Atlas turlari.
Adras
- yarim ipak gazlama va shoyi to‘qishda Marg‘ilon yurtimizning yirik
shaharlaridan Buxoro va Samarqand singari dunyoga tanildi. Sohaning eng
rivojlangan davri XVIII asr oxiri XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrlardan
hozirgi kunimizgacha saqlanib kelinayotgan «Sirg‘a», «Tomchi», «Sayqal»,
«Gulnomozshom», «Yahudiy», «Xosiyatxon» kabi atlas matolarining to‘qilishi
jihatidan bir-birlarini takrorlamaydigan rang-barang turlari yaratildi. Shulardan
«sirg‘a», «oltin teri», «bodom nusxa» kabi turlari butun dunyoga mashhur.
Marg‘ilon atlaslarining o‘z yaratilish tarixi va ma’no-mohiyati bor. «Navro‘z»
nomli atlas shod-xurramlik xuddi bayramona ruhni aks ettirgan bo‘lsa,
«Sohibqiron Amir Temur» nomli nusxada ikki xil tasvir bor. Birida toju taxt
saltanati namoyon etilsa, ikkinchisida go‘zal Samarqand tasvirga tushirilgan.
Buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligiga atalgan atlasga
alohida jilo berilgan. Uning gullari sokin, lojuvard osmon gumbazida, xuddi
allomaning jahonga dong‘i ketgan shonu shuhrati kabi charaqlab turgan
quyoshning zarin nurlarini namoyish etadi.
251
12.2-rasm.
Adrasturlari.
Momolarimizsevibkiygan «Bodomnusxa», «Adras», «Nigora», «Parpasha»,
«Qoraatlas», «Bargikaram», «Chaqirim», «Nomozshomgul», «Qorako‘zim»
xonatlasnusxalarihozirgizamonruhigamoslanibqaytadanta’mirlandi.
Natijada,
ko‘pchilik suyib kiyadigan pishiq va puxta matolar yuzaga keldi. Ularning har biri
shunday mahorat bilan ishlanganki, kishi e’tiborini beixtiyor o‘ziga jalb etadi.
Bir xil nusxadagi xonatlas to‘qilib tayyor holga kelgunga qadar 20 xildan
ortiq mehnat jarayonini bosib o‘tadi. Ayniqsa, atlasning xaridorgir chiqishida rang
tayyorlashning ahamiyati katta. Mahalliy xom ashyo ham arzon, ham tabiiy
mahsulotlardan bo‘lgan anor po‘stlog‘i, yong‘oq, shotut, tuxmak daraxtlaridan
olinadigan bo‘yoqlardan tezda o‘ng‘imaydigan, sifatli rangvorlar tayyorlash
mumkinligini mohir hunarmandlar ota-bobolarimiz tajribasidan foydalanib
o‘zlashtirdilar.
Atlasni dastlab to‘qib chiqargan usta, undagi naqshlarni quyosh botishi
paytida ufqdagi taram-taram bulutlarning turlicha tovlanishidan olgan, degan
rivoyat bor. Zero «Abr» so‘zi forscha so‘zdan olingan bo‘lib, bulut degan ma’noni
anglatadi. Shu bois ham atlasga gul soluvchi, nusxa yaratuvchiga «Arbandchi»,
ya’ni «Bulut bog‘lovchi» deb nomlanadi.
Ko‘hna Marg‘ilonda qanchadan-qancha ustoz arbandchilar o‘tganlar.
Shulardan Abdusamad ota, usta Xolmatjon, Muhammadjon Sobirov, Sharifjon
Husanov, Solijon ota Toshpo‘latovlardir.
252
(Ekskursantlarga atlas turlarini tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 5
daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
Dostları ilə paylaş: |