Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Jom’emasjididagimashhur ustunlar.


197 
 
 
10.12-rasm.
Jom’emasjidini ko’rsatish tartibi.





198 
10.4.Toshkentviloyati va Toshkent shahrining tarixiy-
arxitekturayodgorliklari ekskursiya ob’ektlari sifatida 
 
Toshkent-Markaziy Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri – O‘zbekiston 
Respublikasining 
poytaxtidir. 
Islomkonferensiyasitashkiloti 
(OIK) 
tarkibidagimuassasalardanbiri 
– 
Ta’lim, 
fanvamadaniyatmasalalaribo‘yichaXalqaroislomtashkiloti (ISESCO) Toshkentni 
2007 
yildaIslommadaniyatipoytaxti
debe’lonqildi.O‘zbekistonningislommadaniyativailmioldidagi, 
islommerosivayodgorliklariniasrashvayanadaboyitishborasidagi mislsiz xizmatlari 
uchun Toshkentshundayyuksakvafaxrliunvongasazavorbo‘ldi. 
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‘yxatiga kiritilgan Usmon 
Qur’oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda.Toshkent haqidagi eng 
dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II- asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida 
uchraydi. Xitoyda u Yuni, deb nomlangan bo‘lsa, Eron shohi Shopur I ning 
eramizdan oldingi yozuvlarida Toshkent atroflari “Choch” deb atalgan. Choch turli 
mamlakatlarning oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar va ajoyib otlar eksport 
qilinadigan yo‘llar chorrahasida joylashgan. Hozirgi kunda Toshkent o‘zida 
O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy 
sanoat shahri hisoblanadi.
Toshkentda ko‘plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at muzeyi 
haykallar, rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlarining Markaziy Osiyodagi eng 
yirik to‘plamiga ega. O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyi 30 mingdan ortiq 
hunarmandchilik va xalq milliy merosi namunalarini to‘plagan. Temuriylar tarixi 
davlat muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o‘zida jamlagan 
muzeydir. 
Tarixiy Eski Juva shaharning eng qadimiy bozorlaridan biri, unda hozir ham 
oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mahsulotlarigacha barchasini topish 
mumkin. Eski shaharning markazida XVI asrning ajoyib yodgorligi-Baroqxon 
madrasasi joylashgan. Bulardan tashqari, 1966 yil zilziladan Yunusxon maqbarasi, 


199 
Ko‘kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon qolgan. Toshkent metrosi
jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008 yilning 2 aprelida «Toshkent 
shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish» 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston poytaxti, ilm-fan va 
madaniyat markazi, tinchlik va do‘stlik ramziga aylangan Toshkent shahrining 
2200 yilligini keng nishonlash va munosib o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi. 
Yubiley munosabati bilan ko‘plab tarixiy yodgorliklar qayta ta’mirlandi, yangi 
binolar qurildi va shaharning ijtimoiy infratuzilmasi yanada obod bo‘ldi.
Toshkentviloyati 
va 
Toshkent 
shahriningasosiytarixiy- 
arxitekturayodgorliklari: 
1.
Ko‘kaldosh madrasasi (XIV asr); 
2.
Kaffol Shoshiy maqbarasi (XVIasr); 
3.
Hazrati Imom arxitektura majmuasi (XVI asr); 
4.
Abulqosim madrasasi (XIX asr); 
5.
Baroqxon madrasasi (XVI asr); 
6.
Jome’ masjidi (XIX asr); 
7.
Zangi ota majmuasi (XV-XX asr); 
8.
Tilla Shayx masjidi (1890 y); 
9.
Xadra maydoni (XIX asr); 
10.
Sufi Ota maqbarasi (XIX asr). 
11.
Minor jome’ masjidi (XXI asr). 


200 
Toshkentviloyati bo’ylab tashkil etish mumkin bo’lgan «Toshkent- islom 
madaniyati poytaxti» nomli ekskursiya xizmatining dasturi namunasini keltiramiz: 
«

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin