XXIII. YAKUNIY QOIDA
Ushbu Shartnoma o’zbek tilida tuzilgan. Shartnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, o’zbek tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
JAMOA SHARTNOMASIGA ILOVALARNING TAVSIYAVIY RO’YXATI
1. Ichki mehnat tartibi qoidalari
2. Mehnatni muhofaza qilish Nizomi
3. Mehnatga haq to’lash to’g’risida Nizom
4. To’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma. To’liq jamoa moddiy javobgarligi to’g’risida shartnoma
5. Mehnat nizolari komissiyasi to’g’risida Nizom
6. Malaka talablari to’g’risida qoida
7. Yillik mehnat ta’tillari to’g’risida qoida
8. Tuman AKM xodimlarining ish vaqtida kiyinish Nizomi
2023–2025-yillar uchun
Tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga
1-ilova
“KELISHILDI”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________T. Rasulova
|
“TASDIQLAYMAN”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G. Kushakova
|
SAMARQAND VILOYAT TOYLOQ TUMAN AKMNING
ICHKI MEHNAT TARTIBI
QOIDALARI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Tuman AKMning ichki mehnat tartibi qoidalari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, mehnat to’g’risidagi boshqa qonuniy hujjatlarga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va to’xtatish, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanish, mehnat intizomi, ish beruvchi va kutubxona xodimi o’rtasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning boshqa masalalarini tartibga soluvchi asosiy normativ hujjat hisoblanadi.
1.2. Har bir xodimning mehnat huquqlari himoya qilinishi komissiya, shuningdek, kutubxona ma’muriyati va Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan kafolatlanadi.
1.3. Kasaba uyushmasi qo’mitasi Qo’shrabot tuman AKM xodimlarining vakolatli organi hisoblanadi.
1.4. Qoidalar Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va qo’llanadi.
1.5. Ish beruvchi va xodimlar Qoidalarga rioya qilishi shart, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
1.6. Ish beruvchi:
1.7. Xodimlar mehnatini tashkil etishi.
1.8. Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaratib berishi.
1.9. Mehnatga haq to’lashning belgilangan shartlariga muvofiq xodim tomonidan bajarilgan ish uchun o’z vaqtida va to’liq hajmda haq to’lashi.
1.10. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlarini ta’minlab berishi.
1.11. Qonun va Jamoa shartnomasiga muvofiq xodimlarning dam olish huquqini ta’minlashi, ularga kafolat va kompensasiya haqini to’lashi.
1.12. Mehnat majburiyatlarini ijro etishi natijasida xodimga yetkazilgan zararni qoplashi.
1.13. Kasaba uyushmasi qo’mitasi huquqiga rioya qilishi, ularning faoliyatiga ko’mak berishi, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha muzokaralar olib borishi.
1.14. Mehnat kodeksiga muvofiq Jamoa shartnomasini tuzishi shart.
1.15. Xodimlar:
1.16. Kitobxonlar so’rovlarini qondirishi va ularning fondlar, kataloglar, elektron resurslar, ma’lumotlar bazalari va Internetdan foydalanishiga imkoniyat yaratib berishi;
1.17. Axborot-kutubxona xizmatini takomillashtirish va kitoblarni targ’ib qilishi, ushbu maqsadlarda kitobxonlar bilan yakka tartibdagi va ommaviy ish shakllaridan foydalanishi, kutubxona ishiga yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etishi;
1.18. Fondlarni hisobga olishi, saqlashi va ulardan foydalanishi, ularning xavfsizligini ta’minlashi va ulardan oqilona foydalanishi;
1.19. Belgilangan ish vaqti normalarini bajarishi;
1.20. Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi;
1.21. Mehnat intizomiga rioya qilishi;
1.22. Mulkka ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi;
1.23. To’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma;
1.24. Barcha holatlar haqida xizmat raxbari va rahbariyatni xabardor etishi;
1.25. O’z ishini puxta bilishi, xizmat majburiyatlarini aniq va o’z vaqtida bajarishi;
1.26. O’zining kasb mahoratini va malakasini takomillashtirishi;
1.27. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, kutubxonada amal qiladigan buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa normativ hujjatlarga, ish beruvchi qarorlari va ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilishi;
1.28. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishi;
1.29. Qo’shrabot tuman AKM tijorat va boshqa maxfiy sirlarini oshkor etmaslik;
1.30. Mehnat jamoasi a’zolari bilan o’zaro xushmuomala bo’lishi, jamoadagi sog’lom muhitni buzmasligi hamda jamiyatda tatbiq etilgan odob-ahloq qoidalariga rioya etishi shart.
Dostları ilə paylaş: |