Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə127/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.
3.2.O‘quv mashg‘ulotining natijalarini qayd qiladi. Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.4. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: seminar mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanish-lari uchun savollar

Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.

17-Mavzu: TA’LIMNING TASHKILLASHTIRUVCHI SHAKLLARI VA VOSITALARI
Reja:
1.O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
2.Ma’ruza, uning turlari.
3.Seminar va amaliy mashg’ulotlar. Laboratoriya ishi. Kurs loyihasi. Pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti.
4.Muamoli o’qitish. Dasturlashtirilgan o’qitish. Ishga oid uyinlar.
5.Modulli o’qitish. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati. O’qitishning texnik vositalari.
6.O’qitishning texnik vositalari. Psixologiyadan bironta mavzuni o’tkazish bo’icha metodik ko’rsatmalar.



Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma’ruza hisoblanadi. Biror bir ta’limni tashkil etish shakli o’quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikasiyasini o’zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars - o’yin, dars – konferensiya, dialog, amaliyot va muamoli ma’ruza, binar, ma’ruza – telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo’llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to’garak). Ma’lum nazorat shakllari ham mavjud bo’lib ular: og’zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o’tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma’ruzadan tashqari o’qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi – seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg’ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o’quv yurtida yoki chet el o’quv yurtida stajirovkada bo’lish va shu kabilar. Ta’limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin