Go‘shtning kimyoviy tarkibi. Yog‘dan ajratilgan go‘shtni tarkibida suv
74,8%, oqsil 21,6%, yog‘ 2,3%, glikogen 0,8%, mineral moddalar, fermentlar,
vitaminlar bo‘ladi.
Go‘shtni turlari va tamg‘alash. Go‘shtni so‘yilgan hayvon turiga, yoshi,
semizlik darajasiga va go‘shtning termik holatiga qarab, turlariga bo‘linadi.
So‘yilgan mol turiga qarab mol (qoramol) go‘shti, qo‘y, echki, ot, kiyik, quyon,
yovvoyi hayvon go‘shti va hokazolar bo‘ladi.
Mol go‘shti sifat ko‘rsatkichlari. Qoramolning jinsiga va yoshiga bog‘liq
bo‘ladi. Qoramol jinsiga qarab sigir go‘shti, xo‘kiz (bichilgan buqa) go‘shti va buqa
go‘shti bo‘ladi. Yoshiga qarab so‘qim go‘shtiga (3 yoshdan ortiq mol), buzoq
go‘shtiga (3 oydan 3 yoshgacha) va buzoq go‘shtiga (3 oygacha) bo‘linadi. Sigir va
buqa go‘shtining rangi qip-qizildan to‘q qizilgacha muskul to‘qimasi zich, ingichga
tolali, bo‘rdoqi zotli mollarda aniq ko‘rinib turadigan «marmarsimon» bo‘ladi.
Yog‘ning rangi qoramolning yoshiga bog‘liq. U oqdan sariqqacha bo‘lishi mumkin.
Buzoq go‘shti pushtiroq-qizil, muskul to‘qimasi mayin, ingichka tolali,
«marmarsimonligi» oz seziladigan, yog‘i oq rangli bo‘ladi. Buzoqcha go‘shti och-
pushti rangdan yaltiroq pushti ranggacha, uning konsistensiyasi, muskullarining
tuzilishi ingichka tolali bo‘ladi. «Marmarsimonlik» bo‘lmaydi. Ot go‘shti yoshiga,
jinsiga, semizligi va savdo navlariga bo‘linadi. Yoshiga qarab ot go‘shtiga (1
yoshdan katta) va toy go‘shtiga (1 yoshgacha) bo‘linadi.
Jinsiga qarab ayg‘ir va biya go‘shtiga bo‘linadi. Go‘shtni haroratiga qarab
yangi qo‘yilgan, hovuri tushgan, sovutilgan, muzlagan bo‘ladi.
Hozirgina so‘yilgan mol go‘shtini harorati (34
0
S ga yaqin) tirikligidagi
haroratga yaqin bo‘ladi. U sotuvga yaiqmaydi, chunki shundayligicha saqalb
bo‘lmaydi. Hovuri tushgan go‘sht-bu nimtalangandan keyin tabiiy sharoitda yoki
30
sovuq kameralarda kamida 6 soat davomida sovigan bo‘ladi. Uning harorati tevarak
muhit haroratiga, yuzasi qotganroq va konsisitensiyasi tarang bo‘ladi. Hovuri
tushgan go‘sht saqlashga chidamli emas, shuning uchun uni darhol sovutiladi yoki
muzlatiladi. Sovutilgan go‘shtning harorati muskullar orasida Q4 dan 0
0
S gacha
bo‘ladi. Tabiiy sovush yoki sun’iy sovutish natijasida bu go‘shtda qurish qobig‘i
hosil bo‘lib, uning sirti nami yo‘q va muskullari elastik bo‘ladi.
Sovutilgan go‘sht oshpazlikda ishlatish uchun eng yaxshi mahsulot, istib
ishlov berilgandan keyin uning xushbo‘yligi va mazasi shakllanadi. Muzlagan
go‘shtning harorati-6
0
S daen yuqori bo‘lmaydi. Muzlagan go‘sht 2 fazali va 1 fazali
usullarda muzlatiladi.
2 fazali usulning mohiyati shundaki unda go‘sht oldin sovutilib, keyin
muzxonalarda-18
0
S dan -25
0
S gacha bo‘lgan haroratda muzlatiladi. Tez
muzalatilgan go‘shtda butun tana bo‘ylabbir tekis taqsimlangan mayda tuz kristallari
hosil bo‘lib, u go‘shtning tuzilishini buzmaydi. Bunday go‘sht muzdan
tushirilgnanda go‘shtning selini to‘qimalar tez shimib olib, to‘yimli moddlar
unchalik ko‘p yo‘qotilmaydi. 1 fazali usulning farqi shundaki, bundan yangi
so‘yilgan holatdagi go‘sht nimtasini muzxonalarda-30
0
S dan -35
0
S gacha bo‘lgan
haroratda muzlatiladi. 1 fazali usulda muzdlatilgan go‘shtning usullik ovqatlik va
mazasini afzalliklari yuqoriroq bo‘ladi.
Muzlagan go‘shtning konsistensiyasi qattiq kesilgan joyida mayda tuz
kristallari ko‘rinib turadi. Mazasi va ovqatlik afzalliklari jihatidan muzlagan go‘sht
sovutilgan go‘shtdan pastroq turadi.
Dostları ilə paylaş: |