Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə24/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

V. ALOHIDA ISH REJIMI

Ish beruvchi fondlar xavfsizligini ta’minlash va fond uchun xodimlar javobgarligini oshirish maqsadida kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha alohida ish rejimini belgilaydi.


O’qish zallari xizmati xodimlari Qo’shrabot tuman AKM zallariga kitobxonlarni kirishi va chiqishida nazorat qilish va tekshirish javobgarligi yuklatiladi.
Nazorat qilish va tekshirishni o’z zimmasiga olgan:
- Qo’shrabot tuman AKMga tashrif buyuruvchilarni (ma’muriyatga keluvchilar, vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijlik delegasiya a’zolari, ekskursantlar va boshqa shaxslarni) ro’yxatdan o’tkazishi;
- ularning tashrifi bo’yicha ma’muriyatga xabar qilishi va kotiba yoki xizmat rahbari hamrohligida Tuman AKM binosiga kiritishi shart.
Begona shaxslar va hujjati bo’lmagan shaxslar Tuman AKM binosiga kiritilmaydi.
Tuman AKM ma’muriyati har oyning uchinchi o’n kunligi oxirida “Tozalik kuni” o’tkazadi. Tozalik kunida texnik o’qishlar, changdan tozalash, fond va kataloglarni tekshirish, yoritish, ventilyasiya, isitish va suv o’tkazish-kanalizasiya tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ishlar olib borilishi, dizenfeksiya va dizeratasiya o’tkazish munosabati bilan kitobxonlarga xizmat ko’rsatilmaydi. Boshqa ishlarni bajarish uchun tozalik kunidan foydalanish taqiqlanadi.


VI. TOMONLARNING MODDIY JAVOBGARLIGI

Xodim Ish beruvchiga to’g’ridan-to’g’ri yetkazgan zararini qoplashi shart. Ish beruvchining mavjud mulkiga shikast yetkazish to’g’ridan-to’g’ri zarar hisoblanadi.


Xodim ham to’g’ridan-to’g’ri Ish beruvchiga yetkazilgan zarar, ham boshqa shaxslarga zarar yetkazishi natijasida ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javob beradi.
Yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik quyidagi holatlarda to’liq miqdorda xodim zimmasiga yuklanadi:
- fondlar va unga ishonib topshirilgan boshqa hujjatlarning xavfsizligini ta’minlay olmagani uchun;
- kutubxona uskunasi va inventar xavfsizligini ta’minlay olmagani uchun;
- qasddan yetkazilgan zarar uchun;
- spirtli ichimlik, giyohvand yoki zararli mod
da qabul qilish natijasida yetkazilgan zarar uchun;
- xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun;
- qonunchilikda hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan boshqa zararlar uchun.
Bevosita pul yoki tovar qadriyatlariga xizmat ko’rsatuvchi xodim Jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida xodimlar bilan tuzilgan shartnomadagi Toifalar ro’yxati asosida xodimga ishonib topshirilgan qadriyatlarning xavfsizligini ta’minlay olmagani uchun to’liq moddiy javob beradi.
Agar xodim da’vogarlik qilayotgan ish (vazifa) to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzishni talab qilsa, xodim esa bunday shartnoma tuzishni xohlamasa, Ish beruvchi uni ishga qabul qilishdan voz kechishga haqli.
To’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomaga ko’ra, qadriyatlar ularning xavfsizligi ta’minlanmagani uchun javobgar bo’lgan xodimga topshiriladi.
Jamoa moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomaga ko’ra, qadriyatlar ularning xavfsizligi ta’minlanmagani uchun to’liq moddiy javobgarlikni o’z zimmasiga olgan, avvaldan tayinlangan bir guruh xizmatlar xodimlariga topshiriladi.
Muayyan xodimlar tomonidan zararni qoplash to’g’risida qaror qabul qilinishidan oldin Ish beruvchi yetkazilgan zarar hajmini va uning sabablarini aniqlash uchun tekshiruv o’tkazishi shart. Bunday tekshiruvni o’tkazish uchun ish beruvchi tegishli mutaxassislar ishtirokida komissiya tuzishga haqli.
Ish beruvchiga va xodimga yetkazilgan xodim va ish beruvchining moddiy javogarligi Mehnat kodeksi moddalari bilan tartibga solinadi.
Agar normal ishlash uchun zarur shart-sharoitlar yo’qligi ularga topshirilgan mulkning to’liq xavfsizligini ta’minlash imkoni yo’qligi tufayli kutubxona fondiga zarar yetkazilgan bo’lsa va ularning aybi bo’lmagan boshqa holatlarda xodimlarga moddiy javobgarlik yuklanmaydi.
Pulli xizmatlar ko’rsatuvchi xizmatlar xodimlari belgilangan tartibni buzsa, pulli xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi qoida asosida quyidagi sabablar tufayli, intizomiy va moddiy javob beradi:
- pulli xizmatlar ko’rsatishni rasmiylashtirmagani va kvitansiya bermagani uchun;
- pulli xizmatlar ko’rsatish uchun buxgalteriya kassasiga har kuni pul topshirmagani uchun;
- foydalanuvchilar bilan qo’pol muomalada bo’lgani uchun.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin