12. Xodimlar egallagan lavozimlariga oylik maoshidan tashqari qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan ish haqqiga qo’shimchalar:
- Ish beruvchi ko’rsatmasi bilan asosiy ishidan tashqari qo’shimcha vazifalarni bajarganlik yoki ish hajmi ko’payganligi uchun oylik maoshlariga ustamalar;
- Faxriy unvonlarga ega bo’lgan xodimlarga belgilangan miqdorda qo’shimchalar to’lab boriladi.
13. Byudjetdan tashqari mablag’lar tushumi, hisob-kitob va xarajatlari belgilangan tartibda bo’lishiga erishishdagi faoliyati uchun direktor, direktor o’rinbosarlari, Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi, kadrlar bo’yicha xodimlarga va boshqa tor doiradagi mutaxassis xodimlarga byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan qo’shimcha ish haqi tayinlanadi.
14. Xodimlarni mukofotlash Kutubxonaning mukofotlash to’g’risidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi.
15. Mehnatni tashkil etishning progressiv shakllarini qo’llash, ish sifatini ko’tarish, kasb mahoratini yuksaltirish ishlaridan jamoaning va alohida xodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishgan holda boshqa turdagi ustamalarni o’rnatishi mumkin.
16. Ustamalar hajmi har bir xodimning bajarayotgan ish sifatini oshirish uchun qo’shayotgan hissasiga qarab belgilanadi hamda Ish beruvchi ish sifati susaygan holda barcha ustamalarni bekor qilishga yoki kamaytirishga haqlidir.
IV. MEHNATGA HAQ TO’LASHNING BAJARILIShINI NAZORAT QILISH. JAVOBGARLIK
17. Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil etishiga javobgar.
18. Kasaba uyushmasi qo’mitasi mehnatga haq to’lash va oylik maosh to’lash tizimlari to’g’riligini nazorat qilish hamda mehnat shart-sharoitlarini, bajarilishini nazorat qiladi.
19. Xodimga haq to’lash mazkur Shartnomaning 5.6-bandida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilganda, quyidagi choralar ko’riladi:
- kechiktirilish xizmat ko’rsatuvchi bankning aybi bilan sodir bo’lganda – Ish beruvchi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22 iyundagi “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 264-son qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o’rtasidagi xizmat ko’rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to’g’risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to’lashni tartibga solishga yo’naltirishni o’z zimmasiga oladi.
20. Jamoa shartnomasida belgilangan muddatda, lekin ta’til boshlanishidan oldingi ish kunigacha mehnat ta’tiliga haq to’lanadi.
21. Ish beruvchi mehnatga haq to’lashning belgilangan shartlariga muvofiq xodim tomonidan bajarilgan ish uchun o’z vaqtida va to’liq hajmda haq to’lashi lozim.
2023–2025-yillar uchun
Samarqand viloyat
Qo’shrabot tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga
4-ilova
“KELISHILDI” Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________ T.Rasulova
“TASDIQLAYMAN” Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G.Kushakova
- to’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma
- to’liq jamoaviy moddiy javobgarligi to’g’risidagi shartnoma
tuziladigan xodimlar toifasi ro’yxati