179
binolarning aksariyati bir-biriga yaqin qilib loyihalashtirilgan. Jome’ masjididan
boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali Chorsuga tutashgan. Chorsuning
chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovlida ko‘rinishxona o‘rnashgan. Bu yerda
amir tashrif buyurgan elchilarni qabul qilgan va amirlarning taxtga o‘tirish
marosimlari o‘tkazilgan. 1605-yilda hovliga kirayverishda peshtoq bunyod etilgan.
Hovlining uch tomoni ayvon bilan o‘ralib, oldingi peshayvondagi ikki qator
naqshli ustunlarning tanasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan
yasalgan taxt shu ayvondagi taxtiravonda turgan. XVIII asrda hovlining janubiy
tomonida «Raximxon» mehmonxonasi va qorixona qurilgan. Ularning tagida esa
amir xazina xonasi bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: