182
2-ob’ekt. POYIKALONANSAMBLI
MasjidiKalon.
(forschada «Katta masjid») Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib
turgan bu ob’ekt XIV-XV asrlarga oid inshoot bo‘lib,ushbu masjid XII asrda
mavjud bo‘lgan va keyinchalik vayron bo‘lgan qadimgi imorat qoldiqlari ustiga
bunyod etilgan.
Masjid 127x78 metr hajmda bo‘lib, keng hovli atrofini gumbazli bostirma
ayvon egallagan. Ular 288 ta qubba (gumbazcha) 208 ta ustunga tayangan.
Masjidning sharq tomonida tashqi o‘lkan peshtoq mahobati bilan ajralib turadi.
Masjidi Kalonning 7 ta tashqi eshiklari bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va
ichida keng ayvonlar joylashgan.
Masjidi Kalon hovlisi to’rida xonaqoh - mansura joylashib, u baland moviy
gumbazga ega. Ichki gumbaz osti qismigaqolibkori uslubida qator mayda
ravoqchalar (16 ta) ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik namunasi
bo‘lib, unga usta Bayazid Puroniy nomi va 1514-yil sanasi ko‘rsatilgan. Peshtoq
oldida kichik ko‘shk XX asrda bunyod etilib, uni bunyod etishda Usta Shirin
Murodov ishtirok etgan.
Dostları ilə paylaş: