Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


Chor-Bakr majmuasi -Jo‘ybor xo‘jalari qabristoni (1560 y.)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

 
23.
Chor-Bakr majmuasi -Jo‘ybor xo‘jalari qabristoni (1560 y.).
 
Buxoro viloyati bo’ylab tashkil etish mumkin bo’lgan «Buxoroi sharifga 
marhamat» nomli ekskursiya xizmatining dasturi namunasini keltiramiz:
 
«BUXOROI SHARIFGA MARHAMAT»nomli ekskursiya xizmatining
 
DASTURI
Davomiyligi: 
2 soat 
Masofasi:
Buxoro shahri bo’ylab 20 km
Ekskursiya maqsadi:
Buxoroningmashhur tarixiy-arxitektura yodgorliklari 
bilan tanishtirish
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh:
xorijdan tashrif buyurgan 
turistlar 
Ekskursiya mavsumi:
yil davomida 
 
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
 
1-ob’ekt. ARK 
 
Arkmaydonimarkazida
. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir turgan 
maydon ko‘hna Buxoroning Registon maydoni hisoblanadi. Bu maydonda ko‘rib 


178 
turganingizdek, ko‘hna tepalik Ark qad ko‘tarib turibdi. Ark 20 mertgacha qurilgan 
tepalik ustiga barpo etilgan bo‘lib, uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Tarixan 
ark shaharning markazi, hokim qal’asi hisoblangan. Shahriston Ark o‘rnida 
eramizdan avvalgi IV asrlarda ham mavjud bo‘lgan. Yillar davomida bu yerda 
sun’iy tepalik paydo bo‘lgan. To‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan ark devorlari turli 
davrlarda tosh, pishiq g‘isht, xom g‘ishtva paxsalar bilan mustahkamlangan. 
So‘nggi yillarda amir arki qurilishida ko‘p miqdorda yog‘och ishlatilganligi 
tufayli, 1920-yilda Frunze boshchiligidagi «Qizil armiya» tomonidan shaharga o‘t 
qo‘yilganda vayron bo‘lgan va keyinchalik tarixiy hujjatlar asosida qayta 
tiklangan. Ark davlat tashkilotlari, saroy bilan birgalikda amir, uning oila a’zolari 
hamda amaldorlari uylaridan iborat bo‘lgan. Arkning ichida salomxona (amirning 
yashash joyi), ko‘rinishxona (taxtxona), mirshabxona, otxona, qurol-yaroq ombori, 
ustaxona, zarbxona, masjid va boshqa maishiy xonalardan iborat bo‘lgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin