123
umumiylikdan xususiylikka o‘tishni nazarda tutadi. Masalan,
Samarqand vino
zavodidagi ekskursiya xizmatida «Aynan shu joylarda dunyoda tanilgan vinolar
tayyorlanadi» deb gapirib o‘tish mumkin.
Ko‘rganlarni taqqoslash usuli.
Ekskursiya
xizmati
metodikasida
taqqoslashning har xil turlari qo‘llaniladi: ko‘z oldida turgan ob’ektni boshqa bir
ob’ekt bilan taqqoslash, xayolan tiklanayotgan yoki avval ko‘rsatilgan ob’ekt bilan
taqqoslash. Ushbu jarayonda bir-biriga o‘xshash ob’ektlar yoki turlicha ob’ektlar
ham solishtirilishi mumkin. Taqqoslash usuli ekskursantlarga ob’ektning
haqiqiy
o‘lchamini tasavvur qilish(ob’ektninng balandligi, uzunligi, kengligi va sh.k.),
hikoyadagi raqamlar, dalillar, misollar
sonini kamaytirish, tushuntirishga ketadigan
vaqtni tejash imkonini beradi. Ushbu usulning vazifasi – ob’ektning o‘ziga
xosligini, jozibadorligini aniqlab berishdir.
Dostları ilə paylaş: