Asalning turlari. Tabiiy asal kelib chiqishiga qarab monofler polifler,
sun’iy asalga bo‘linadi.
Gul asali gullaridagi nektarni asalari eg‘ib qayta ishlashi gatijasida olinadi.
U monofler va polifler deb ataladi. Monoferlar asal bir turli o‘simlik nektaridan
olingan bo‘lib shu o‘simlik nomi bilan ataladi (paxta, kungaboqar va boshqalar).
Poliferlar asal bir necha hil o‘simlik guli nektarida olingan aasal bo‘lib, tog‘, qir,
o‘rmon, o‘tloq asali deb ataladi.
Padeviy asal-daraxt shoxlari, barglari va daraxtlarda yashovchi turli
hashoratlar chiqadigan shirani asalari eg‘ib tayyorlagan mahsulot. Padeviy asal
rangining to‘qligi, konsistensiyasining yopishqoqligi, ta’mi va hidining kamroq
yoqimligi, tarkibida qandni (65%) kamroqligi, kislotasini va qayishqoqligini
ko‘proqligi, kristallanishini yomonligi bilan ajralib turadi. Padeviy asal savdoga
chiqarilmaydi. Tabiiy aralash asal eg‘iladigan manbaiga qarab eg‘ma yoki padeviy
bo‘ladi.
Texnologik alomatlariga ko‘ra markazdan qochirma kuch yordamida
ajratilgan mum kataklari asalga bo‘linadi. Savdoga asosan markazdan qochirma
kuch yordamida ajratib olingan asal chiqariladi.
Tabiiy asal navlarga bo‘linmaydi. U konsistensiyasi quruq, tiniq yoki biroz
kristallangan, mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Rangi turiga qarab oq-sariq
32
to‘q-jigarranggacha, mazasi shirin, begona maza aralashmagan bo‘lishi kerak.
Tarkibidagi suvi ko‘pi bilan 21%, redusirlangan qand (glyukoza va fruktoza)-
kamida 79% (quruq modda ichida), saxaroza ko‘pi bilan 7% (quruq modda ichida)
bo‘lishi kerak. Diastaz soni amililotik fermentlar aktivligini (1 g quruq modda
hisobidagi asalga 5 mm 1% li kraxmal eritmasi) xarakterlaydi.
Sun’iy asal oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi. Sun’iy asal
quyuq qiyomga o‘xshash mahsulot. Sun’iy asalni saxaroza eritmasigi ovqat
kislotasini qo‘shib qizdirib (bunda saxaroza gidrolizga uchrab glyukoza va fruktoza
hosil bo‘ladi), so‘ng unga asal essensiyasi yoki qisman tabiiy asal qo‘shiladi. Sun’iy
asal tarkibida 20% suv, 30% gacha saxaroza, 50% gacha glyukoza va fruktoza
bo‘ladi. Sun’iy asal quvvatliligi bo‘yicha tabiiy asalga yaqin bo‘lsa ham, ozuqalik
qimmati ancha kam, chunki unda vitaminlar, fermentlar, antimikrob, bakterisid va
mineral moddalar yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |