255
Ba’zida bu motiv bir vaqtning o‘zida bir nechta timsollarni, masalan, qo‘yning
buralgan shoxlari va bir-biridan tarmoqlangan juft o‘simlik jingalalarini eslatadi.
Qadimgi an’analarga ko‘ra o‘zbek qizlari, bo‘lajak kelinchaklar seplari
uchun har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari shart bo‘lgan.
Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, qayliq shunchalik yuqori baholangan.
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta
tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech,
so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxaltalarni o‘zlariga tikkanlar. Bezak
buyumlarning turlaridan: so‘zana, choyshab, zardevor, gulko‘rpa, parda, belbog‘
(yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, joynamoz, nimcha, maxsi
kovush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. O‘tmishda bu kashtalar
oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi.
(Ekskursantlarga kashtaning bitta gul nusxasini qo’lda tikib ko’rishlari
uchun 5 daqiqa vaqt beriladi).
4-ob’ekt.Do‘ppido‘zlik namunalari
Hurmatli ekskursantlar! Do‘ppido‘zlik san’ati kashtado‘zlikning ajralmas
qismidir. Do‘ppilarga kashtado‘zlik usullari namunalaridan foydalanilgan.
O‘zbek milliy an’anaviy kiyimlari orasida ko‘rinishi jihatidan kichkina, lekin
eng qadimiy, ko‘p, keng tarqalgani, bu umriboqiy-o‘zbek do‘ppisidir. U erkaklar,
ayollar va bolalar milliy kiyimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, xalqning
hayot tarzi va an’analariga chuqur kirib borgan.
Do‘ppi
-yengil bosh kiyimi bo‘lib, islom tarixi va aqidalariga ko‘ra katta
yoshdagi mo‘min-musulmonlar odatda boshyalang yurmaganlar. Yilning issiq
fasllarida uyda, ko‘cha-kuyda, mehmondorchilik va ishxonalarda do‘ppi, qalpoq,
kallapo‘sh deb har joyda har xil ataladigan bosh kiyim kiyishgan.Dastlab Eronda
va turkiy xalqlarda rasm bo‘lib, keyin boshqa xalqlarga o‘tgan. XIII asrda
Rossiyada ham paydo bo‘la boshlagan.
|