120
boshqa ob’ektlar orasidagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rsatishning mantiqiyligi,
ob’ektlar orasidagi bog‘liqlik aniq ketma-ketlik bilan ta’minlanadi.
7.3. Ob’ektlarni ko‘rsatishning usullari
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullariga ob’ektlar kuzatuvini
tashkillashtiruvchi va ob’ektni
atrof muhitdan, bir butunlikdan ajratish imkonini
beruvchi usullar kiradi. Ko‘rsatish usullarining vazifasi – ob’ektlarning tashqi
qiyofasidagi o‘zgarishlarni ko‘z ilg‘aydigan qilib,
zaruriy rakursda ularni
ko‘rsatishdir.
Ko‘rsatish usullarini qo‘llashda gid guruhning tayyorgarlik darajasini hisobga
olishi kerak bo‘ladi (masalan, me’moriy uslublarni, monumental yodgorliklar
turlaridan xabardor bo‘lishi kerak). Ba’zi gidlar ekskursiya jarayonida ob’ektlarni
ko‘rsatishning barcha
usullaridan foydalanadilar, ba’zilari esa umuman
foydalanmaydilar. Ekskursiya xizmatining sifati nafaqat gidning bilimi balki,
o‘rganilgan usullardan qay darajada foydalana olishiga bog‘liqdir.
Buni faqat
malakali tayyorgarlikdan o‘tgan gidlar qila olishi mumkin.
Ko‘rsatish usullari ob’ekt kuzatuvini yengillashtiradi, uning o‘ziga xos
jihatlarini ajratadi. Bunday jihatlar oddiy tomosha paytida ilg‘amas bo‘lib,
ekskursantlarga ob’ektni xayolan bo‘laklarga bo‘lish, yo‘qolgan detallarni tiklash,
avvalgi holatini «ko‘rish», tarixiy voqealarni jonlantirishga yordam beradi.
Ekskursiya xizmati amaliyotida ob’ektlarni ko‘rsatishning quyidagi usullari
mavjud: