Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

MinoraiKalon
(forschada «Katta minora»).-Buxorodagi eng mashhur 
yodgorliklardan biri hisoblanadi. Balandligi 50 metr bo‘lgan bu minora, tarixchi 
Narshaxiy yozishicha, hijriy 521-yil, (1127-yilda) Qoraxoniy hukmdor 
Muhammad Arslonxon (1102-1130-y.y) bo‘yrug‘iga binoan, muxandis va me’mor 
Bako loyihasi asosida bunyod etilgan. Minorai Kalon o‘rnida u qurilgunga qadar 
ham minora bo‘lgan. Ammo minora qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib 
qayta qurilgan.
Minora pishiq g‘ishtdan, (27x27x4x5) changxok (alebastr) loyida terilgan. 
Minora yuqoriga qarab ingichkalashib borib, muqarnas bilan tugaydi. 16 ravoqli 
darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Minora tepasiga eni 1 metr bo‘lgan, 104 
pillapoya orqali chiqiladi. Zinalar minoradagi 5 ta tor darchalar orqali yoritiladi.


184 
Darchalar ichkariga qarab keskin kengaygan bo‘lib, bunda ichkariga quyosh 
nurining ko‘proq kirishiga mo‘ljallangan. Minorani bezash ishlari ham silliqlangan 
g‘isht yordamida amalga oshirilgan. Bezak g‘ishtning o‘rniga qarab turli shaklda, 
sirti silliq pardozlangan. Minora 14 ta ustma-ust joylashgan turli xil matematik 
shaklda bejirim bezakli dandanalar bilan bezatilgan. Bezaklar orasida tarixiy va 
diniy mavzudagi kufiy uslubidagi yozuvlar uchraydi.
Xususan, imoratning qoq belida minoraning qurilgan vaqti va uni qurdirgan 
Arslon Muhammadxonning ismi yozilgan. Ammo bu yozuv bo‘lak-bo‘lak holatda 
saqlangan bo‘lib, qurilgan davridagi yozilgan yozuvdan faqat «besh yuz» so‘zi 
qolgan. Minoraning yuqori qismida qandaydir yozuv bo‘lgan. Ammo bu yozuv 
1920 yilda, sho‘rolar bosqini davrida minoraga qarab otilgan snaryad natijasida 
vayron etilgan. Minora 1924, 1960 hamda 1997-yillarda ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 


185 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin