Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

«Marg‘ilon
hunarmandlarmaskani
» 
nomli ekskursiya xizmatining 
DASTURI
Davomiyligi: 
3 soat 
Yo‘lga sarf etiladigan vaqt:
Farg‘onadan 10 km uzoqlikda 
Ekskursiya maqsadi:
o‘zbek milliy hunarmandchiligi namunalarini 
ko‘rsatish
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh:
xorijdan tashrif buyurgan 
turistlar 
Ekskursiyaning vazifasi: 
Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahri, uning 
tarixi, mavjud hunarmandchiligi namunalari, rivojlanishi tarixi bilan yaqindan 
tanishtirish. 
 
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
 
Marg‘ilon
- O‘rta Osiyodagi madaniyati gullab-yashnagan eng qadimgi 
vohalardan biri hisoblanadi. Bu hududda azaldan ko‘plab xalq amaliy san’ati 
turlari rivoj topgan. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi, noyob gumbazlar ijodkorlari, 
naqqoshlar hamda atlas to‘qishning mashhur ustalari vatanidir. Bu jihatdan
Marg‘ilon shahri vodiyda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Uning xalqi o‘z 
mehnatsevarligi, ishbilarmonligi hamda mehmondo‘stligi bilan tarixiy 
taraqqiyotimizning har bir davrida chuqur iz qoldirib kelmoqda. 


249 
2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shaharning 2000 yillik tantanalari 
o‘tkazildi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va 
qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2010 yil 30 martda qabul qilingan «Xalq badiiy 
hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash 
to‘g‘risida»gi PF-4210-sonli Farmoni bu borada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 
 
1-ob’ekt. Marg’ilon atlas va adraslari 
Hurmatli ekskursantlar! Siz Marg’ilon atlaslari bilan yaqindan tanishib 
olasizlar.Farg‘ona 
vodiysiga shoyi 
to‘qish qachon kelganligi noma’lum, 
lekinBuyuk ipak yo‘lida joylashgan Marg‘ilon aholisi qadimdan ipakchilik va atlas 
to‘qish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu to‘g‘risida tarixchilar shunday deb yozib 
qoldirgan: «X asrda Marg‘ilonda to‘qilgan bir darparda uchun Buxoroning butun 
yer xirojini bersa arziydi». Marg‘ilonlik ipakchilar o‘z mahsulotlarini qadimdan 
dunyo bo‘ylab namoyish etganlar. 
XIX asr oxirlarida Rossiyaning ko‘plab shaharlarida bo‘lib o‘tgan sanoat va 
qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalarida marg‘ilonlik nafis matolar ustasi Muhammad 
Siddiq Ahmedov kichik kumush medal bilan, ustalar esa bronza medallari bilan 
taqdirlanganlar.
Marg‘ilonning shoyi matolari Misr, Eron, Yunoniston va Qashg‘ar 
savdogarlari tomonidan ko‘plab xarid qilingan. Ipakdan tayyorlangan tayyor 
mahsulotning eng jozibali, eng maftunkor matosi bu - atlasdir.
Atlas turlari. 
Atlas - arabchasiga «tuksiz», «silliq» degan ma’nolarni 
anglatib, arqog‘i ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan, abr usulida rangbarang naqshlar 
bilan bezatiladigan bir yuzlama mayin matodir. Atlas to‘qish, undan foydalanish 
tarixi miloddan avvalgi I-ming yillikning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsada, bu 
san’atning rivojlanishi va ommalashuvi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Bu davrda 


250 
Marg‘ilon atlasining nomi va turlari yetti iqlimga mashhur bo‘lib ketgan edi. 
Shuning uchun ham shahar-ipak shahri deb nomlangan.
Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng oliy navi 
«Sakkiztepki»
atlas yoki 
«Xonatlas»
deb yuritiladi. «Xonatlas»ning barcha siri uning to‘qilishida bo‘lib, u 
sakkiz tepkili dastgohda to‘qiladi. 
12.1-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin