kurashishda ojiz va energiyaning barcha turlari orasida oliysi bo‘lgan ijtimoiy-psixologik quvvatdan foydalana bilmaydi. Biz tentakni aqlli qilish, jinoyatchini halol qilish, lapashangni irodali mavjudotga aylantirish qobiliyatiga ega emasmiz. Ko‘pincha biz “yaxshilik” qaerda-yu, “yomonlik” qaerda ekanini bilmaymiz, bilgan taqdirimizda esa nafsga qarshi kurasha olmaymiz. Biologik tibbiyot mukammallikdan uzoq bo‘lsa, “ijtimoiy-psixologik” tibbiyot hali zarodishda ham vujudga kelmagan. SHuning uchun ijtimoiy falokatlarga qarshi kurash insoniyat ahmoqligi tarixining yorqin ifodasidir. Jinoyatchilarni biz dor va qamoqxona yordamida to‘g‘ri yo‘lga solamiz, ruhiy bemorlarni sog‘lom odamni ham ahmoqqa aylantirib qo‘yadigan jinnixona yordamida davolaymiz; ijtimoiy to‘lqinlanishlarni pulemyotlar va qamal qilish bilan, tentaklikni esa sinf xonasida ko‘p yillik ahmoqlashtirish yordamida, ochlarning ehtiyojini o‘lim yordamida, buzuqlikni fohishaxonalar yordamida davolaymiz”. . .
P. Sorokin
Metodlar - maqsadga erishish yo‘lida qo‘llaniladigan amallar va operatsiyalar yig‘indisidir. Ijtimoiy ishda esa ular biror-bir maqsadga erishish muayyan (ilmiy-tadqiqot yoki amaliy) masalani hal qilish usulidir.
Ilmiy tadqiqot usullari olimlar aniq ma’lumotlar olish uchun qo‘llaydigan amallar va vositalar yig‘indisi bo‘lib. ulardan ilmiy nazariyalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish uchun foydalanadilar.
O‘zgartirish usullari, aniqrog‘i ijtimoiy voqelikni o‘zgartirish usullari, bu – Ijtimoiy xizmat chining mijozga yoki ijtimoiy muhitga muayyan vazifalarni hal qilish maqsadida ta’sir o‘tkazish usulidir.
Fanning kuchi ko‘p jihatdan voqelikni tadqiq qilish va o‘zgartirish usullarining mukammalligi, ishonchliligi, ilmning mazkur sohasi boshqa fanlar usullarida paydo bo‘layotgan eng yangi, ilg‘or metodlardan qanchalik tez va samarali foydalana olishiga bog‘liq.
Ilmiy tadqiqot usullarini tasnif qilishning turli asoslari bor. Masalan, axborot to‘plash va uni qayta ishlash usullari; empirik tadqiqot usullari va nazariy modellashtirish usullari; umumilmiy usullar va aniq fanlarning o‘ziga xos usullari to‘g‘risida gap yuritish mumkin.
Ba’zi usullar ko‘pincha muayyan fanlarga tegishli bo‘ladi. Masalan, sotsiometriya, guruh bahsi, ichkaridan kuzatish asosan ijtimoiy-psixologik tadqiqot usuli hisoblanadi.
Ijtimoiy ishda ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatlari majmuidan foydalaniladi. Quyidagi kichik guruhlarni ko‘rsatish mumkin:

  • Umummantiqiy usullar: analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, loyihalash.

  • Umumilmiy usullar: adabiy manbalarni tahlil qilish; nazariy tahlil va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar sintezi; kuzatish (tabiiy sharoitlarda kuzatish, murakkab vaziyatlarni modellashtirishda kuzatish, testdan o‘tkazish jarayonida kuzatish, qo‘shma tadbirlar jarayonida kuzatish va h.k.); tajribani o‘rganish va umumlashtirish; eksperiment; ekspert baholari usuli.

  • Tarixiy usullar: qiyosiy-tarixiy usul (tarixiy jarayonlar qonuniyatlarini, takrorlanib turishini aniqlash uchun qo‘llanadigan), genetik usul (o‘rganilayotgan hodisaning kelib chiqishi, sabablari va bosqichlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi), tuzilmaviy usul (tizimning alohida tarkibiy qismlar bilan bog‘lanishini aniqlash uchun qo‘lllaniladi) va boshqalar.

  • Sotsiologik usullar: anketa so‘rovi va intervyu; sotsiometriya; monitoring (o‘zgarishlar nuqtai nazaridan vujudga keladigan ijtimoiy vaziyatlarni muttasil kuzatish, bu o‘zgarishlar istiqbolini prognozlash).

  • Psixologik usullar (blank va apparatura testlari) (individual va guruh) testlari.

  • Matematik statistika usullari.

SHunday qilib, tadqiqot manbai bo‘lib hujjatlar, kitoblar, jurnallar, gazetalar; mijozlar, ijtimoiy, ilmiy xizmatchilar, o‘qituvchilar, oilalar va h.k.; texnik-axborot tizimlari ━ radio, televidenie, kompyuter tarmoqlari; muassasa an’analari, Ijtimoiy xizmat chi ish tajribasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Agar o‘zgartirish metodlarini tasnif qilishga asos qilib shaxs yoki ijtimoiy birlik xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazish ko‘rsatkichlarini oladigan bo‘lsak, ularning uch guruhini ajratish mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-buyruq va psixologik-pedagogik usullar.
Ijtimoiy-iqtisodiy usullar o‘z tarkibida ijtimoiy soha mutaxassislari mijozlarning moddiy va ma’naviy, milliy, oilaviy va boshqa manfaat va ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadigan barcha usullarni birlashtiradi. Ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlar va manfaatlarga ta’sir o‘tkazish metodlari natura yoki pul bilan yordam berish shaklida; imtiyozlar berish, bir marta beriladigan yordamlar va kompensatsiyalar shaklida; patronaj va maishiy xizmatlar ko‘rsatish shaklida; ma’naviy rag‘batlantirish, sanksiyalar va boshqalar shaklida qo‘llaniladi.
Tashkiliy-buyruq metodlari anglangan ijtimoiy va mehnat intizomi, burch va mas’uliyat singari motivlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ularning o‘ziga xos xususiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishdir, chunki ular avvalo chegaralovchi, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Usullarning bu guruhida tashkiliy va buyruq metodlari orasidagi ba’zi farqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tashkiliy metodlar Ijtimoiy xizmat organlarining turli bo‘g‘inlarida huquqlar, vakolatlar, majburiyatlarni mustahkamlab qo‘yar ekan, Ijtimoiy xizmat vazifalarini bajarishga “oldindan” boshqaruv ta’siri o‘tkazadi. Buyruq usullari vazifalarni tezkor bajarish, kuch va vositalarni qayta taqsimlash, yo‘l-yo‘lakay vujudga keladigan vazifalarni hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. Tashkiliy usullar bilan uzviy bog‘liq bo‘lar ekan, ular ijtimoiy ishning boshqarish organlari tizimiga tezkorlik va g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Asosiy tashkiliy-buyruq usullari quyidagilar: reglamentlash, me’yorlash va yo‘riq berish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, talab qilish, tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, nazorat qilish, ijroni tekshirish va boshqa metodlar.
Reglamentlash ijro uchun majburiy bo‘lgan tashkiliy qoidalar (buyruqlar, namunaviy nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari, shtat jadvali va boshqalar)ni ishlab chiqish va amalga kiritishdan iborat.
Me’yorlashtirish esa Ijtimoiy xizmat chi faoliyatida mo‘ljal vazifasini bajaradigan me’yorlar (xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar miqdorining me’yori, xizmat ko‘rsatish vaqtining me’yori va boshqalar)ni belgilashdan iborat.
Yo‘riqnomalar berish vaziyatni, vazifalarni, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni mijozning noto‘g‘ri hatti-harakatlari oqibatlarini tushuntirishda, ehtimoliy xatoliklardan ogohlantirish, hatti-harakatlar to‘g‘risida maslahatlar berish va boshqalardan iborat. Ijtimoiy ishda yo‘riqnomalar berish, odatda, mijozga uning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan maslahatlar, axborot va uslubiy ko‘mak shaklida bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik metodlar mijozga uning o‘zini-o‘zi his qilishi va xulq-atvorini boshqarish murvatlariga ta’sir o‘tkazish orqali bavosita ta’sir qilishi bilan xarakterlanadi.
SHaxsiy xulq-atvori ko‘p jihatdan ijtimoiy-psixologik hodisalar: jamoatchilik, guruh fikri, kayfiyatlari, didi, istaklari, mayllari, moda va boshqalar bilan belgilanadi. Muloqot mahsuli sifatida vujudga kelgan ijtimoiy-psixologik hodisalar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladi va odamlarning xulq-atvori, hatti-harakatlariga tartiblashtiruvchi ta’sir o‘tkazadi.
SHaxs (guruhlar) ma’naviy-axloqiy holatiga va xulq-atvoriga pedagogik ta’sir o‘tkazish murvati odam ongiga muayyan ijtimoiy vaziyat va shart-sharoitlardagi xulq-atvor tamoyillari va me’yorlarini, barqaror qarashlarini shakllantirish manfaatlari yo‘lida maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishni nazarda tutadi.
Psixologik-pedagogik metodlar jumlasiga ishontirish (ijtimoiy ish amaliyotida turli shakllarda, avvalo, tushuntirish, maslahat, dalillangan tavsif, mijozga ijobiy namuna va faol hayotiy faoliyatda ibrat shaklida namoyon bo‘ladi), sotsiologik tadqiqotlar, kuzatish, ijtimoiy-psixologik tashxis, uqtirish, ma’lumot berish, mehnat va turmush sharoitini insoniylashtirish, mehnatga jalb etish va ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar yaratish, urf-odatlar, an’analar va boshqalardan foydalanish kabilar kiradi. Bu guruhdan mijozlar faoliyati natijasini o‘rganish, ijtimoiy terapiya (individual terapiya, guruh terapiyasi, mehnat terapiyasi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash terapiyasi, munozara terapiyasi, psixoterapiya, oilaviy terapiya, o‘yin terapiyasi, sotsiodrama, psixodrama va boshqalar) tazarru usulini ko‘rib chiqamiz.
Mijozlar faoliyati natijalarini o‘rganish (“tarjimai hol usuli”) keng ma’noda harakatlar natijasini, kiritilgan o‘zgarishlarni hayot mavqeidagi, qadriyatlar tizimidagi real siljishlarni o‘rganishdan iboratdir. Tor ma’noda esa, mijozlar faoliyati natijasini o‘rganish muassasa rahbarlari rejalari va hisobotlarini, kundaliklarni, jurnallar va boshqa hujjatlarni; faoliyat mahsulotlarini (natijalarini): insholar, texnik ishlanmalar, qo‘lbola o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar, kino- va videofilmlar, mikro- foto- kserokopiyalar (bosma, grafik, qo‘lyozma materiallar); masalaning tarixi va nazariyasi bo‘yicha ma’lumot kataloglari; mavzuli kartotekalar; magnit tasmasiga yozib olingan suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar (ular qayta tinglab tahlil qilish uchun qulay); mashinka matniga ko‘chirilgan qog‘oz yozuvlari; fotosuratlardan iborat. Bularning bari belgilangan vazifalarni bajarish, erishilgan natijalar to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
Ijtimoiy terapiya (terapiya (yunoncha) - g‘amxo‘rlik, qarov, davolash) – shaxsga yoki shaxslar guruhiga hissiyotlar, impulslar, fikrlar, munosabatlarni tartibga solish masalasida muntazam, maqsadga yo‘naltirilgan yordam berish uchun bajariladigan tadbirlar (I. G. Zaynishev).
Terapiya quyidagi funksiyalarni bajaradi: davolash (mijozga uning muammolarini echishda tibbiyot xizmatchilari bilan birgalikda yordam ko‘rsatish); ijtimoiy taraqqiyot (mijozni faol guruh faoliyatiga qo‘shish, mijozning ijtimoiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi “birgalikdagi rivojlanish” jarayonini tashkil qilish); manfaatlarini himoya qilish (huquqlari cheklanayotganlar yoki jamiyatdagi ijtimoiy zaif mavqeli odamlar ehtiyojlarini tushuntirish). SHunday qilib, ijtimoiy terapiya “ijtimoiy muolaja” metodi sifatida; ta’lim va kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq ta’sir o‘tkazish metodi sifatida; ijtimoiy nazorat quroli sifatida; muloqot vositasi funksiyalari sifatida ko‘rilishi mumkin..
Ijtimoiy terapiyaning vazifalari: xulq-atvorni tuzatish, korreksiya qilish; disfunksiyalarning oldini olish; me’yordagi taraqqqiyotni ta’minlash; shaxsning o‘zini namoyon qilishiga ko‘maklashish.
Individual terapiya muammolari konfidensial tarzda hal qilinishi lozim bo‘lgan (zo‘rlashlar, oilaviy kelishmovchiliklar va h.k.) mijozlarga, ya’ni guruh terapiyasida ishtirok etishni istamaydiganlarga nisbatan qo‘llanadi. Odatda, bir necha individual mashg‘ulotdan keyin mijoz jamoa terapiyasiga o‘tkaziladi, chunki bu usul ancha samaraliroqdir.
Guruh terapiyasi ━ odamlarning emotsional buzilishlar yoki ijtimoiy noqulayliklarni bartaraf etishida ko‘maklashish uchun (Ijtimoiy xizmat chi yoki professional terapevt boshchiligida) guruhdan foydalanishni anglatadi. Odatda, har bir guruh 6-8 kishidan iborat bo‘ladi, mashg‘ulotlar davomiyligi esa haftasiga 90 minut. Quyidagi guruhlar tashkil etiladi: o‘quv (bilim olish, o‘z fikrini ifodalash, shaxsiy muammolarini muhokama qilish); hamkorlikdagi faoliyat (umumiy bir ish: sport bilan, teatrga borib muhokamalar o‘tkazish va boshqalar) bilan shug‘ullanish; ota-onalar; erkaklar va ayollar. Psixoterapevtik muolajaga quyidagilar kiradi: relaksatsiya, pantomimik sahnalar, “konstruktiv munozara”, rolli vaziyatlarni o‘ynash, biografiyani so‘zlab berish, anonim kasallik tarixini muhokama qilish, ko‘rgan tushlari, xayollari va tasavvurlarini bayon qilish va boshqalar.
Oilaviy terapiya Ijtimoiy xizmat chining bir butunlik hisoblanadigan oila a’zolari guruhi bilan olib boradigan faoliyat. Mutaxassis oila a’zolarining rollari, o‘zaro majburiyatlarini yoritishga, ularni yumshoqroq xulq-atvorga rag‘batlantirishga harakat qiladi. Bunda oila tarixi emas, balki guruh a’zolarining verbal va noverbal hatti-harakatlaridan foydalaniladi.
Mehnat terapiyasi insonning psixofiziologik sohasiga -mehnatning tetiklashtiruvchi va faollashtiruvchi ta’siriga asoslanadi. U odamlar orasidagi munosabatlarni engillashtirib, o‘rtadagi xavotir va taranglikni, og‘riqli tuyg‘ularni engillatib, birgalikdagi mehnatni tashkil qilish imkonini beradi.
O‘zini-o‘zi tarbiyalash terapiyasi o‘zini o‘rganishni, o‘ziga baho berishni; o‘z shaxsiyatini qayta baholashni; o‘zini tahlil qilish, o‘tmishni qayta baholash, individual “psixologik to‘siqlar”ni aniqlashni; “MEN”ning yoqimli timsolini yaratish; o‘zini ishontirish, o‘zini rag‘batlantirish va o‘ziga uqtirish usullaridan foydalanish; faoliyat va muloqot vaziyatlari; kundalik hayot va faoliyatda erishilgan natijalardan foydalanishni qamrab oladi.
Munozarali terapiya guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishishi; mijozlar kutayotgan narsalar va ularning xavotirlarini muhokama qilish; guruhdagi mijozlar kutayotgan narsalar va guruhdagi voqelik o‘rtasida mavjud nomutanosiblik tufayli vujudga kelgan taranglikni muhokama qilish; guruh rahbariga nisbatan qarshilikning kuchayib borishi; bu qarshilikning o‘tmishdagi hayot tajribasi bilan bog‘liqligi, guruh rahbariga munosabat bilan bog‘liq, mustaqillik, mas’uliyat va faollik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ochish; echish lozim bo‘lgan muammoga mos munosabatni shakllantirish, guruh faoliyatida faol ishtirok etish motivatsiyasini, guruh an’analari va me’yorlariga moslikni shakllantirish; guruh ichidagi munosabatlar tadrijini tahlil qilish, uni har bir qatnashchi muammolarini echish bilan bog‘lash; munosabatlarni korreksiyalash, nutqlarni mustahkamlash; terapiya natijalarini muhokama qilish, yakun yasash; refleksiya.
Sotsiodrama jamoa, guruh terapiyasi usuli. Uning mohiyati shundaki, ijtimoiy guruhlar muammolari va guruhlar o‘rtasidagi turlicha nizoli munosabatlar stixiyali tarzda tashkil etilgan sahnalarda muhokama taqdim etiladi. Buning natijasida, bir-birlarining muammolarini ochiq muhokama qilish, surishtirish va mavjud ijtimoiy-madaniy tafovutlarni dramatik yo‘l bilan tasvirlash natijasida bir-birlarini tushunishga erishiladi.
Psixodrama - guruh terapiyasida qo‘llanadigan texnika bo‘lib, unda odam turli rollarni, masalan, o‘zining turli stress vaziyatlardagi holatini tasvirlashi yoki o‘ziga muqobil rollarni ijro etishi mumkin. Bu esa unga o‘z his-tuyg‘ulariga ta’sir etish, xavotirlik holatini bartaraf qilish, turli vaziyatlarda o‘zini to‘laroq qo‘lga olish, muammoga boshqa kishi nuqtai nazaridan qarashga imkon beradi.
O‘yin terapiyasi muloqotni engillatish uchun qo‘llanadigan psixoterapiya shakli. Ishtirokchilar verballashtirish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan turli vaziyatlar va nizolarni tasvirlash uchun o‘yinchoqlardan foydalanadilar. O‘yin terapiyasi ko‘pincha bolalarga nisbatan qo‘llanadi, biroq ba’zi sharoitlarda kattalar bilan ishlaganda ham u yaxshi natijalar beradi.
Tazarru metodi psixoterapiya shakli bo‘lib, u ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqalardagi qiyinchiliklarni, ruhiy stresslarni bartaraf qilish maqsadida qo‘llanadi. Bu usul Ijtimoiy xizmat chining mijoz bilan “yakkama-yakka” muloqot qilishini taqozo etadi. Ko‘pchilik dinlarda ko‘p asrlardan buyon qo‘llanib kelayotgan ijtimoiy ishning bu usuli o‘zining samaradorligini, jumladan, maxsus ilmiy tadqiqotlar natijasi bilan ham tasdiqlaydi. Ijtimoiy ish usullari tasnifi uchun ta’sir o‘tkazilayotgan odamlar miqdorini asos qilib oladigan bo‘lsak, unda ijtimoiy ishning individual va guruh shakllarini ajratish mumkin.
Individual ijtimoiy ish Ijtimoiy xizmat chilar tomonidan individlarga ularning psixologik, shaxslararo, sotsioiqtisodiy muammolarini ular bilan shaxsan o‘zaro ta’sir orqali echish yo‘li bilan yordam berishga qaratilgan yo‘nalish, qadriyatlar tizimi, amaliyot turidir.
Guruhdagi ijtimoiy ish ijtimoiy ishning shunday shakli va usulidirki, bir-birlariga manfaatlari yaqin bo‘lgan va umumiy muammolarga ega odamlarning kichik guruhi muntazam tarzda to‘planib turadi va umumiy maqsadga erishish uchun harakat boshlaydi. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhdagi ijtimoiy ishning maqsadlari emotsional muammolarni echishga qaratilgan bo‘lishi shart emas.
Ijtimoiy ishda faqatgina shu kasb uchun xos bo‘lgan usullardan foydalaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashxis qo‘yish, tanglik vaziyatlariga aralashish, jamoada ish olib borish, ko‘chalarda ish olib borish usullari kiritiladi.
“Ijtimoiy tashxislar” (1917) kitobida Meri Richmond o‘zining ish usuli ─ mijoz shaxsiyatini ham, uning ijtimoiy holatini ham baholashni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tashxis qo‘yishni taqdim qilgan edi. Ijtimoiy ko‘mak uning tomonidan natijasi mijozning o‘zini ham uning ijtimoiy tevarak-atrofini ham o‘zgartirib yuborish bo‘ladigan tadbirlar kombinatsiyasi sifatida ko‘riladi. Ijtimoiy tadbirlarni Meri Richmond bir-birini o‘zaro to‘ldiradigan usullarga bo‘lgan edi: davolashning bavosita usuli va davolashning bevosita usuli. Bavosita usul shaxsning tashqi muhitiga ta’sir etishi, bevosita usul esa mijozning o‘ziga qaror ishlab chiqish uchun faol harakatga undash maqsadida ta’sir o‘tkazishidir.
Hozirgi kunda ijtimoiy tashxislarga (I. G. Zaynishevga ko‘ra) quyidagilar kiritiladi:
━ zondaj qilish - axborot tekshiruvi: infratuzilma, mahalliy aholi soni, tarkibi va tadriji to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va boshqalar;
━ ijtimoiy-tarixiy tekshiruv: mazkur hududning o‘zlashtirilishi va unda odamlar yashay boshlashi tarixini, mahalliy aholi tarkibi o‘zgarishini, uning mashg‘ulotlari va an’analarini o‘rganish;
turli hujjatlar, mahalliy va markaziy matbuotdan olingan maqolalar, elektron axborot vositalaridan, fuqarolarning xatlari va shikoyatlaridan olingan materiallarning maqsadli-axborot tahlili;
ijtimoiy kartografiyalash: aholi orasida tug‘ilish va o‘lim tadriji va ijtimoiy makondagi tarqalishi hayot sifatining turli tabiiy va ijtimoiy omillarga qanchalik bog‘liqligini tahlil qilish.

Ижтимоий ташхис º¢йиш усулидан фойдаланган ҳолда жойнинг ижтимоий харитасини тузинг. Фуºаролар интенсив келиб-кетадиган, фойдаланилмайдиган, ифлосланган, ижтимоий тарангликлар бор, криминоген, ижтимоий муҳим ҳудудларни аниºланг.

Ijtimoiy taranglik vaziyatlariga aralashuv usuli (bu usuldan birinchi marta AQSHda 1874 yilda, CHerkov oilada shafqatsiz munosabatga uchragan qizchaning taqdiriga aralashganda foydalanilgan bo‘lib, butun mamlakat bo‘yicha bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish jamiyatlari tuzila boshlagan edi.) ━ o‘tish davri tufayli yoki hayotdagi turli vaziyatlar sababli keskin tanglik holatida bo‘lgan alohida odamlar oilalar va guruhlar bilan ishlashda qo‘llanadi.


Jamoada ish olib borish usuli an’anaviy metodlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy-siyosiy vositasi sifatida ko‘riladi. Jamoada ish olib borilganda mijoz shaxsiy va ijtimoiy muammolarning o‘zaro uzviy bog‘liqligini anglashiga erishish vazifasi qo‘yiladi. U nizoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan birdamlik harakatlarida faol ishtirok etishi lozim. Bunda qo‘llaniladigan usullar muammoning mohiyati va tipini aniqlash, sababini tahlil qilish, reja va strategiya ishlab chiqish, zarur resurslarni jalb etish, liderlarni aniqlash va ishga tortish, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ularning qiyinchiliklarini engillashtirish maqsadida rivojlantirishdan iborat.
Ko‘chada ish olib borish ijtimoiy ishning “ochiq” usuli bo‘lib, u ko‘chadagi muammolarga yo‘naltirilgan va quyidagi preventiv tadbirlarni qamrab oladi:
nazoratsiz (marginal) yoshlar paydo bo‘lishining oldini olish, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish davomida yig‘ilishi paytida “tasodifan” ular bilan muloqot o‘rnatish yo‘li bilan profilaktika qilish;
ko‘chadagi yoshlar guruhlarining ehtiyojlari va alohida muammolarini aniqlash va ularga tegishli individual yoki guruh yordami ko‘rsatish;
guruhlarning miqdoriy jihatdan o‘sishi oldini olish, ularning parchalanib ketishiga harakat qilish va ular faolligini unchalik agressiv bo‘lmagan ishlarga yo‘naltirish;
ko‘chalardagi guruhlardan alohida qiyin o‘smirlarni Ijtimoiy xizmat chilarning pedagogik otalig‘i ostida bo‘lgan yoshlar guruhlariga jalb etish uchun harakat qilish;
bolalarning ko‘chalardagi guruhlari uchun binolar izlash, ular bilan hordiqning turli shakllari va ekskursiyalarini ularning ijtimoiylashuvi yoki qayta ijtimoiylashuvini tezlashtirish maqsadida o‘tkazish;
giyohvandlar bilan aloqa o‘rnatib, ularni tegishli muassasalarga biriktirib qo‘yish;
o‘smirlarni o‘z tengdoshlariga hamkorlik yordami ko‘rsatishga tortish, ya’ni ular orasidan ijtimoiy pedagog va Ijtimoiy xizmat chilar ko‘ngilli yordamchilarini shakllantirish.
So‘nggi paytlarda og‘ir hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan odamlarni optimal tarzda o‘zgartirish, tartibga solish usullarini ijtimoiy ish texnologiyasi deb atalmoqda (texnologiya yunoncha techne – ko‘nikma, mahorat, logos – ta’limot so‘zlaridan olingan) ijtimoiy ish texnologiyalaridan sohasi bo‘yicha mutaxassislar ijtimoiy soha bo‘yicha professionallarni tayyorlashda ustuvor yo‘nalish sifatida faqatgina uning individual mahorati, san’ati, intuitsiyasi va shaxsiy jozibadorligini emas, nazariy va amaliy tayyorgarligini oldingi planga qo‘yishadi, chunki Ijtimoiy xizmat chi hatti-harakatlarining ko‘pchiligi - texnologik faoliyat bo‘lib, unda ma’lum elementli muayyan tizimlar, operatsiyalar, ko‘rsatkichlar mavjudki ular yangi sharoitda osongina namoyon qilinishi yoki takrorlanishi mumkin.
Ijtimoiy muammolarni echish texnologiyasi (I.G. Zaynishevga ko‘ra) uch asosiy bosqichni bosib o‘tadi:
- nazariy bosqich maqsadli ustanovkani shakllantirish, texnologizatsiyalash predmetini aniqlash, tuzilma tarkibiy elementlarini, mijoz qo‘shilgan sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini aniqlashdan iborat;
- metodik bosqich mijozning holati to‘g‘risidagi axborotni olish yo‘llari va usullari, manbalarini tanlash, shuningdek, uni qayta ishlash va tahlil qilish vositalari va usullarini o‘zgartirish faoliyati uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tanlash;
- protsedura bosqichi amaliy faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqilgan tavsiyalarni tekshirish, taklif qilingan tavsiyalardan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish va harakatlar algoritmini o‘rnatish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy xizmat chi faoliyati maqsad, muayyan algoritm (hatti-harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi)ga, harakatlar andozasi va me’yorlariga, faoliyat natijalarini baholashning ob’ektiv mezonlariga ega bo‘lsa, unda uning ishi texnologiyaga mos ekanligi xususida so‘z yuritish mumkin.
Ijtimoiy ish texnologiyalarini tasnif qilish masalasi ancha munozaralidir. Bunday tasniflardan bir nechtasi mavjud. Misol tariqasida biz V. V. Bogdan va V. N. Ivanovlar tasnifini keltiramiz, unda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
boshqaruv strategiyasini izlash texnologiyasi;
ijtimoiy modellashtirish va prognozlash texnologiyalari;
axborot texnologiyalari;
tadbiq etish texnologiyalari;
innovatsion ta’lim texnologiyalari;
o‘tmish tajriba texnologiyalari.
Ijtimoiy ish texnologiyalari uning amaliy jihatini aks ettiradi, Ijtimoiy xizmat lar va professional kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlaydi. Texnologik jarayonlarning mohiyati, mazmuni va namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklarni o‘zlashtirib olish mutaxassisni kasbiy tayyorlashdagi zaruriy shart va asos hisoblanadi.

Yüklə 418,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin