VII. SO’NGGI QOIDALAR
7.1. Amaldagi qonun hujjatlariga asosan qo’shimcha mehnat huquqlari va kafolatlar Jamoa shartnomasi, Samarqand tuman AKMning boshqa hujjatlari hamda mehnat shartnomasida belgilanishi mumkin.
2023–2025-yillar uchun
Samarqand Viloyat
Qo’shrabot tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga
2-ilova
“KELISHILDI”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________ T.Rasulova
|
“TASDIQLAYMAN”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G.Kushakova
|
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH NIZOMI
1. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va “Mehnatni himoya qilish to’g’risida”gi qonunda belgilangan mehnat xavfsizligi va gigiyena talablariga, texnik standartlarga, mehnat xavfsizligini davlat tomonidan nazorat qiluvchi organlar qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish buyruqlari va yo’riqnomalariga javob beradigan mehnat shart-sharoitlarini yaratish yuzasidan xizmatlarda rejali ishni ta’minlash.
2. Ish joyida sog’lom va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratib berishni ta’minlash, texnologik va mehnat intizomlarini yanada mustahkamlash, xizmat ko’rsatish madaniyati saviyasini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va “Mehnatni himoya qilish to’g’risida”gi qonun normalarini ijro etishni ma’muriyat, Kasaba uyushmasi qo’mitasi va xodimlar o’z zimmalariga oladi.
2. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni xizmatlarning oylik rejalariga kiritish.
3. Xodimlarni va ish joyini ishga yaroqli yakka tartibdagi va kollektiv himoya vositalari va bajariladigan barcha ish turlari bo’yicha ishlab chiqarish xavfi va zarari omillaridan sug’urtalanish bilan o’z vaqtida ta’minlash.
4. Ish joylari, ishlab chiqarish xonalari va xizmat uchastkalari, ish maydonlari va xizmatlarga biriktirilgan hududlarning tegishli sanitar holatini ta’minlash.
5. Barcha xizmat xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish yuzasidan kasb bo’yicha doimiy o’qitish va ta’lim berishni tashkil etish. Belgilangan muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bo’yicha va bajarilgan texnologik jarayonlar bo’yicha xavfsizlik yuzasidan yo’l-yo’riqlar berish, shuningdek, bilimlarini tekshirish (attestasiyadan o’tkazish).
6. Aniq shart-sharoitlar, ishlab chiqarish zarurati va xizmatlardagi jamoat nazoratidan kelib chiqqan holda, mehnatni muhofaza qiluvchi vakillarning zarur miqdorini belgilash.
7. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha 1 ta shtat muhandisini tayinlash.
8. Dasturlar bo’yicha mehnatni muhofaza qiluvchi vakillarni o’qitish, shuningdek, ularni mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qoidalar, yo’l-yo’riqlar, boshqa normativ va ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlash.
9. Zarur bo’lganda mehnatni muhofaza qilish bo’yicha ko’zda tutilgan tadbirlarni tomonlar har yili ko’rib chiqishga kelishib oladi.
10. Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha Kasaba uyushmasi qo’mitasi faollarini o’qitish.
11. Mehnat shart-sharoitlarini tekshirishda (xonalarni yoritish, isitish, uning tozaligi) ma’muriyatga yordam ko’rsatish, so’ngra Kasaba uyushmasi qo’mitasi majlislarida uni ko’rib chiqish.
12. Kasaba uyushmasi qo’mitasi majlislarida rahbarlar tomonidan mehnat muhofaza qilinishini ta’minlash va ushbu Jamoa shartnomasiga kiritilgan o’zaro majburiyatlarni bajarish masalalari bo’yicha ularning hisobotlarini tinglashni va o’zaro majburiyatlarning ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
14. Xodimlar majburiyatlari:
Xodimlar tasdiqlangan Jamoa shartnomasi va unga ilova qilingan barcha qo’shimchalar, ichki mehnat tartibi qoidalari, texnik va texnologik intizom, mehnatni muhofaza qilish normalari, qoidalari va yo’l-yo’riqlari hamda xavfsiz ish yuritishni ta’minlash masalalari bo’yicha ma’muriyat buyruqlari va qarorlariga amal qilishlari shart, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va salomatligiga bevosita xavf soladigan istalgan vaziyat haqida hamda ish vaqtida yoki unga aloqador vaziyatda yuz bergan istalgan baxtsiz hodisa haqida xizmat rahbarini darhol xabardor qilishi shart.
2023–2025-yillar uchun
Qo’shrabot tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga
3-ilova
“KELISHILDI”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________ T.Rasulova
|
“TASDIQLAYMAN”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G.Kushakova
|
Dostları ilə paylaş: |