Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


XORAZMI AZIMNING MING YILLIK TARIXI» nomli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

XORAZMI AZIMNING MING YILLIK TARIXI» nomli 
 ekskursiya xizmatining
 
DASTURI
Davomiyligi: 
1 soat 
Masofasi:
Ichan qal’ada joylashgan ob’ektlar bo’ylab 500-600 metr 
Ekskursiya 
maqsadi:
Ichan qal’adagi 
mashhur 
tarixiy-arxitektura 
yodgorliklari bilan tanishtirish
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh:
xorijdan tashrif buyurgan 
turistlar 
Ekskursiya mavsumi:
yil davomida 
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
 
1-ob’ekt. KO‘K MINORA 
Minora qarshisida. 
Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan Ko‘k minora 
qarshisida turibmiz. Minora Muhammad Aminxon tomonidan madrasa yonida 
qurilgan. Uning ko‘rinishi kesik konus shaklida bo‘lib (shuning uchun ham «Kalta 
minor» nomini olgan), balandligi 28 metr, diametri 14,5 metr. Minora o‘z davrida 
«Ulli (ulug‘) minor», «Ko‘k minor» nomlari bilan atalgan. O‘z davrining shoirlari 
uning qurilishi nihoyasiga yetganini she’riy tarixlarida ta’riflashgan.
Minoraning bitmay qolgani to‘g‘risida bir necha afsonalar to‘qilgan. 
Jumladan, Xiva xoni ustaga dunyodagi eng baland minorani qurasan deb farmon 
beradi. Usta boshlagan ish 2 yil davom etib, minora bo‘y cho‘za boshlaydi. Bu 
minoraning ovozasi Buxoro amirining qulog‘iga yetadi. Buxoro amiri usta bilan 
xufiyona shartnoma qiladi. Unga ko‘ra usta Xivadagi minorani bitkazgach, bundan 


190 
ham baland va chiroyli minorani Buxoroda qurib berishi kerak bo‘ladi. Bu 
shartnoma haqidagi ma’lumotlarni eshitgan Xiva xoni «minora bitgach, ustani 
o‘ldirishini» aytadi. Xonning niyatidan xabar topgan usta qochib ketishni 
rejalashtiradi. O‘z navbatida xon ustaga minoradan tushmasdan ishlashni buyuradi.
Endi usta shogirdining xizmatiga muxtoj bo‘lib, unga qanot yasash uchun 
kerak bo‘lgan buyumlarni buyuradi. Minora tepasida qanotlar yasab, bir kun tong 
saharda janubga tomon uchib ketadi. Shundan keyin minora bitmay qolgan degan 
afsonalar xalq orasida tarqalgan. 1873-yilda general gubernator fon Kaufmanning 
buyrug‘iga asosan podporuchik Grigoriy Krivsov xivalik bir qariyadan so‘rab, 
yozib olgan afsonada minora bitgan va juda baland bo‘lgan ekan. Shuning uchun 
xalq uni «Ulli minor» (ulug‘, katta minor) deb atagan. Bunday o‘lkan va chiroyli 
minorasi bilan xivaliklar hamda xon faxrlanar ekan. Bir kun muazzin erta tongda 
musulmonlarni bomdod namoziga chaqirib, azon aytayotgan paytda minoraning 
ustki qismi muazzin bilan birga uning ichki qismiga o‘pirilib tushib ketadi. Bu hol 
barchani vahimaga solib qo‘yadi. Shundan buyon hech kim minoraning ustiga 
chiqmas ekan deyiladi.Yana bir afsonada aytilishicha, minora bitgan va juda 
baland bo‘lgan. Bir xorijlik kelib, unga qaragan va «Nihoyatda baland va chiroyli 
ekan» deb ko‘z tashlagan. U kishining ko‘zi tegib, minora qulab tushgan deyiladi.
Hozirgi kunda Ko‘k minora Ichan qalaning o‘ziga xos bo‘lgan ob’ektlaridan 
biri sanaladi.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 


191 
10.11-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin