Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI
O‘qitish shakli – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim olish davomidagi uyushtirilgan o‘zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi o‘qitish shakllari ko‘rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda – dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). Metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko‘rsatkichi bilim olish usuli ko‘rsatilganligi va o‘quvchining o‘zi ishtirok etishga bog‘liqligidir.
Pedagogik adabiyotlarda «o‘qitish metodi» tushunchasini o‘rnini aniqlash borasida hech bir fikr aytilmagan. Masalan, Y.K.Babanskiy shunday deb hisoblaydi: «O‘qitish metodi deb ta’lim masalalarini hal etishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning tartibga solingan va o‘zaro bog‘langan faoliyati usuliga aytiladi». T.A.Ilina o‘qitish metodi deganda «o‘quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish usuli», deb tushunadi.
Didaktika tarixida o‘qitish metodlarini turlicha guruhlarga ajratish yuzaga kelgan – so‘z bilan, amaliy, ko‘rgazmali – bu usullar eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi.
Har qanday usullar va metodik uslublar pedagogika amaliyotida uslublar bilan amalga oshiriladi. Metodik uslublar - o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning alohida harakatlarini ifoda etuvchi u yoki bu usulning elementidir. Metodik uslublarning turli – tumanligi ularni tizimlashtirishni talab etadi. Ular mantiqiy, tashkiliy va texnik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda turli usullarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uslublarga ajratish mumkin.
Barcha uslublarda ham bir xil mantiqiy uslublardan foydalaniladi: belgilarini ajratish, hodisalarni (obyektlarni) o‘xshashligi va farqi bo‘yicha taqqoslash, xulosalar, umumlashtirish va boshqalar. Bu holat o‘quvchilar fikrlashi va ularning ishdagi mustaqilliklarini rivojlantirishda hamma usullar imkoniyatlarini muhim darajada belgilaydi. Tashkiliy uslublar o‘quvchilarning e’tiborini, idrok etish va faoliyatlarga yo‘naltiriladi. Texnik uslublarga turli uskunalar, yordamchi vositalar, metodikalardan foydalanish kiradi.
Mashg‘ulotlarda har bir usul ko‘plab xususiyat va turlarga ega bo‘lgan metodik uslublar bilan ochib beriladi. Idrok etish qiziqishlarini uyg‘otish va rivojlantirish, mehnat madaniyatini tarbiyalash uslublarini ko‘rsatish mumkin, lekin ular uchta asosiy guruh metodik uslublar bilan amalga oshiriladilar. Metodik uslublarning ko‘pligi va ayniqsa ularning birga bo‘lishi o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini va pedagogik mahoratlarini ko‘rsatadi. Ijodiy ishlovchi pedagog yangi uslublar kashf etadi, hammaga ma’lum uslublarni o‘zgartiradi, yanada yaxshiroq ta’lim va tarbiyaviy samaraga erishadi.