254
12.3-rasm.
Samarqand kashtasi va Buxoro kashtasi namunalari.
O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiy sharoit muhiti bilan bog‘liq holda barcha
hunarlar bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi esa
saqlanmagan.
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda
qadimdan rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida
kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga
kelishiga asos bo‘ldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida
boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtachiligiga nazar solsak, unda hind, xitoy, rus,
afg‘on, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligining usul va uslublarini uchratamiz.
San’atda har bir millatning o‘ziga xos naqshlari bo‘ladi. O‘zbek
kashtachiligida o‘simliksimon, geometrik gul naqshlari ko‘p uchraydi
.
Islom dinida
tirik mavjudotlarni tasvirlashning man etilishi o‘z-o‘zidan kashtalarda aksariyat
hollarda o‘simliklar, gullarni tasvirlanishiga olib keldi. O‘simliklar tasviri
ko‘pincha yorqin rangdagi qushchalar tasviri bilan jonlantirilgan. Qo‘y shoxlari
motivi qo‘shaloq spiral qatordan iborat bo‘lib, jiyak yoki hoshiyalovchi bezak
sifatida qator barglar shaklida uchraydi. Bu qadimiy motiv ko‘pgina turkiy
xalqlarda tarqalgan bo‘lib, u butun borliq, doimiy harakat timsoli hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: