Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

 
12.4-rasm.
Erkaklar do’ppisi. 
Do‘ppi turkcha «tepa» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nafaqat o‘zbeklar, balki 
Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning ham milliy bosh kiyimidir. 
Boshqa xalqlar do‘ppilaridan o‘zbek do‘ppilarilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan 
farqlanadi. Qadimdan erkaklar do‘ppilarini juda qadrlashgan. Birovning do‘ppisini 
boshidan tushirib yuborish uni haqoratlash bilan teng bo‘lgan. 
O‘zbek xalqining milliy kiyimlar orasida do‘ppining tarixi uzoq davrlarga 
borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519-yilga oid deb hisoblangan, Behustun 
qoyatoshiga o‘yib tushirilgan bo‘rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi 
hozirgi do‘ppimizga juda o‘xshar ekan.
Do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim o‘tmishda ham mavjud 
bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillarni arxeologik yodgorliklar, devoriy yozuvlar
terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga oid sharq miniatyuralarida ko‘rishimiz 
mumkin. Panjikent tasviriy san’atida ham bir nechta bosh kiyim tasvirlari saqlanib 
qolgan. Movarounnahr (XV-XVII asrlar) va Samarqand (XVI asrning birinchi 
yarmi) miniatyuralarida ayollarning turli-tuman bosh kiyimlari uchraydi. 
Marg‘ilon va Chust (tus) do‘ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan bog‘liqdir. 
Chunki ola do‘ppi o‘zbek madaniyatini xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati 
bilan bog‘lasa, iroqi do‘ppilar esa uzoq g‘arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan 
bog‘laydi. Masalan, iroqi do‘ppi O‘zbekistonda dastlab Shaxrisabzda urf bo‘lib, 
so‘ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu do‘ppi ham har 
bir shaharning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan (rivoyatlarga 


257 
qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zlarni ham 
keltirgan, shu sababli ular tikkan Do‘ppi iroqi deb nom olgan). 
Har bir do‘ppi o‘zining yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq 
qiladi. O‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega, ular 
«Kuloh», «Aroqchin», «Tusdo‘ppi» lardir.
Kuloh
- konussimon erkaklar bosh kiyimidir. U asosan darveshlar bosh 
kiyimidir. Uning matoxi toq uchburchak parchalaridan bichilib tikiladi. Kuloh 
hozir juda kam uchraydi.
Aroqchin
- sharsimon do‘ppi bo‘lib, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda 
sharsimon do‘ppilar bosma, chakmato‘r, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do‘ppi
- keng tarqalgan yassi yuzaki do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi Chust 
do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta 
yuvelir chok uslubi qo‘llaniladi.
Do‘ppi uch qismdan iborat-
tepa 
(aylana va to‘rtburchak shaklida bichiladi), 
kizak
(gardish shaklida) va 
jiyak
dan tuziladi. Respublikaning turli joylarida turlicha 
bezatiladi va qismlari birlashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do‘ppining uchta turi mavjud - ya’ni 
dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq 
do‘ppilar va cho‘zinchoq qalpoqchalar

Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: 
erkaklar, ayollar, bolalar, qariyalar
uchun kabi turlari bor. Keksa ayollar odatda bu bosh kiyimni kiymaydilar. 
Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining 
turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, 
kashtalari, zarlari va tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.


258 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin