31
10- amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Asal va asal turlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Asal va asal turlari, asal va uning kelib
chiqishi, aslning sifatini baholash, asalni saqlash va qadoqlashni o’rgatishdan iborat.
Asal va uning kelib chiqish. Asal tarkibida 100 dan ortiq inson
organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalar bor. Shu sababli asal imunitetni
kuchaytiradi, gemoglobin miqdorini oshiradi, turli kasalliklarga bo‘lgan
kurashuvchanlikni oshiradi. Asalning kimyoviy tarkibi 75%gacha oddiy qand, 1,9%
saxaroza, 5,2% dekstrin, 0,4% oqsil moddasi, 0,1% organik kislotalar, 0,35%gacha
mineral moddalar, 16% suv. Bulardan tashqari asal tarkibida vitaminlar, garmonlar,
fermentlar va boshqa mineral moddalar bor. Asalning qiymatini va sifatini
belgilovchi moddalar biologik aktiv moddalardir. Asalning sifatini soxtalashtirishda
kraxmal, qand sharbati, suv, un va daraxt qipig‘i qo‘shilishi mumkin.
Asal tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy asal-bu gul nektari yoki gullamaydigan
daraxt shirasini asalarilar tomonidan qayta ishlangan mahsulotdir. Asalni
to‘yimliligi yuqori, shifobaxsh xususiyatlari bor. Asal inson a’zosida yaxshi hazm
bo‘ladi (99%), quvvat qiymati 1289 kJni tashkil qiladi, biologik qimmati ko‘pgina
vitaminlar, mineral moddalar borligi bilan, fiziologik qimmati esa aktiv fermentlar
va bakterisid moddalarning borligi bilan xarakterlanadi. Asal tarkibida 79% quruq
modda bo‘ladi. Quruq modda tarkibiga 70 ga yaqin har xil moddalar kiradi. Asal
tarkibiga quyidagilar kiradi: suv 17-21, uglevodlar 75 (asosan glyukoza, fruktoza,
ozroq saxaroza); organik (olma, limon, sut va hokazolar) kislotalar; oqsil moddalar:
xushbo‘y va bo‘yovchi moddalar, vitaminlar (V
1
, V
2
, V
3
, V
6
, N, К, S, R, RR);
fermentlar.
Dostları ilə paylaş: